Abduqahharov Sanjarbek talabaning F. I. Sh. Qabul qildi: Agzamova Mutabar
Download 20.15 Kb.
|
sanjarbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abduqahharov Sanjarbek talabaning F.I.Sh. Qabul qildi:Agzamova Mutabar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan AMALIYOT
TOPSAIRIQ №1
Bajardi:KIF ta’lim yo‘nalishi OEL002-1guruh Abduqahharov Sanjarbek talabaning F.I.Sh. Qabul qildi:Agzamova Mutabar Toshkent 2023 1-variant 1. Hayot faoliyat xavfsizligi” fanining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Hayot faoliyati xavfsizligi – inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir. Hayot faoliyati – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, “Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi: 1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. 2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash. Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘liga zarar etishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar etkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi (https://fayllar.org/1-predmet-belgi-yoki-hodisa-haqidagi-noaniq-tasavvurga-ishora.html). Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi. Hayot faoliyati xavfsizligi – maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmudir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi. Hayot faoliyati xavfsizligi – insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir. Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarni echishni talab etadi: 1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish. 2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish. 3. Xavfli va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash. 4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir. Hayot faoliyati xavfsizligi insonning hayotida sodir bo‘ladigan turli formadagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling