Abdurahmon akbar ijodida rang-barangligi. Vatan va tabiat va bolalar o'yinlari alifbo haqidagi sherlari tahlili


Download 332.71 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi332.71 Kb.
#1765632
  1   2
Bog'liq
ABDURAHMON AKBAR IJODIDA RANG-BARANGLIGI. VATAN VA TABIAT VA BOLALAR O\'YINLARI ALIFBO HAQIDAGI SHERLARI TAHLILI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI

4-KURS 020-197- GURUH TALABASI

MAXMIYEVA ZARINANING

BOLALAR ADABIYOTI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

ABDURAHMON AKBAR IJODIDA RANG-BARANGLIGI. VATAN VA TABIAT VA BOLALAR O'YINLARI ALIFBO HAQIDAGI SHERLARI TAHLILI


Abdurahmon Akbar 1962- yilda Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan.
U 1987- yilda hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan.
Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi.
Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko‘ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo‘lasiz.
Kattalar his qiladigan narsalarni bu bolakaylar ham his qiladilar. Bunday kitobxonlarni o‘ylantiradigan, ularning qalbiga zavq båra oladigan she’rlar yozish uchun esa bolalar dunyosini bilishi, sevishi, ardoqlashi lozim.
Yana bir gap. Ularning yuraklaridagi orzularni qidirib topish, ularni o‘rtagan narsalardan o‘rtanish, ular hayratlangan narsalardan hayratlanish talab etiladi. Kichkintoylar dunyoni o‘zgacha idrok qiladilar.
Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko‘z o‘ngida fojiali ko‘rinishi, kattalar uchun og‘riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas.
Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq.
Muallif „Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish“ nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi:
„Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi „Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar“ turkumini she’riy shaklga sig‘magan fikrlar tizimi deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o‘ychan bola timsolini olib kirdi.
Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig‘dira olmay, to‘lqinlanib so‘zlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, „Dadamning qalbi“ she’riy hikoyasida shunday deyiladi:
„Armon uyasimish dadamning qalbi, dadamning qalbida kularmish sevinch.
Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri dadam qalbining topgan quvonchi-yu ozori emish.
Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish" „Dadamning fikri“, „Ari“, „Supacha“, „Dadamning hazili“ she’riy hikoyalarida ham ana shunday mag‘zi to‘q fikrlar saj yo‘sinida hikoya qilingan va ular ham yosh kitobxon qalbida balog‘atga oshno hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Kungaboqar chumoli uchun quyosh bo‘lib tuyuladi („Shirin quyosh“), Kichkintoy Yomg‘irvoy esa onasi Bulutning gaplariga quloq osib, ko‘klam kelganda „zaminga shoshiladi“ („So‘zlovchi yomg‘ir“), „Ko‘ngli tusab qolsa“ ko‘kdan tushadi-yu, „gullarning qulog‘iga she’r o‘qiydi“ („Yomg‘ir haqida she’r“).
Masalan, bir she’rida chigirtkalar sokin tunda qo‘shig‘imizni butun qishloq zavq bilan tinglayotir („Chigirtkalar qo‘shig‘i“) dab ishonishadi.
Ular uchun tabiat va inson bir butun, yaxlit. Shoir bolajonlarning mana shu xususiyatini yaxshi ilg‘agan holda yosh kitobxonlarga hayotiy va xayoliy voqåalarni uyg‘unlikda taqdim etadi.
Bolalar tabiatni biz kattalar singari jonli va jonsizga ajratishmaydi, xayoliy va hayotiy voqea-hodisalar o‘rtasiga ham chegara qo‘yishmaydi.
Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham eʼtiborga loyiq.
Muallif “Istiqlol davri bolalar adabiyoti: anʼana, vorislik va izlanish” nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida eʼtibor qaratadi:
“Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi “Shoir dadam haqida sheʼriy hikoyalar” turkumini sheʼriy shaklga sigʻmagan fikrlar tizimi deyish toʻgʻriroq boʻlar edi. Abdurahmon bu sheʼrlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, oʻychan bola timsolini olib kirdi.
Besh sheʼriy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sigʻdira olmay, toʻlqinlanib soʻzlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, “Dadamning qalbi” sheʼriy hikoyasida shunday deyiladi:
“Armon uyasimish dadamning qalbi, dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj.
Yozgan uch-toʻrt sheʼri dadam qalbining topgan quvonchi-yu ozori emish. Dadamning yuragi dunyo koʻrmagan sonsiz fikrlarning mozori emish…”
Ichki qofiyalanishga uygʻun boʻlgan soʻz takrorlari va bolakayning moʻjaz taxayyul olamiga sigʻmagan nogahoniy qiyoslar ushbu turkumga mansub sheʼriy hikoyalarning shaklan va mazmunan mukammalligini taʼminlaydi.

Download 332.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling