Abdurahmon akbar ijodidagi rang-baranglik - Abdurahmon Akbar 1962-yilda Yangiyoʻl tumani Niyozbosh qishlogʻida tavallud topgan. U 1987-yilda hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. A. Akbar “Kichkintoy va paxtaoy”, “Ehtiyotkor toshbaqa”, “Uyquchining tushlari” kabi oʻndan ortiq sheʼriy kitoblar muallifi.
- Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, taʼsirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat sheʼrlarining qahramonlari koʻngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi boʻlasiz.
- Kichkintoylar dunyoni oʻzgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular koʻz oʻngida fojiali koʻrinishi, kattalar uchun ogʻriqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas. Masalan, mana bu sheʼriy parchadagi kabi:
- Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham eʼtiborga loyiq. Muallif “Istiqlol davri bolalar adabiyoti: anʼana, vorislik va izlanish” nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida eʼtibor qaratadi: “Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi “Shoir dadam haqida sheʼriy hikoyalar” turkumini sheʼriy shaklga sigʻmagan fikrlar tizimi deyish toʻgʻriroq boʻlar edi. Abdurahmon bu sheʼrlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, oʻychan bola timsolini olib kirdi. Besh sheʼriy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sigʻdira olmay, toʻlqinlanib soʻzlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, “Dadamning qalbi” sheʼriy hikoyasida shunday deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |