Abdurahmon Akbarning alifbo sheʼrlari haqida
Download 19.41 Kb.
|
15mavzu adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻz
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Abdurahmon Akbarning alifbo sheʼrlari haqida Esanova Rôshana Qurbonnazarovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Annotasiya: ushbu maqolada Abdurahmon Akbarning ijodi juda rang-barang boʻlib, turli xil mavzularda, turli xil yoʻnalishlarda bolalarga tushunarli, bolalar uchun oson boʻlgan asarlar, sheʼrlari bilan tanishib chiqamiz. Kalit soʻz: Abdurahmon Akbar, sheʼrlari, badiiy qahramonlari, kattalar va bolalar uchun yozilgan asarlari. Bolalarning sevimli shoiri Abdurahmon Akbar hayot bo‘lganida 60 yoshga to‘lardi. U qisqa umri davomida bolalar ko‘ngliga manzur bo‘ladigan, mavzusi hech qachon eskirmaydigan o‘nlab kitoblar yozishga ulgurdi. Uning quvnoq she’rlarini ko‘plab avlodlar sevib o‘qiyveradi. Bu asarlar shoirning ikkinchi umri bo‘lib yashashda davom etmoqda. Abdurahmon Akbar 1962-yilda Yangiyoʻl tumani Niyozbosh qishlogʻida tavallud topgan. U 1987-yilda hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. A. Akbar “Kichkintoy va paxtaoy”, “Ehtiyotkor toshbaqa”, “Uyquchining tushlari” kabi oʻndan ortiq sheʼriy kitoblar muallifi. Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, taʼsirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat sheʼrlarining qahramonlari koʻngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi boʻlasiz. Kichkintoylar dunyoni oʻzgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular koʻz oʻngida fojiali koʻrinishi, kattalar uchun ogʻriqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas. Masalan, mana bu sheʼriy parchadagi kabi: Meni koʻrsa togʻamning koʻzlariga yosh kelar, Botirim, polvonim deb opichlab yurar uzoq. Yoshi dadajonimdan ancha kichik boʻlsa-da, Gʻoʻzasi kabi rangpar, paxtasidek sochi oq. Ona, togʻamning nega bitta ham bolasi yoʻq? Qiliqlari, yuzlari menga rosa oʻxshaydi, Menga oʻxshab arazchi, menga oʻxshab hazilkash. Ammo bitta gapiga sira tushunolmayman, Nimaydi, ha, “Bunchalar, bunchalar qiyin yashash?” Ona, togʻamning nega bitta ham bolasi yoʻq? Shoirnnig “Iltimos” deb atalgan sheʼrining adabiy qahramoni togʻasining ushalmagan armoniga mana bu yoʻsinda nuqta qoʻyishga bel bogʻlaydi: Ertakdagi parilar sarvqomat desalar, Ulardan goʻzal derdim Lobaroy kennoyimni. Kasal boʻlib qolasiz yigʻlayversangiz agar, Desam ham koʻzin yoshlab solib berdi joyimni, Ona, togʻamning nega bitta ham bolasi yoʻq? Akam, opachalarim xafa boʻlishsa boʻlar, Mening aytganimga ham bir borgina kiringlar, Koʻnmasangiz agarda uydan qochib ketaman, Meni kichik togʻamga oʻgʻil qilib beringlar. Ona, togʻamning axir bitta ham bolasi yoʻq. Bu Abdurahmon Akbarning armon haqidagi sheʼri: Aʼlochi qiz edi Nigora, Darslaridan sira qolmasdi. Ahvol soʻrab borgan paytimiz – U oʻrnidan tura olmasdi. Shoir sheʼrlarining ikki xususiyati mazkur satrlarda yaqqol namoyon boʻladi. Birinchisi: Nigoraning darslardan sira qolmasligi, lekin uning yura olmasligi zamirida ilojsizlik, taqdirning achchiq haqiqati yotadi. Va ikkinchi xususiyat – bolalar sheʼriyatida ham tabiat tasvirini voqealar rivoji bilan uygʻunlikda berish: Sogʻaymadi sinfdoshimiz Oxirgi kun qorayganda qosh. …Derazada bizlar keltirgan Atirgullar qolgandi soʻlib… Armon va ilojsizlikka sheʼrning soʻnggi misralari goʻyo soʻnggi nuqtani qoʻygandek boʻladi: Koʻzimizni qizartirdi gʻam, Qalbimizdan armon ketmadi. Koʻtaraylik tobutin desak, Boʻyimiz yetmadi, yetmadi… Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: "Bolalar adabiyoti va ifodali oʻqish" Mamasoli Jumaboyev "Voris-Nashriyot" Toshkent-2017 https://gulxan.uz/sherlar/abdurahmon-akbar-she-rlari Download 19.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling