Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170
Mehnat kooperatsiyasi – ixtisoslashgan mehnat turlarining bir-biriga 
bog‘lanib, muayyan turdagi mahsulot yaratishda ishtirok etishidir. 
Mehnat taqsimoti – yagona mehnatning mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan 
mehnat turlariga ajralib borishi, mehnat turlarining to‘xtovsiz ravishda yangidan 
paydo bo‘lishidir. 
Mehnatga haq to‘lash tizimi – mehnat me’yorlari doirasida unga haq 
to‘lash me’yorini bildiradigan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardir. 
Mehnatga haq to‘lash tizimi xodimning amalda erishilgan mehnat natijalariga 
hamda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida kelishilgan ishchi kuchining bahosiga 
muvofiq ish haqi olishini kafolatlaydi.
Mehnat hayoti sifati – bu xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini tashkilot 
(korxona) doiralaridagi faoliyat orqali qondirish darajasidir. Mehnat hayoti 
sifatining mehnatning mazmuni; mehnatni tashkil qilish; mehnatning adolatli 
taqdirlanishi va e’tirof etilishi; mehnatning havfsiz va sog‘lom sharoitlari; 
qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar imkoniyati; huquqiy himoyalanganlik; mahoratni 
o‘stirish va o‘z kuchlarini rivojlantirish imkoniyatlari; hamkasblar bilan do‘stona 
munosabatlarga yordam beruvchi tashkiliy madaniyat kabi asosiy elementlardan 
iborat. 


264 
Milliy boyliklar – jamiyat tasarrufida bo‘lgan moddiy zaxiralar, to‘plangan 
mahsulotlar, iqtisodiy aylanmaga kirgan yoki jalb qilingan tabiiy zaxiralarning 
yig‘indisi. 
Milliy daromad – bu ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mehnat 
vositalari va moddiy xarajatlardan istisno umumiy ijtimoiy mahsulotning bir qismi 
bo‘lib, u yangidan yaratilgan qiymat, ya’ni ushbu yildagi ishlab chiqarishning 
jamiyat farovonligi uchun qo‘shilganidir. 
Milliy mulk – milliy boylikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib
jamiyatning moddiy farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mol-mulklarni 
o‘z ichiga oladi. Uning salmog‘i va tarkibi yalpi ichki mahsulot va aholi 
farovonligini oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Moliya 
– pul fondlarining harakati, ya’ni ularning shakllanishi
taqsimlanishi va foydalanishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan 
munosabatlar. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling