Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170
Pul emissiyasi – davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda, ya’ni keragidan 
ortiqcha chiqarilgan pul bo‘lib, bu bilan davlat xarajatlari qoplanadi.
Renta – miqdori chegaralangan yer va boshqa tabiiy boyliklardan 
foydalanish uchun to‘lanadigan narxdir. Aksariyat hollarda renta ijara to‘lovi 
shaklida chiqadi. Renta egasi tomonidan yer, mulk, sarmoyadan foydalanishdan 
olinadigan, egasidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni, qo‘shimcha kuchlar 
sarflashni talab qilmaydigan daromaddir. Bunday daromad, masalan, yerni yoki 
inshootni ijaraga berishdan olinishi mumkin. 


267 
Real daromadlar – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining 
ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar 
miqdorini ko‘rsatadi. 
Soliqlar – majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi davlatga 
to‘laydigan puldir. Soliqlar fiskal, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va ijtimoiy 
himoya vazifalarini bajaradi. 
Subsidiya – davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib 
olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘idir. Subsidiyalar iqtisodiyotni 
tarkiban o‘zgartirish, eksport-importni muvozanatlashtirib turish ishlarini yo‘lga 
qo‘yish, ayrim hududlarga yordam berish maqsadlarida ajratiladi. 
Sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan 
keyin qolgan qismi. 
Stipendiya – bu ishlаb chiqаrishdаn аjrаlgаn hоldа o‘qiydigаn оliy o‘quv 
yurtlаri tаlаbаlаrigа to‘lаnаdigаn muntаzаm pullik to‘lоvdir. 
Tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad – tovarlar realizatsiyasidan 
daromad olish maqsadida yakka tartibda amalga oshirilgan, qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan keladigan barcha tushumlar.
Tarif jadvali – tarif tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, bu 
jadvalning vazifasi uning yordamida har bir korxona personalining malakasiga 
muvofiq ish haqi to‘lashdagi zarur farqlarni anglashdan iborat. Tarif jadvali tarif 
razryadlari va tarif koeffitsiyentlaridan tashkil topadi. 
Tarif tizimi – bajarilayotgan ishlarning murakkablik darajasini, mehnat 
sharoitlari va intensivligini, uni qo‘llash sohalarining ahamiyatini va mehnat 
jarayonining yollanib ishlovchilar mehnat bilan qo‘shadigan ulushini baholashning 
imkonini beradigan jami haq to‘lash shartlaridir. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling