267
Real daromadlar – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib,
aholining
ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar
miqdorini ko‘rsatadi.
Soliqlar – majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi davlatga
to‘laydigan puldir.
Soliqlar fiskal, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va ijtimoiy
himoya vazifalarini bajaradi.
Subsidiya – davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib
olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘idir. Subsidiyalar iqtisodiyotni
tarkiban o‘zgartirish, eksport-importni muvozanatlashtirib turish ishlarini yo‘lga
qo‘yish, ayrim hududlarga yordam berish maqsadlarida ajratiladi.
Sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar
chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismi.
Stipendiya – bu ishlаb chiqаrishdаn аjrаlgаn hоldа o‘qiydigаn оliy o‘quv
yurtlаri tаlаbаlаrigа to‘lаnаdigаn muntаzаm pullik to‘lоvdir.
Tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad – tovarlar realizatsiyasidan
daromad olish maqsadida yakka tartibda amalga oshirilgan, qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan keladigan barcha tushumlar.
Tarif jadvali – tarif tizimining muhim
tarkibiy qismi hisoblanib, bu
jadvalning vazifasi uning yordamida har bir korxona personalining malakasiga
muvofiq ish haqi to‘lashdagi zarur farqlarni anglashdan iborat. Tarif jadvali tarif
razryadlari va tarif koeffitsiyentlaridan tashkil topadi.
Tarif tizimi – bajarilayotgan ishlarning murakkablik darajasini,
mehnat
sharoitlari va intensivligini, uni qo‘llash sohalarining ahamiyatini va mehnat
jarayonining yollanib ishlovchilar mehnat bilan qo‘shadigan ulushini baholashning
imkonini beradigan jami haq to‘lash shartlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: