Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   170
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga 
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lib, 
jamiyatni ta’sis etuvchilar o‘zlashtiradi. 
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza – muayyan shaxs organizmining barcha 
tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, 


268 
organizmi 
fuknsiyalari 
turg‘un 
buzilishi 
oqibatida 
turmush 
faoliyatining 
cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi 
sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek, shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga 
ko‘ra amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat 
sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli 
turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash. 
Tibbiy sug‘urta – sog‘liqni muhofaza qilishda aholi manfaatlarini ijtimoiy 
himoya qilish shakli. Tibbiy sug‘urtadan maqsad sug‘urta hodisasi yuz berganda 
jamg‘arilgan vositalar hisobidan tibbiy yordam olishda fuqarolarni kafolatlash va 
oldini olish tadbirlarini moliyalash hisoblanadi.
Tirikchilik minimumi – insonning salomatligini saqlash va uning hayoti 
hamda faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari eng 
kam to‘plamining qiymat bahosini, shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari va 
xizmatlariga, soliqlarga va majburiy xizmatlarga harajatlarni, bu maqsadlarga 
aholining past daromadli guruhlari xarajatlari ulushidan kelib chiqqan holda 
ifodalaydi.
Turmush darajasi – bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar 
iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish 
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir. 
Turmush sifatishaxsning, uning faoliyat turlarini, ehtiyojlari tarkibini va 
ularni qondirish darajasini, insonning (aholi, ijtimoiy guruhlarning) jamiyatdagi 
turmush sharoitlarini va tabiat muhiti bilan uyg‘un munosabatlarini tavsiflovchi
turmushdan 
qanoatlanish 
hissini 
yaratuvchi 
hayotiy 
qadriyatlari 
majmui 
hisoblanadi. 
Turmush qiymati – bu pul shaklida ifodalangan aholi (uning turli 
qatlamlari va guruhlari) tomonidan iste’mol qilinadigan me’yorlar yoki amalda 
iste’mol qilinishi zarur bo‘lgan moddiy ne’mat va xizmatlar miqdoridir. 
Uy xo‘jaligi – bitta xonadonda yashaydigan, o‘zining barcha daromadlari va 
boyliklarini birlashtirgan, tovarlar hamda xizmatlar iste’moliga, asosan turarjoy va 


269 
oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-harajatlarni birgalikda amalga oshiradigan shaxslar 
guruhidir. 
Farovonlik – bu aholining hayot uchun zarur moddiy, ijtimoiy, madaniy va
ma’naviy boyliklar, ya’ni inson ehtiyojlarini qondiruvchi elementlar, xizmatlar va 
sharoitlar bilan ta’minlanganligidir. 
Foiz – pul egasi o‘z pulini o‘zgalarga qarzga bergani uchun oladigan 
daromadi. Foiz darajasi kreditga bo‘lgan talabga va uning taklifiga bog‘liq bo‘ladi. 
Foyda – ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib, xatarli ishga qo‘l urgani 
uchun tadbirkorlarga tegadigan mukofotdir. Foyda miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri 
mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling