264
Milliy boyliklar – jamiyat tasarrufida bo‘lgan moddiy zaxiralar, to‘plangan
mahsulotlar, iqtisodiy aylanmaga kirgan yoki jalb qilingan tabiiy zaxiralarning
yig‘indisi.
Milliy daromad – bu ishlab chiqarish jarayonida iste’mol
qilingan mehnat
vositalari va moddiy xarajatlardan istisno umumiy ijtimoiy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u yangidan yaratilgan qiymat, ya’ni ushbu yildagi ishlab chiqarishning
jamiyat farovonligi uchun qo‘shilganidir.
Milliy mulk – milliy boylikning asosiy
tarkibiy qismi hisoblanib,
jamiyatning moddiy farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mol-mulklarni
o‘z ichiga oladi. Uning salmog‘i va tarkibi yalpi ichki mahsulot va aholi
farovonligini oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Moliya
– pul fondlarining harakati, ya’ni
ularning shakllanishi,
taqsimlanishi va foydalanishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan
munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: