Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   170
Iхtiyoriy ijtimоiy sug‘urtа – bu iqtisоdiyotning аlоhidа tаrmоqlаri 
dоirаsidа yollаnmа ishchilаr uchun uzоq muddаtli tаrmоqli vа jаmоа shаrtnоmаlаri 
аsоsidа tаshkil etilаdigаn sug‘urtа.
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta – ixtiyoriy tibbiy sug‘urta dasturlari asosida 
amalga oshiriladigan ijtimoiy sug‘urtaning tarkibiy qismidir. Ixtiyoriy tibbiy 
sug‘urta jamoaviy va yakka tartibda bo‘lishi mumkin. Uning asosiy maqsadi 
sug‘urta qilingan shaxslarni majburiy tibbiy sug‘urta dasturlaridan ortiqcha sifatli 
tibbiy xizmatlar bilan kafolatli ta’minlashdir. 
Ish haqi – ishchi kuchi bahosining pul ifodasidagi aniq shakli hisoblanadi. 
Shuningdek, ish haqi ishchilar o‘rtasida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga 
qo‘yilgan haqiqiy hissaga muvofiq taqsimlanadigan hamda korxona ishining 
pirovard natijalari bo‘lmish foydaning asosiy qismidir.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi 
miqdoriga qarab to‘lanadigan ish haqi. 
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrdagi ma’lum bir mamlakat ixtiyorida 
to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni 
iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan vositalar, imkoniyatlar va manbalardir. 


262 
Iqtisodiy o‘sishiqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning ilgarilab 
rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini 
bildiradi.
Kambag‘allik – bu jamiyatning katta qismi uchun xos bo‘lgan, mo‘tadil 
turmush tarzini olib borish uchun moddiy boyliklarning yetishmasligi sababli 
yuzaga keladigan holatdir. Kambag‘allik aholining bir qismi hayot va faoliyatining 
jamiyatda qabul qilingan asosiy sharoitlarga eng kam ehtiyojlarini qondira 
olmagan holatida yuzaga keladi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling