Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Jаmg‘аrish tаmоyiligа аsоslаngаn хususiy pensiya tizimi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/170
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1592317
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170
Jаmg‘аrish tаmоyiligа аsоslаngаn хususiy pensiya tizimi – bаdаllаrni 
kаpitаllаshtirish vа pensiya hisоbini individuаllаshtirish tаmоyili аsоsidа 
shаkllаnib, shахsiy hisоblаrdа jаmg‘аriluvchi sug‘urtа bаdаllаri pensiya dаrаjаsini 
belgilаydi. 
Jamg‘arma – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining 
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib 
borishi. 
Jamiyatning intellektual salohiyat indeksi – turmush sifatining muhim 
indikatori hisoblanib, aholining bilim saviyasini hamda mamlakatdagi fanning 
ahvolini aks ettiradi. Intellektual salohiyat indeksini hisoblashda katta yoshli 
aholining bilim darajasi, talabalarning aholi umumiy sonidagi ulushi, YaIMdagi 
ta’limga harajatlar ulushi, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlarning umumiy 
sonida fanda hamda ilmiy xizmat ko‘rsatishda bandlarning ulushi, YaIMda fanga 
harajatlarning ulushi hisobga olinadi.
Jamoatchilik iste’mol jamg‘armalari – iste’molning jamoaviy shakli 
turlaridan biri bo‘lib, aholiga bepul xizmat ko‘rsatish sohasining amal qilishi uchun 
moddiy asosni tashkil qiladi. Mazkur jamg‘armalar hisobiga aholiga xizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha davlat muassasalari: kasalxonalar, poliklinikalar, boshqa 
sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari 


259 
va boshqa o‘quv muassasalari, bolalar bog‘chalari, ko‘pgina madaniyat 
muassasalari ta’minlanadi.
Jismoniy ehtiyojlar - inson organizmining mo‘tadil hayoti va faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan obyektiv sharoitlarning majmui. 
Ijtimoiy me’yorlar – bu ijtimoiy jarayonning eng maqbul ahvolining ilmiy 
asoslangan miqdor va sifat tavsifi bo‘lib, u jamiyat rivojining va davlat 
imkoniyatlarining obyektiv qonuniyatlarini hisobga olish asosida olingan va 
moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarni eng yuksak darajada qondirishga, shaxsni har 
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling