Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy sug‘urta
- Tirikchilik minimumi
- Turmush darajasi
- Turmush qiymati
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lib, jamiyatni ta’sis etuvchilar o‘zlashtiradi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza – muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, 268 organizmi fuknsiyalari turg‘un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek, shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash. Tibbiy sug‘urta – sog‘liqni muhofaza qilishda aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli. Tibbiy sug‘urtadan maqsad sug‘urta hodisasi yuz berganda jamg‘arilgan vositalar hisobidan tibbiy yordam olishda fuqarolarni kafolatlash va oldini olish tadbirlarini moliyalash hisoblanadi. Tirikchilik minimumi – insonning salomatligini saqlash va uning hayoti hamda faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari eng kam to‘plamining qiymat bahosini, shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlariga, soliqlarga va majburiy xizmatlarga harajatlarni, bu maqsadlarga aholining past daromadli guruhlari xarajatlari ulushidan kelib chiqqan holda ifodalaydi. Turmush darajasi – bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir. Turmush sifati – shaxsning, uning faoliyat turlarini, ehtiyojlari tarkibini va ularni qondirish darajasini, insonning (aholi, ijtimoiy guruhlarning) jamiyatdagi turmush sharoitlarini va tabiat muhiti bilan uyg‘un munosabatlarini tavsiflovchi, turmushdan qanoatlanish hissini yaratuvchi hayotiy qadriyatlari majmui hisoblanadi. Turmush qiymati – bu pul shaklida ifodalangan aholi (uning turli qatlamlari va guruhlari) tomonidan iste’mol qilinadigan me’yorlar yoki amalda iste’mol qilinishi zarur bo‘lgan moddiy ne’mat va xizmatlar miqdoridir. Uy xo‘jaligi – bitta xonadonda yashaydigan, o‘zining barcha daromadlari va boyliklarini birlashtirgan, tovarlar hamda xizmatlar iste’moliga, asosan turarjoy va 269 oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-harajatlarni birgalikda amalga oshiradigan shaxslar guruhidir. Farovonlik – bu aholining hayot uchun zarur moddiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy boyliklar, ya’ni inson ehtiyojlarini qondiruvchi elementlar, xizmatlar va sharoitlar bilan ta’minlanganligidir. Foiz – pul egasi o‘z pulini o‘zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz darajasi kreditga bo‘lgan talabga va uning taklifiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda – ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib, xatarli ishga qo‘l urgani uchun tadbirkorlarga tegadigan mukofotdir. Foyda miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling