Abdurashidov xumoyun abdusami o‘G‘li toshkent 2021 mundarija
IJODIY LOYIHALAR”) STRATEGIYASI
Download 187.7 Kb.
|
.docxABDURASHIDOV XUMOYUN ABDUSAMI O‘G‘LI
IJODIY LOYIHALAR”) STRATEGIYASI
Texnologiya o'quvchi (talaba)larda ijodiy faoliyat malakalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha (ish)larning shakllari to‘g‘risidagi tushunchani hosil qilishga ko'maklashishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyani o‘quv jarayonida “Jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish” mavzusidagi suhbat yoki “ men - jamoaviy ish tashkilotchisiman” nomli blits-o‘yin o‘tkazilgandan so‘ng qo’llash maqsadga muvofiqdir. Metodni qo’llashda quyidagi taxlitda ish ko'riladi: -O‘qituvchi texnologiya haqida ma' lumot berib, u asosida muhokama qilinadigan mavzuni e'lon qiladi; -O'qituvchi o'quvchi (talaba)larga topshiriqlarni berib, ularni bajarish rejasini tuzishni aytadi; -O'qituvchi “Aqliy hujum” metodi yordamida har bir o'quvchi (talaba)nmg topshiriq borasidagi fikrlarini yozuv taxtasi yoki vatmon qog'ozga yozib boradi; -Birgalikdagi mubokamadan so'ng o'quvchi (talaba)lar yagona loyiha-rejani tasdiqlashadi (uni “Og'zaki jurnal” deb nomlab, uning har bir sahifasiga alohida nom qo'yish ham mumkin); Shundan so‘ng o‘quvchi (talaba)lar kichik guruhlarda ishlaydi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: -O’quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladilar; -O’qituvchi kichik guruhlarga “Og’zaki jurnalning” har bir sahifasi bilan tanishib chiqib, aniq bir sahifa mazmunini puxta o’zlashtirish va uning mohiyatini yoritishga mo’ljallangan ko’rsatma beradi; -Topshiriqni bajarish uchun vaqt belgilanadi(maksimal vaqt 10 daqiqa); -Kichik guruhlar topshiriqni bajarish ustida ishlaydi(bu vaqt kichik guruhlar o’zlari tanlagan mavzu yuzasidan uni turlari bajarilishi yuzasidan bir birlari bilan bahs munozara qilgan holda topshiriqni bajaradilar); -Belgilangan vaqt tugagach kichik guruhlar o’zlariga topshirilgan vazifalarni bima bir topshiradilar(ushbu jarayon davomida barcha guruh a’zolaari faol qatnashishlari talab etiladi); -Butun jamoa o’qituvchi rahbarligida barcha guruhlar topshiriqlarini muhokama qiladi (muhokamada guruhlarning yutuq va kamchiliklari, guruh bilan ishlashda har bir o’quvchi o’zlashtirgan ko’nikmalar tahlil qilinadi; o’qituvchi guruhlarga zarur tavsiya va tushunchalar berib,mashg’ulotni yakunlaydi). O’quv jarayoni samarasini oshiruvchi yana ko’plab ta’lim texnologiyalari mavjud bo’lib, ulardan maqsadli va to’g’ri foydalanish ta’lim sifatini sezilarli oshishiga sabab bo’ladi. Ta’lim texnologiyalari o'quvchi (talaba)larda muayyan yo‘nalishda tashkil etiladigan pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash yuzasidan muayyan tavsiyalarni ilgari surish ko‘nikmasini shakllantiradi. Download 187.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling