Abdurashidov xumoyun abdusami o‘G‘li toshkent 2021 mundarija


Download 187.7 Kb.
bet5/12
Sana30.04.2023
Hajmi187.7 Kb.
#1417660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
.docxABDURASHIDOV XUMOYUN ABDUSAMI O‘G‘LI











II BOB Grafik dasturlarni o’qitishda foydalaniladigan ta’lim texnologiyalari.

2.1 Grafik dasturlarni o’qitishda foydalaniladigan ta’lim texnologiyalari.


Komputer grafikasi bu juda ham katta va qiziqarli soha hisoblanadi. Shu asnoda ushbu fanni kasb-hunar kollejlarida o’qitilish jarayonida o’qutuvchidan bevosita yuksak bilim va metodlarni ta’lim texnalogiyalarini to’g’ri qo’llay olish talab etiladi. Shu o’rinda bitiruv malakaviy ishimizni 1-bobida ham aynan shu mavzuni tahlil qilib o’tdik. Ta’kidlab o’tish lozimki, ta’lim texnologiyalarini o’rinli va samarali qo’llay olish uchun pedagogdan yuqori bilim va ko’nikmalar talab etiladi. Ta’lim texnologiyalari tushunchasini 3 ta ma’noda tushuntirish mumkin ya’ni ta’lim beruvchi (o’qituvchi), ta’lim oluvchi (o’quvchi), dars o’tkazish uchun kabi bo’limlari mavjud va bular ta’lim beruvchi ya’ni o’qituvchiga shu jumladan o’quvchiga ham bilim doirasini kengaytirish uchun qo’llaniladi.


Aynan pedagogikada keng qo’llaniluvchi ta’lim texnologiyalari haqida quyidagi tasvirda ma’lumot berib o’tildi.


Ta`lim texnologiyalari- bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim texnologiyalarini fan sifatida quyidagi ta’riflarini keltirib o’tish lozim. “Ta`lim texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari:
- bo’lajak kasb ta`limi o’qituvchilarini zamonaviy ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;
- yaxlit pedagogik darajada ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlari;
- zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g’oyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati;
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g’ri rejalashtirishga tayyorlikni shakllantirish;
- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
Ushbu ta’riflardan kelib chiqib aytish mumkinki kompyuter grafikasida qo’llaniladigan ta’lim texnologiyali ham shunday asoslar bilan ilmiy jihatdan puxta o’quvchini qiziqtira oladigan va o’quvchi uchun samarali tarzda rejalashtirish asosida ishlab chiqish talab etiluvchi omil sifatida qarash mumkin.Shaxsan men ushbu jarayonni quyidagicha tasavvur ettim. ya’ni kompyuter grafikasini o’qitish jarayonida har bir o’quvchi bilan alohida shug’ullanish kerak bo’ladi. Albatta kompyuter grafikasi ko’proq amaliy fanlarni amaliy mashg’ulotlar yordmida o’rgatilaladigan fandir lekin har bir fandagi har bir sohadagi bo’lgani kabi grafikani o’qitishda ham bevosita nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazish ham muhim jarayon hisoblanadi. Aynan yuqorida keltirib o’tgan ta’lim metodi yordamida kompyuter grafikasi bilan bog’liq bo’lgan nazariy bilim va ko’nikmalarni egallash mumkin bo’ladi. O’quvchi esa nazariy bilimlarni berish jarayonida tabiiyki ushbu jarayon davomida birozgina zerikib qolishi mumkin. Aynan yuqorida fikr yuritgan metodimiz yordamida ushbu jarayonni qiziqarli tarzda olib borish mumkin bo’ladi. Aynan dialogik yondashuv, suhbat metodlari bu ta’lim texnologiyalarini bir qismi sifatida nazarda tutiluvchi omil hisoblanadi. O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish bu ularni qiziqishlari, moyilliklari, layoqatlari hamda shakllangan qobiliyatlariga mos holda kasb-hunar tanlashlariga ko`maklashishdan iboratdir. Bu jarayonda o`quvchi-yoshlar xalq xo`jaligi, sanoat, transport va boshqa sohalarga tеgishli kasblar va ularga ehtiyojlar, shuningdеk mеhnat bozorining kadrlarga bo`lgan talablari, kadrlarni shaxsga qo`ygan talablari to`g`risidagi ma'lumotlar bilan tanishtiriladi. Kasb-hunarga yo`naltirish ta'lim muassasalarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishining uzviy bir qismi sanaladi.
Shular qatorida dars jarayonlarida o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi mumkin bo’lgan metodlar yani dars jarayonini bevosita samarasini oshirishga xizmat qiluvchi turli hildagi metodlarni keltirib o’taman.
Ta`lim metodi- ta`lim jarayonidagi ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchining muayyan o`quv maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan birgalikdagi hamkorlik yo`lidir.
Ta`lim metodlari quyidagilarga ko`ra:

  1. bilim olishning asosiy manbai bo`yicha (og`zaki, ko`rgazmali va amaliy);

  2. o`qituvchi faoliyati shakllari bo`yicha (o`qitish metodlari) va o`quvchilar faoliyatining shakllari bo`yicha (ta`lim (olish) metodlari);

  3. fikrlash, eslab qolish va bilim olish faolligining xarakteri bo`yicha

(reproduktiv, izohli-ko`rgazmali, muammoli-izlanishli, tadqiqotli);

  1. xulosa chiqarish turlari bo`yicha (induktiv, deduktiv)

  2. o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatlariga ko`ra passiv, faol va interfaol metodlar bo`yicha tasniflanadi.

O`qitishning og`zaki, ko`rgazmali va amaliy metodlari. Agar o`quvchilar asosiy o`quv axborotini o`qituvchining og`zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar
Og`zaki: tushuntirish, hikoya, suhbat, bayon, izoh, va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Og`zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko`rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo, ular yordamchi o`rin o`ynaydilar
Ko`rgazmali metodlar deganda ta`lim jarayonida qo`llaniladigan ko`zgazmali qurollar va texnika vositalariga ko`p darajada bog`liq bo`lgan o`quv materialini o`zlashtirish shakllari tushuniladi.
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o`quv materialini egallash shakllari ta`limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi.
O`quvchilarning o`quv materialini egallashlari asosan xotiraning eslash funksiyasiga asoslangan metodlar reproduktiv metodlar deyiladi.
Izohli-ko`rgazmali metodlar yangi mazmunni o`rganishning turli shakllarida foydalaniladi. Izohli-ko`rgazmali metodlar ikki qismga bo`linadi: birinchi qismda nazariy ma`lumotlar berilsa, ikkinchi qismda og`zaki tarzda ham, ko`rgazmali qurollar yordamida ham ma`lumotlar beriladi.
Yuqorida keltirib o’tilgan metoodlar kompyuter grafikasini o’qitishda bevosita xizmat qiluvchi metodlar hisoblanadi va ushbbu metodlar dars jarayonidagi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Ko’rib turganimizdek ta’lim texnologiyasi so’zi keng ma’noli hisoblanadi. Ta`lim mohiyatiga ko`ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta`lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o`zgaradi. Ta`lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o`zlashtiriladi va shu yo`l bilan u avlodlar orasidagi ma`naviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi. Ta’lim texnologiyalari haqida gap ketganda avvalo metodlarni keltirib o’tish lozim. Quyida men kompyuter grafikasini o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan turli hil metodlar haqida ma’lumotlar berib o’taman. Demak quyida bir necha metodlarni rastrli grafikani o’qitish uchun qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
SINDIKAT” STRATEGIYASI
“Sindikat” (yunoncha “birgalikda harakat qilish”, “maslakdoshlik”) metodi o'quvchi (talaba)larda mavzu (masala, muammo)ni ijodiy o'rganish, nazariy bilimlami umumlashtirish, tizimlash asosida fikmi qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir guruh yagona topshiriqni uch xil variantda hal etishi lozim. M: o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini 1-guruh sxema, 2-guruh Klaster, 3-guruh esa jadval tarzida ochib berishi kerak. Guruhlar topshiriqni bajarib bo‘lishgach, ular tomonidan taqdim etilgan yechim (ishlanma)lar jamoa tomonidan muhokama qilinadi. . Ilgari surilayotgan tavsiyalar mazmunan masalaning yechimini topishga yordam berishi, ilmiy jihatdan pedagogik amaliyotga mos kelishi lozim. Uni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladib belgilangan. Ushbu metodikani qo’llashning afzalliklari juda ham ko’p. Ya’ni ushbu metoddan foydalanish bevosita o’quvchini diqqatini jalb qilishga sabab bo’ladi va bu orqali o’quvchi o’zi uchun yetarli bilim va ko’nikmalarni shakllantirib olishga muvaffaq bo’lishi mumkin.
Metod-yunoncha atama bo`lib, u maqsadga erishish yo`lini bildiradi – muayyan ma`noda tartibga solingan faoliyat.
O`qitish metodlari o`quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta`lim metodi- ta`lim jarayonidagi ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchining muayyan o`quv maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan birgalikdagi hamkorlik yo`lidir.
Yana bir qator metodlar mavjudki ularni qo’llashda bir qator texnik vositalar ko’rgazmali qurollardan foydalanish talab etiladi. Shunday metodlardan biri ko’rgazma metodi hisoblanadi.

KO'RGAZMA” STRATEGIYASI .


Texnologiya o'quvchi (talaba)larda mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlami ko'rgaizmali qurollar vositasida namoyish etish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, texnologiya o'quvchi (talaba)larni ijodiy fikrlashga undaydi. Ko'rgazmali qurollar (tasvir, sxema, maket va b.)ni yaratish uchun o'quvchi (talaba)lar mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy g'oya, tushunchalarni ajrata olish, ular o'rtasida o'zaro mantiqiy bog'liqlikni yuzaga keltirish layoqatiga ega bo'lishlari lozim. Aynan ushbu metod ham kompyuter grafikasini o’qitishda juda ham foydali metodlardan biri hisoblanadi. Umuman olinganda yana ko’plab metodlar aynan grafikani o’qitish uchun mos keladi va ulardan foydalanishdagi o’qituvchini mahorati ham ustuvor hisoblanadi. Yana bir shunday texnologiyalardan biri Taqdimot texnologiyasi hisoblanadi. Ushbu texnologiyani qo’llash o’quvchilarning qiziqish doiralarini yanada kengaytiradi va ularning bilimlarini oshirishda ko’maklashadi.

TAQDIMOT” STRATEGIYASI


Metod o'rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini ta’minlaydi. Uni qo'llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushunchalari, muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar asosida yoritiladi. Metod o'quvchi (talaba)larda mavzu mazmunini obrazli, yaxlit tarzda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantiradi.
-Ta’lim jarayonida metodni qo‘llash tartibi quyidagichadir:
-O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga metodning mohiyati tushuntiriladi.
-O’quvchilar kichik guruharga biriktiriladi.
-Kichik guruhlarga vektrli grafika bo’yicha topshiriqlar beriladi.
-Topshiriqlarni bajarish uchun o’quvchilarga 5-10 daqiqa beriladi.
-Belgilangan vaqt nihosiga yetgach o’quvchilar o’zlari bajargan ishlarini namoyish etishadi.
-Ushbu ishlar o’qituvchi tomonidan tahlil qilinadi va eng yaxshi ish aniqlanadi.
-O’qituvchi jamoa fikriga tayangan holda eng yaxshi ishni e’lon qiladi.
-O’qituvchi tomonidan barcha guruhlar ishlari baholanadi va ishlar yakunlanadi.
Texnologiyani dars davomida to’g’ri taqsimlay olish ham muhimdir.
Ushbu metoddan samarali foydalana olish ham o’quvchilarda grafikaga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi.

BAL1Q SKELETI” GRAFIK ORGANAYZERI


Metod o'quvchi (talaba)larda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatirii shakllantiradi. Uni qo'llashda o'quvchi (talaba)larda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlami muayyan tizimga keltirish, ulami tahlil qilish ko'nikmalari rivojlanadi. Metoddan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) o'qituvchi o'quvchi (talaba)lami metodni qo'llash sharti bilan tanishtiradi;
2) o'quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
3) guruhlar topshiriqlarni bajaradi;
4) guruhlar o ‘z yechimlarini jamoaga taqdim etadi;
5) jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi;
Ushbu metodda o’quvchilar diqqatini jalb qiluvchi sabablar mavjud bo’lib avvalo metodni qiziq ekanligini uni nomidan ham bilish qiyin emas aynan ushbu metod yordamida o’quchilarni o’tilayotgan mavzuni diqqatlik bilan eshitishga, mavzuni esa mukammal o’rganishga intilishini kuzatish mumkin. Ushbu metod yordamida o’quvchi guruh bo’lib topshiriqlarni bajarishga hamfikrlilikka o’rganadi. O’qituvchini vazifasi esa bu vaziyatda o’quvchiga to’g’ri yo’nalish bera olishdan iborat.Shu jumladan ta’lim texnologiyalari haqida gap ketar ekan ta’lim voositalari haqida ham gapirib o’tmaslikning iloji yo’q.
AJIL” (“AMALIY JAMOAVIY

Download 187.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling