Abdurashidov xumoyun abdusami o‘G‘li toshkent 2021 mundarija
Download 187.7 Kb.
|
.docxABDURASHIDOV XUMOYUN ABDUSAMI O‘G‘LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-BOB. Kompyuter grafikasi va grafika bilan ishlovchi dasturlar
Kurs ishining maqsadi: o’qitishda zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda “Kompyuter grafikasi” fanini samarali tashkil etish va o’tkazishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: 1.Mavzuga doir adabiyotlarni yig’ish va ularni tahlil qilish. 2. Grafik dasturlarni o’qitish jarayonlarini kuzatish. 3.Kompyuter grafikasi fanida o’qitiladigan grafik dasturlarni o’rgatishda zamonaviy ta’lim pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasini ishlab chiqish . 4.Yaratilgan ishlanmalar asosida tajriba sinov ishlarini o’tkazish hamda samaradorlikni tekshirish. Kurs ishing obyekti: grafik dasturlarni o’qitishda zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda dars jarayonlarini tashkil qilish jarayoni. Kurs ishining predmeti: o’quvchilariga kompyuter grafikasini o’qitishdagi qo’llaniluvchi zamonaviy interfaol ta’lim va pedagogik texnologiyalar. Kurs ishining hajmi: Kurs ishi 2 bob 4 bo’lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat 1-BOB. Kompyuter grafikasi va grafika bilan ishlovchi dasturlar1.1. Kompyuter grafikasi va grafika bilan ishlovchi dasturlarAxborotning asosiy qismini inson ko`rish a`zolari orqali oladi. Ko`rgazmali axborotning o`zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob`ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko`rinishida tasvirlanadi. Operatsion tizimning barcha grafik ob`ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo`l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko`p tarqalgan qurilma — bu skanerdir.So`nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo`llanish ko`lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo`l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo`yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma`lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo`yish imkoniyatiga ham ega. Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob`ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob`ektlar o`rtasida bog`lanish o`rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog'ozda) piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki. nuqtalar soni qancha ko'p bo'lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko'rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo'lib. unda gorizontal va vertikal yo'nalishlardagi nuqtalat soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. . Rastrli qurilmalarda tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko`pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar qo`llanilmoqda. Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo'llaniladi. Nashrlarda turli illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom. loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko'rinishda bo'lishini ta'minlaydi. Shu bilan bir qatorda rastrli grafikani qo’llanish sohalari juda ham keng hisoblanadi. Quyida ushbu sohalar haqida ham bir ozgina tushintirish berib o’taman. Demak rastrli grafikani qo’llanilish sohalariga quyidagilar kiradi. - grafiklarni chizish; - geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni, o'zaro chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar. o'lkalarning aniq xaritasini tasvirlash; - chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish. - modellashtirish va multiplikatsiya; - turli texnologik jarayonlarni boshqarish - hayotiy masalalarni interfaol rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonning eng kerakli nuqtalariga o'rnatilgan dastlabki axborot manbayi bo'lgan o’lchagichlardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilish: - kanselariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishning elektron usuli. - arxitektura va qurilish sohasida. - reklama va san'at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali jamoa diqqatini tortish. Rastrli (nuqtali) grafikada tasvirlar nuqtalardan hosil qilinadi. Shuning uchun uning asosiy tushunchasi - «ruxsat» (bir birlik uzunlikka to'g'ri keladigan nuqtalar soni) bo'lib. uning quyidagi shakllari mavjud: - originalga ruxsat: - ekranda tasvirga ruxsat; - qog'ozga chiqarishga ruxsat. Rastrli grafika bilan ishlovchi ko’pgina dasturlar mavjud. Bu dasturlarga Abode Photoshop, Zebrush, Blender va yana ko’plab dasturlarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Tabiiyki rastrli grafika kompyuter ekranini asosiy elementi yani pixellar majmuidir. Ushbu grafikada ishlovchi dasturlar orasida eng mashhurlaridan biri Adobe Photoshop dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur eng ommabop va juda qulay interfeysga ega bo’lgan dasturlardan hisoblanadi. Asosan tasvirlar bilan ishlovchi va tasvirlarga ishlov beruvchi Adobe Photoshop dasturi keng imkoniyatlarga ega bo’lgan dastur hisoblanadi. Ushbu dastur o’zining qulay interfeysi hamda ish samaradorligi bilan grafik dasturlar orasida eng ko’p qo’llaniladigan dasturlardan biri hisoblanadi. Adobe Photoshop dasturi ishchi oynasi. Ushbu oynaning yuqorisida menyu satri joylashgan. U quyidagi qismlardan iborat: Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Vыdelenie (Select), Filtr (Filter), Vid (View), Okno (Window) va Pomoщ (Help). Uning tagida ish qurollarning xususiyatlari sohasi (Panel Svoystv -Options bar) joylashgan. Agar ushbu soha ekranda yo’q bo’lsa uni Okno (Window) menyusidagi Svoystva (Options) buyrug’i yordamida ekranga chiqarishimiz mumkin. Xususiyatlar sohasi pastida ish sohasi joylashgan bo’lib, uning chap tomonida ish qurollar sohasini (Panel Instrumentov-Toolbox) ko’rishimiz mumkin. Ish sohasining o’ng tomonida har xil yordamchi sohalar joylanishi mumkin: Sloi-Layers, Istoriya-History, Kanalы-Channel, Tsveta-Color, Stili-Style, Svoystva kisti-Brushes, Svoystva shrifta-Character va hokazo. Ushbu sohalarni ham Okno(Window) menyusidagi buyruqlar yordamida ekranga chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin. Aynan ushbu dasturni kasb-hunar kollejarida o’qitilishi bu kelajakda ushbu soha rivoji uchun muhim omil bo’la oladi. Kompyuter grafikasining yana bir turi vektorli grafika haqida gap ketganda avvalo ushbu grafikani chiziqlardan tashkil topgan grafika ekanligini va asosan, illustratsiyalar yaratish uchun yonaltirilgan grafika ekanligini keltirib o’tish lozim. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash bvurolarida, nashriyotlarda va boshqa joylarda keng qo'llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw5.0 larni keltirish mumkin. Vektorli grafika tamoyili matematik tenglamalar yordamida jismning chiziqli konturlarini qurish demakdir. Bu konturlarni oddiy chiziqlar yordamida shakllantirishga asoslangan tasvirda (konturlarni elementar chiziqlar yordamida shakllantirganda) ularning sinishlari va uzilishlari paydo bo'lmasligini boshqaruvchi chiziqlar maxsus joylashtiriladi va shu usul bilan chiziqlarning uzluksizligi ta'minlanadi. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir. Vektorli grafika tamoyili matematik tenglamalar yordamida jismning chiziqli konturlarini qurish demakdir. Bu konturlarni oddiy chiziqlar yordamida shakllantirishga asoslangan tasvirda (konturlarni elementar chiziqlar yordamida shakllantirganda) ularning sinishlari va uzilishlari paydo bo'lmasligini boshqaruvchi chiziqlar maxsus joylashtiriladi va shu usul bilan chiziqlarning uzluksizligi ta'minlanadi. Ushbu grafika bilan ishlovchi dasturlar ichida eng mashhurlaridan biri bu Corel Draw dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida ko’plab sohalar uchun zarur bo’lgan grafik ishlarni hususan reklama uchun tasvirlar, katta o’lchamli tasvirlar logotiplar va shunga o’xshash ko’plab grafik mahsulotlarni ishlab chiqish mumkin. COREL DRAW dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda turli vositalarni qo’llaydi- ingichka chiziqlar, patsimon shtrixlar. Shunga qaramay vektorli grafikaning ish usuli,"qo’lda" chizishdan ancha farq qiladi. Shuning uchun vektorli konturni yaratishni va taxrirlashni tasavvur qila olish kerak. Shu maqsadda COREL DRAW dasturi geometrik figuralarni yaratish (to’gri to’rtburchak, ko’pburchak, ellips, spiral) uchun mo’ljalgan asboblarga ega COREL DRAW dasturi bir necha xujjatlarni bir vaqtda ochish imkoniyatiga ega, u holda shu paytda kerak bo’lmagan xujjatlarni yopish ko’zda tutilgan. Menyu Fayl (file) bo’limida yoping (Zakryt, Close) komandasi bajarilganda aktiv xujjat yopiladi. Dastur yuklangandan so’ng ekranda paydo dastur oynasiga foydalanuvchining interfeysi deyiladi. Interfeys inson va kompyuter orasida bog’lovchi bo’lib ishlash uchun panel, asboblar, muloqot oynasi va hokazolarlarni taklif etadi. Foydalanuvchi interfeysiga saxifa, bosh menyu, xujjatlarni aks ettiruvchi ishchi oynalari xamda tasvirlarni muxarrirligini amalgam oshiruvchi xar xil panellar to’plami. Oynaning markazidagi katta oq maydon ishchi xudud bo’lib xar bir xujjat aloxida - aloxida ochiladi. Ekranning tepa qismida bosh menyu bo’limlari quyidagicha nomlanadi: • Fayl (File) • Muxarrir (Redaktirovanie, Edit) • Кo’rinish (Prosmotr, View) • Кampanovka (Layout) • Boshqaruv (Upravleniya, Arrange) • Effektlar(Effects) • Nuqtaviy tasvir (Toch.izob, Vitmaps) • Matn (Text) • Servis (Tools) • Oyna (Okno,Windows) • Yordam (Pomosh, Ne1r) Download 187.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling