Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Yurt qaygʻusi (Bir oʻzbek


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Yurt qaygʻusi (Bir oʻzbek
yigitning tilindan)
Yotsam tushimda, uygʻonsam yonimda,
koʻz yumsam miyamda, koʻz ochsam
qarshimda mungli bir xayol kelib
turadur! Bu bir Xotun xayoli… Bir
Xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va
eski bir koʻylakdan boshqa bir kiyim
yoʻq. Bosh-oyoqlari yalangʻoch,
tirsaklarigacha qop-qora loyqadan
botgan, baqirurgʻa tovushi, qutilurgʻa
kuchi qolmagʻan!.. 
qaygʻusi“ sochmasining ikkinchi qismini
keltirish mumkin.


Qarayman: kimsasizlik yukindan
origʻlangan tanda zolimona urulgʻon
qamchilarning yarasi bor. Koʻraman:
johilona qilingan emlardan nosulgʻa
qaytgʻan yaralarindan qonlar oqib
turadur!.. 
Ey, mungli Xotun, sen kimsan? 
Ey, gʻamli Ona, nechuk mundan
ayrilmaysan? 
Yonimda, koʻzimda, miyamda,
yuragimda nima axtarasan, nechuk
ketmaysan? 
Qaygʻu tutunlari ichra yogʻdusiz qolgʻan
koʻzlaring yosh yomgʻurlari nechuk
toʻkadur? Zulm zanjirlari bilan
bogʻlangan qoʻllaring nechuk har yonga
uzatiladur, nima tilaysan?.. 


Oh… Bildim… Bildim… Angladim! 
Sen mening Vatanimsan, Vatanimning
mungli xayolisan. 
Ey, muqaddas Turonimning xayoli,
ketmay tur, ayrilma. 
Yonimda, koʻzlarimda, yuragimda,
vijdonimda qol, ketma. 
Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq,
mening oʻlimim. 
Sening uchun oʻlmoq — mening
tirikligimdur. 
Panohim, sajdagohim, umidim! 
Yovlaring seni shu kungami soldilar?
Tilagim, istagim, saodatim! 
Bolalaring seni shu holdami qoʻydilar? 
Suyunchim, ovunchogʻim, oʻchogʻim! 
Zolimlar seni kimsasizmi koʻrdilar? 


Yoʻq, sen kimsasiz emassan. Mana
men, borligʻim bilan senga koʻmak
qilurgʻa hozir. Mana men chin koʻngil
bilan sening yoʻlingda oʻlurgʻa rozi. 
Qof togʻlari yoʻlimda tushsa, 
Tamugʻ olovlari qarshimda chiqsa, yana
sen sari ketarman. 
Ustimga insonlar emas, shaytonlar
qoʻshini kelsa, 
Oyogʻimga zanjirlar emas, jahannam
ilonlari sorilsa, 
Yana sen sari choparman. 
Dunyoning butun baloari boshimga
toʻkulsa, 
Zulm choʻlining temir tikonlari
koʻzlarimgʻa kirsa, yana seni
qutqararman. 


Men sening uchun tirildim, 
Sening uchun yasharman, 
Sening uchun oʻlurman.
Ey, turklikning muqaddas oʻchogʻi! 
Oʻlim sening oʻlimingni istaganlarga, 
Nafrat seni koʻmgani kelganlarga!
[8][9]
U shu-yillarda „Mirrix yulduziga“, „Sharq“,
„Shoir“ kabi sheʼrlarni yaratib, Turkistonni
endi „qizil mustamlaka“ga aylantira
boshlagan bolsheviklarga va ular barpo
etayotgan tuzumga nafrat tuygʻusini
ifodaladi. Bundan tashqari Fitrat barmoq
vaznida yozilgan mazkur sheʼrlari bilan
xalq ogʻzaki sheʼriyatining mulki boʻlgan
barmoqni isloh etib, Choʻlpon bilan birga


uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga
yangi hayot bagʻishladi.
1922-yilda Fitrat tashabbusi bilan „Oʻzbek
yosh shoirlari“ sheʼriy toʻplami bosilib
chiqdi. Bu toʻplamdan Fitrat asarlari bilan
birga oʻsha davrda qizgʻin ijod qilgan
Choʻlpon, Botu va Elbekning sheʼrlari ham
oʻrin olgan va xalq orasida katta qiziqish
bilan oʻqilgan.
Nasr
Fitrat nasrda ham samarali ijod qilgan.
XX asrning 10-yillarida sahna asari
sifatida namoyish etilgan „Munozara“
Fitratning nasrdagi ilk asaridir.


„Munozara“ ham „Sayyohi hindi“ ham
Fitrat publitsistikasining yorqin
namunalaridandir. Fitrat keyinchalik ham
ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda estetik
qarashlarini ifodalashda publitsistikadan
samarali foydalandi. Faqat 20-yillarning
oʻrtalariga kelibgina u „sof“ nasriy
asarlarni yarata boshladi („Qiyomat“,
„Meʼroj“, „Oq mozor“, „Zayd va Zaynab“,
„Zahroning imoni“ va boshqalar).
„Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlarida
koʻtarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm
mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb
ahamiyatga ega edi. Fitrat bu
hikoyalarida diniy syujetlardan din
taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu
asarlar, ayniqsa, 1930-yilda qayta


ishlangan „Qiyomat“ xayoliy hikoyasi
oʻzbek adabiyotida fantastikaning
tugʻilishi va shakllanishida milliy manba
boʻlib xizmat qildi.

Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling