Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Yurt qaygʻusi (Temur oldinda)


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Yurt qaygʻusi (Temur oldinda)
Bagʻrim yoniq, yuzim qora, koʻnglim
siniq, boʻyim bukik. 
Sening ziyoratingga keldim, sultonim!
Ezilgan boshim, kesilgan vijdonim,
kuygan qonim, oʻrtangan jonim uchun
bu sagʻanangdan davo izlab keldim,
xoqonim! 
Yuz-yillardan beri jafo koʻrib, gʻam
chekib kelgan turkning qonli koʻz
yoshlarin etaklaringga toʻkarga keldim. 
Qorongʻular ichra yogʻdusiz qolgan
Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgaboʻyi
matbuotida ham faol ishtirok etdi.
[5]
Badiiy va ilmiy adabiyot


oʻzbek koʻzlari uchun tuprogʻingdan
surma olgali keldim. 
Nomusini bot kishilarning oyogʻlari
ostinda koʻrub, turklik qoni qaynagʻay,
musulmonlik hamiyati toshgay, tamugʻ
olovlari kabi sochragay. 
Lekin oʻz kuchsizligini anglab, qaytib
oʻtirgan va qon yigʻlagan turkning holini
arz etarga keldim, xoqonim! 
Ulugʻ xoqonim! Turklik sharafi talandi. 
Turk uchun qurdigʻik davlat bitdi, turk
otigʻa qurdigʻik xoqonlik yogʻiygami
ketdi. 
Turkning nomusi, eʼtibori, iymoni,
vijdoni zolimlarning oyogʻlari ostida
qoldi.
Turkning yurti, ulogʻi, oʻchogʻi, Turoni
yot qoʻllarga tushdi.


Turkning bilgisi, ongi, oʻy-uquvi,
ziyrakligi jaholat oʻljasigʻa ketdi. 
Sening qiliching bilan dunyo egasi
boʻlgʻan turk tinchgina bir yotoq
topolmay qoldi.
Sening omonatingga xiyonat
qilgʻanlarni ez, ur, oʻldur! 
Sultonim! 
Bilaman, shu tobda sening u yuksak va
ulugʻ ruhiyuraging men kabi yuraksiz bir
oʻgʻlingni shu koʻrinishidan nafrat
qiladur. 
Chunki yuqorida aytdigim ishlarning
hammasiga oʻzim sabab boʻldim,
barchasini oʻzim qildim, 
Sening Turoningni oʻzim talatdim, 
Sening turkingni oʻzim ezdirdim, 
sening omonatlaringga xiyonat oʻzim


qildim. 
Men uch kunlik umrimni tinchgina yotib
oʻtkazmoqchi boʻlmasa edim,
shularning birortasi boʻlmas edi. 
Men qoʻlimgʻa topshirdigʻing qilichni
tashlab cholgʻuni olmasa edim,
Turonim talanmas edi!.. 
Men yolgʻiz qonli koʻz yoshlarimni bu
sagʻanangga toʻkmak uchun emas, u
yozuqlarimni iqror etarga keldim,
xoqonim. 
Meni qoʻyma! 
Men yolgʻiz yozuqlarimni iqror etargʻa
emas, Turongʻa berdigim zararlarga
toʻlamoq uchun keldim, xoqonim. 
Mendan nafrat etma! 
Ey, arslonlar arsloni! 
Meni yozuqlarimdan oʻt, 


Menim qoʻlimni tut, 
Belimni bogʻla, muqaddas fotihangni
ber! 
Sening dunyoda sigʻmagan
gʻayratingga ont ichamanki, Turoning
eski sharaf va ulugʻlikni qaytarmasdan
burun ayogʻlaringda oʻtirmasman
[6][7]
.
Fitratning adabiy merosi boy va rang-
barang. U adib sifatida badiiy ijodning
barcha turlarida qalam tebratibgina
qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr
va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining
isloh etilishi, adabiy realizmning
teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti
bilan bogʻliq boʻlgan muhim ijtimoiy
muammolarning oʻzbek adabiyotida


badiiy talqin etilishiga ulkan hissa
qoʻshdi.
Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga
boʻlish mumkin: 1-davr 1909–1916-
yillarni oʻz ichiga olib, Turkiya
taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid
maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr
1917–1923-yillarni qamrab oladi, bu
davrda Fitrat milliy istiqlol gʻoyalari bilan
toʻyingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri
1923–1937-yillarga oid boʻlib, Shoʻro
maxfiy xizmatining doimiy nazoratida
boʻlgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik
ishlar bilan shugʻullanadi.
Fitrat zullisonayn adib boʻlib, adabiyotga
shoir va adabiyotshunos sifatida kirib


kelgan. Koʻp oʻtmay u oʻzini dramaturgiya
va prozada ham sinab koʻrdi. U
„Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda
bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning
bir necha masalalar ham usuli jadid
xususida qilgan munozarasi“) asarini
Turkiyaga borishdan oldin, 1905–1907-
yillarda yaratgan. „Sayha“ („Chorlov“,
„Naʼra“) (fors tilida), „Sayyohi hindi“
(„Bayonoti sayyohi hindi“), „Rahbari
najot“, „Tarixi Islom“ asarlarini esa
Turkiyada tahsil paytida yozgan va
„Munozara“ 1908-yilda, „Sayha“ 1910-
yilda, „Sayyohi hindi“ 1913-yilda
Istanbulda bosilib chiqqan. „Rahbari
najot“ va „Oila“ 1915–1916-yillarda
Bokuda nashr qilingan. Bu asarlar oʻsha


davrdayoq xalq orasida keng tarqaldi.
Horijiy tillarga ham oʻgirildi. Masalan,
„Munozara“ 1909–1914-yillar orasida
turk, ozarbayjon tillarida, „Sayyohi hindi“
rus tilida chop etilgan. „Rahbari najot“ni
esa doʻsti, shoir va noshir Abdulvohid
Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan
chiqargan. Bulardan tashqari uning
„Mavludi Sharif“, „Abo Muslim“, „Begijon“
asarlari va dastlabki sheʼrlari „Oyna“,
„Taraqqiy“, „Sadoi Turkiston“, „Turon“,
„Hurriyat“, „Buxoroi Sharif“ kabi gazeta va
jurnallar sahifalarida eʼlon qilingan.
Uning „Munozara“ va „Sayyohi hindi“
asarlari XX asr boshlarida Turkistondagi
milliy uygʻonish harakatining norasmiy


dasturi boʻlib xizmat qilgan va yoshlar
dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va
ularning jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga
sabab boʻlgan. Keyinchalik bu asarlar
orqali Fitratni millatchilikda,
turkparastlikda va islomparastlikda
ayblashgan.
Fitratning bizgacha yetib kelgan oʻzbek
tilidagi sheʼrlari 1917- va undan keyingi
davrlarga oid. Maʼlumki, fevral inqilobidan
keyin Turkiston xalqlarining mustaqillikka
erishishlari uchun juda qulay fursat
tugʻilgan. Fitrat shu davrda xalqni
mustamlakachilik kishanlarini parchalab,
milliy istiqlol uchun kurashga daʼvat
etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan.


Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning
nazarida, bunday zamonaviy gʻoyani
ifodalash, xalqni oyoqqa turgʻazish va
safarbar etish kuchiga ega emas edi.
Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar
sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek xalq
ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari
boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga
olib kirdi. Oʻz ona diyorini ozod va hur
koʻrishni orzu qilgan shoir „Yurt qaygʻusi“
deb nomlangan bir sheʼr va toʻrtta
sochma yozib, ularda hurriyat uchun
kurash gʻoyasini baralla kuylaydi. Ijodkor
mazkur sochmalarida Turkistonni
xoʻrlangan va xorlangan Ona obrazida
tasvirlab, bu jabrdiyda Onani
zulmkorlardan xalos etish uchun


sohibqiron Amir Temur singari millat
fidoyilarini qoʻmsaydi. U „Yurt qaygʻusi“
sochmasining birinchi qismida oʻz
qahramoni tilidan Amir Temurga
murojaat qiladi.
Bunday murojaat Fitratning „Temur
sagʻanasi“ dramasida ham uchraydi. Bu
asarlardagi asosiy gʻoya — ona yurtni,
Vatanni ulugʻlash, xalq, millatning
ozodligi va erkinligidir. Zero, maʼrifatga
intilgan inson uchun, ayniqsa shoir
uchun, bir tomondan amir istibdodi,
ikkinchi tomondan chor mustamlakasi
zulmi ostida ezilgan xalqni, toptalgan
yurtni ozod koʻrishdan ham ulugʻ niyat
boʻlishi mumkinmi? Misol uchun „Yurt



Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling