Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat Tavalludi


Download 367.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana10.02.2023
Hajmi367.48 Kb.
#1185661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurauf Fitrat - Vikipediya(1)

Ijtimoiy publitsistika
Ijtimoiy, huquqiy, diniy va maʼrifiy asarlari
orqali ham Fitrat ilm-fan, maʼrifatning turli
sohalarida teran iz qoldirdi. U 1914–
1916-yillardayoq „Rahbari najot“ („Najot
yoʻli“), „Oila“, „Mavludi Sharif yoki Mur’oti
xayr ul Bashar“, 1917–1920-yillarda
„Oʻqu“ („Oʻquv“), „Sharq siyosati“, „Yigʻla,
Islom“, 1925-yilda „Muxtasar Islom tarixi“
singari asarlarni eʼlon qildi. Fitrat mazkur
asarlarida, bir tomondan, shu-yillarda roʻy
bergan siyosiy, ijtimoiy masalalarga
munosabatini ifodalagan boʻlsa, ikkinchi
tomondan, musulmon olami uchun oʻz
ahamiyatini yoʻqotmaydigan yoki
muayyan tarixiy davrda saqlanib


qoladigan maʼnaviy va maʼrifiy
qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu
asarlarida millatning nafaqat siyosiy-
ijtimoiy, balki diniy maʼrifiy masalalarda
ham yetarli darajada bilimga ega
boʻlmaganini eʼtiborga olib, har bir
musulmon bilishi lozim boʻlgan bir qator
masalalarga yorqinlik bagʻishladi. Fors
tilida yozilgan „Rahbari najot“ risolasida
tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari,
shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy
ilmlar toʻgʻrisida aniq tasavvur berdi,
avlod, badan, fikr, axloq tarbitasiga oid
falsafiy, etik qarashlarini olgʻa surdi.
Fitratning „Oila“ risolasida esa oilaning
jamiyat va inson hayotidagi rolini
oshirishga, oila aʼzolarining huquqiy


meʼyorlarini belgilashga qaratilgan fikr va
mulohazalari yanada rivojlantirildi.
Fitrat huquqiy davlat qurish va uning
rivojini taʼminlash maqsadida 1918-yilda
Yosh buxoroliklar partiyasining 13
bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu
dasturda olimning ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy qarashlari oʻzining chuqur
ifodasini topdi.
Pedagogika
Fitratning maktab oʻquvchilariga
moʻljallangan „Oʻqu“ („Oʻquv“, , Boku,
1917) qoʻllanmasi Vatan, dunyo, tabiiyot,
tibbiyot va gigiyena singari masalalar,


shuningdek, oʻtmishda yashagan
allomalar haqida tasavvur beradi
(nomaʼlum sabablarga koʻra, ushbu
qoʻllanmaning 2-qismi yozilmagan).

Download 367.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling