VAFOTI - Fitrat ilg'or demokratik g'oya va fikrlari uchun ko'pchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor ma'murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron bo'lgan sho'rolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm g'oyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning do'sti Fayzulla Xo'jayev o'z himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda ko'pchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan. Iosif Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga e'lon qilinganlar ro'yxati“ga tushgan.
- Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat 1938-yil 4-oktyabr kuni Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo'zsuv qirg'og'idagi qatlgohda otib o'ldirildi.[9] Uni o'limga mahkum qilish haqidagi sud qarori bir kundan keyin ya'ni 1938-yilning 5-oktyabrida imzolandi.
- Fitrat 110-yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan pochta markasi.
- 1963-yil Iosif Stalin vafotidan so'ng Fitrat nomi oqlandi.
XOTIRA - XOTIRA
- 1991-yil 25-sentyabrda Abdurauf Fitratga o'zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi ko'chalar, maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bog'i va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996). Buxoro shahrida Fitrat haykali o'rnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „O'zbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bag'ishlangan pochta markalari chiqarildi.
“ABULFAYZXON” drammasi - Fitrat Fevral burjua inqilobidan juda katta umidvor edi. Uning umidlari oqlanmadi. Oktyabr to’ntarilishi esa, xalqimizning mustaqillik haqidagi orzularini chil – parchin qildi. Ayniqsa, erkinlik, ozodlik, teng huquqlilik, degan soxta shiorlar ostidagi zulm asosida ish ko’rilishi uning terang idrokida bu tuzumga nisbatan ishonchsizlik uyg’otdi. Shunday paytda Turkiston muxtoriyati masalasi ko’tarilib, uning vatanparvar yuragida yana umid uchqunlarini uyg’otadi, biroq, dushman dushmanligini qildi, Muxtoriyat qonga belandi. Fitrat tarjimai holidan ma’lumki, u buxoroda adolatli tuzum o’rnatishga chin dildan ishonganligi tufayli unga umrini tikkan edi. Ammo bu orzulari ham sarob bo’lib chiqdi ,Vatan, xalq va adolat fidoiylari turli baxonalar blain chetlashtirildi, ayb qo’yilib, jazoga tortilla boshladi. Sotqinlar martabalarining ko’tarilishi , haqiay oqillarning jazolanishlari, mahalliy arablarga nisbatan ishonchsizlik, huquq va mustaqillik baxonasida o’tkazilgan milliy chegaralanish siyosati zamiriga yashiringan mustamlakachilik xarakatlari “ Abulfayzxon “ trgediyasining yozilishiga sabab bo’lgan omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |