Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartiblari va farzand tarbiyasi
Download 0.87 Mb.
|
Abdurauf Fitratning Oila asari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila masalasi
Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va e'tiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar ziyod bulishi tabiiy.Oila masalasi:1) Millat.2) Mamlakat.3) Kishilik jamiyati,degan uchlikni ta'minlab turuvchi muxim bir xalqadir.Fitrat talqinida son, miqdor sifat degani emas, xalqning soni ko‘p bo‘lishi, ammo uni tashkil etuvchi kishilar ishyoqmas, tebsa-tabranmas kishilar xam bo‘lishi mumkin. O‘z saodati, kelajagi, yaxshi yashashi, osuda xayot egasi bo‘lishlik o‘sha millat kishisining xarakatchanligiga xam bog‘liqligini aytadi. “Qaysi millatning nomoyondalari g‘ayratli, shijoatli bo‘lsalar, qo‘l oyog‘i kuchli va chaqqon, xamma a'zolari sog‘ va faol izzat va e'tibor soxibi bo‘ladilar” deya ta'kidlab o‘tadi. Fitrat millatning sifati uning miqdori bilan xam bog‘liq tomonlarini anglatgan. Buning uchun qayg‘urgan xam. Oilada millatning qadri va sha'nini belgilovchi xarakatlar, avvalo er va xotinning iffat, diyonati bilan bog‘liq ekanini xayotiy misollar bilan anglatadi.Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari asosan o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davr shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Sababi, o‘sha davr shiddati qaysidir ma'noda badiiy asarlarga ham ko‘chgandi. “Oila” asarida ham tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a'mol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da'vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi.Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling