Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi
Download 202.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN M avzu: Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati Topshirdi: Abduraxmonova M.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETIBIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 15-19 GURUH TALABASI ABDURAXMONOVA MEHRINISONING UMUMIY PARAZITOLOGIYA MUSTAQIL ISHI FANIDAN TAYYORLAGAN M avzu: Ikki qanotlilarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati Topshirdi: Abduraxmonova M. Qabul qildi: Mamarajobova M. TERMIZ – 2022 Reja:
2. Ikki qanotlilar tasniflari 3. Ular yuqtiradigan kasalliklar Ikki qanotlilar (Dipteral turkumiga 100 mingga yaqin tur kiradi. MDH mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan hasharotlardan hisoblanadi. Og‘iz organlari yalovchi, sanchib-so‘ruvchi yoki kesib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkasining voyaga yetishi davrida metamorfoz keskin namoyon bo‘ladi. G‘umbagi erkin yoki bochkasimon tipda tuzilgan. Ular orasida yirtqich, qon so‘ruvchi parazitlari bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan organik qoldiqlarda rivojlanadi. Ikki qanotlilar 3 ta kenja turkumga bo‘linadi: 1. Uzun mo‘ylovlilar (Nematocera); 2. Kalta mo‘ylov to‘g‘ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Orthorrhapha); 3. Kalta mo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Cyclorrhapha). Uzun mo‘ylovlilar ^Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo‘ylovlari uzun va ko‘p bo‘g‘imli, qorin bo‘limi ingichka bo‘ladi. Lichinkalari oyoqsiz, lekin ularning boshlari rivojlangan bo‘lib, og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. G‘umbaklari harakatchan bo‘ladi. Bu kenja turkumga qon so'ruvchi chivinlar, iskabtoparlar, moshkarlar, g‘urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa oilalar kiradi. Qon so‘ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi. Gnuslar vaqtinchalik parazitlar hisoblanadi. Zaxkashlar (Ceratopogonidae) oilasi vakillari qon so‘mvchi ikki qanotlilar ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5^4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda 1 juft murakkab ко‘zlari joylashgan. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda. Qanotlarida dog‘lar va tuklari bor. Oyoqlari uzun va timoqli bo‘ladi. Bu hasharotlar zax, semam joylarda, unchalik katta bo‘lmagan suv havzalarida, ko‘l va hovuz suvlarida, botqoq joylarda yashaydi. Shuning uchun ular “mokres”, ya’ni zaxkash deb aytiladi. Hozirgi vaqtda zaxkashlaming 4000 ga yaqin turi ma’lum. Ular asosan Sibir va Uzoq Sharqda, 0’rta Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada hamda Tinch okeanining ko‘pgina orollarida keng tarqalgan. 0 ‘zbekistonda 60 dan ortiq turi uchraydi. Urg‘ochi zaxkashlar juftlashib boMgach, qon so‘radi va har xil semam joylarga, hatto oqmas ko‘lmak suvlarga 40 dan 120 tagacha, o‘z hayoti davomida esa 350 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 3-6 kun o‘tgach, ulardan ipsimon ko‘rinishidagi 0,5 mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi. Lichinkaning bosh qismi qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Lichinkalari ko‘lmak suv yoki nam tuproqlarda 25-30 kun yashab, 15 mm uzunlikda bo‘ladi va 3 marta tullab g‘umbakka aylanadi. Oradan 3-5 kun o‘tgach, g‘umbakdan qanotli hasharotlar chiqadi. Shunday qilib, zaxkashlaming tuxum qo‘yishidan to jinsiy voyaga yetishiga qadar 60 kun o‘tadi. Bir yilda zaxkashlar 2-5 marta avlod berishi mumkin. Zaxkashlaming urg‘ochisi har xil issiqqonli hayvonlar, odam va sudralib yuruvchilaming qonini so‘rib oziqlanadi. Ular ertalab va kechqurunlari faol qon so‘radi. Chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi to‘qimalar shishib ketib, hayvon qattiq bezovtalanadi, junlari to‘kilib oriqlay boshlaydi. Bundan tashqari, zaxkashlar bir qator infeksion, invazion, virusli va boshqa kasalliklaming qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Tulyaremiya, qo‘ylardagi virus va otlardagi o‘lat kasalliklari, onxotserkoz, gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti shular jumlasidandir. Kaltamo‘ylov to‘g‘ri chokli ikki qanotlilar (Brachvsera - Orthorrhapha) kenja turkumi vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo‘ylovlari 3 bo‘g‘imli boiadi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G‘umbagi yopiq tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g‘umbak po‘sti bosh ko‘krak ustidan “t” shaklida yirtiladi. Bu kenja turkumga so‘nalar, qitir pashshalari oilalari va boshqa ayrim ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga, asosan, so‘nalar oilasining vakillari zarar keltiradi. So‘nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so‘ruvchi ikki qanotlilar kiradi. Tanasining uzunligi 2-3 sm ga yetadi, ko‘zlari yirik qizg‘ish tilla rangda tovlanib turadi. Erkagi va yosh urg‘ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urg‘ochi so‘nalar 188 faqat umg‘langandan keyin qon bilan oziqlanishga o‘tib, qoramollarga, odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. So‘nalar hayvonlar terisini sanchibyalovchi yoki kesib-yalovchi og‘iz organlari orqali kesib, shu joydan chiqadigan qonni so‘rib oziqlanadi va 2—4 kundan so‘ng suv yoki ariq bo‘ylaridagi nam tuproqlarga tuxum qo‘yadi So‘nalar chorva mollariga ko‘plab hujum qilib, ulaming mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. Ular hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklami tarqatadi. Ho‘kiz so‘nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. So‘nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o‘rganilgan. Dunyoda so‘nalaming 3 mingdan ortiq turi tarqalgan, MDH da ulaming 200 ga yaqin turlari aniqlangan. M.Q. Qodirovaning ma’lumotlari bo‘yicha, 0 ‘zbekistonda so‘nalarning 49 ta turi uchraydi. So‘nalarga qarshi 1-2 % li xlorofos, 2-3 % li polixlorpinin, 0,5 % li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar ishlatiladi. Kalta mo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar ffirachvcera-Cvciorrhapha) kenja turkumi vakillarining tanasi kichik, mo‘ylovlari 3 bo‘g‘imli, lichinkasining bosh bo‘linii butimlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po‘sti g‘umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go‘sht pashshalari, qon so‘ruvchi pashshalar oilalari va bo‘kalaming 3 ta oilasi kiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990. 2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000. 3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998. 4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991. 5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978. 6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978. 7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002. 8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004. 9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996. 10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978. 11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969. 12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990. 13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002. 14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001. 15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985. 16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990. 17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996. 18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002. 19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985.. 20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981. Download 202.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling