Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Download 29.39 Kb.
bet1/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
insects


Acyrthosiphon gossypii Mordv- Katta g‘o‘za biti. O‘zbekistonning barcha paxta ekiladigan hududlarida uchraydi. G‘o‘zadan tashqari mosh, loviya, begona o‘tlar, yantoqda kabi o’simliklarida uchraydi. U boshqa bitlarga o‘xshab to‘da hosil qilmaydi. Rivojlanishining hamma fazasida ham tanasi ko‘kish yoki sarg‘ish, ko‘zlari qizil, oyoqlari va shira naychalari juda uzun bo‘ladi. Katta g‘o‘za biti g‘o‘za va yantoq o’simligida tuxum holatida qishlaydi. Mayning ikkinchi yarmida g‘o‘zada paydo bo‘lib, yil davomida to‘liq rivojlanish davrini kechiradi, yozda partenogenetik usulda, kuzda ikki jinsli bo‘g‘ini tuxum qo‘yib, shu holda qishlab qoladi. Bitlarning afidofag – yirtqichlari va parazitlaridan 46 turi ro‘yxatga olingan, bularga sirfid pashshalari, oltinko‘z, gallitsa pashshalari va boshqalar kiradi.
Aelia acumita L.- Nayza boshli xasva. O‘simliklarning yashil qismini, yosh va pishgan boshoqlar donini va ildizlarini zararlaydi. Ular bahorgi g‘allaga katta zarar yetkazadi. Voyaga yetgan nayza boshli xasva 9–11 mm bo‘lib, rangi och sariq, boshi, orqasining oldingi qismi va qalqoni bo‘ylab oqish yo‘l o‘tadi, qanoti po‘stining teri qismida qo‘ng‘ir nuqtalar bor, boshi uchburchak shaklda, tuxumi yumaloq, xira-sarg‘ish, diametric 0,75 mm bo‘ladi.
Agrotis segetum Schiff- Kuzgi tunlam.
Kuzgi tunlam sug‘oriladigan paxtachilik hududlarda keng tarqalgan zararkunanda hisoblanadi. Uning qurtlari 34 oilaga mansub bo‘lgan yuzlab tur o‘simliklarga zarar yetkazadi. Kuzgi tunlamini (ko‘kqurt tunlami) Osiyoda yanvar izotermasi 20°C dan past bo‘lgan hududlarda qurtlari bo‘lmaydi. Oldingi qanoti sarg‘ish-kulrang, orqa qanoti to‘q, tomirli oq tusda. Oldingi qanotida asosiga yaqin joyda ponasimon qoramtir dog‘i bor, qanotining markazida yumaloq, undan biroz yuqorida buyraksimon dog‘lari bor. Kapalaklari aprel-may oylarida uchib chiqadi. Kapalaklar 10–40 kun yashaydi va gullar nektari bilan oziqlanadi. Kapalaklarning serpushtligi qo‘shimcha nektar bilan oziqlanishiga va qurtlik davridagi oziqlanish sharoitiga bog‘liq.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling