Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Aphididae - O‘simlik bitlari oilasi, (Homoptera –tengqanotlilar turkumi)


Download 29.39 Kb.
bet3/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
insects

Aphididae - O‘simlik bitlari oilasi, (Homoptera –tengqanotlilar turkumi)
G‘o‘zaga o‘simlik bitlarining bir necha turi zarar yetkazadi. Bulardan beda yoki akatsiya biti, g‘o‘za yoki poliz biti va katta g‘o‘za biti eng xavflidir. Bitlar barglar shirasini so‘rib zararlashi oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar kamayib ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o‘zgarib, bujmayib qoladi. Natijada o‘simlik yaxshi rivojlanmay, hosil 15–20% gacha kamayib ketadi. Ko‘sak ochilganda bitlar o‘z shirasi bilan tolani ifloslantirib, yopishqoq qilib qo‘yadi, bu esa paxtani qayta ishlaydigan mashinalar ishini qiyinlashtiradi.
Aphis craccivora Koch. Akatsiya biti hammaxo‘r zararkunanda bo‘lib, Yevropaning janubida va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Akatsiya biti g‘o‘zadan tashqari, beda, oq akatsiya, yeryong‘oq, esparset, vika, burchoq, no‘xat, shuningdek, poliz ekinlariga (jami 52 tur) zarar yetkazadi. Bu hasharot g‘o‘zani may-iyun oylarida eng ko‘p zararlaydi. Tirik tug‘uvchi urg‘ochisining bo‘yi 1,3–2,1 mm bo‘lib, tanasi yaltiroq qora bo‘ladi. Akatsiya biti beda yoki akatsiyada tuxum fazasida qishlaydi. Erta bahorda (martda) bedada bu bit to‘dalari paydo bo‘ladi, to beda dag‘allashguncha rivojlanib, keyin boshqa ekinlarga o‘tadi. Akatsiya biti g‘o‘zada 30 kun yashaydi, ana shu vaqtda juda tez ko‘payib, unga jiddiy zarar yetkazadi. Oziqlanish va ob-havo sharoiti og‘irlashgach, ularda qanot paydo bo‘lib, yana bedapoyaga uchib o‘tadi va kech kuzgacha beda ildiz bo‘g‘zida bo‘ladi, ammo oziqlanish sharoiti noqulay bo‘lgani uchun ular jadal ko‘paya olmaydi.
Aphis fabae Scop. (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – to‘g‘riqanotlilar turkumi)
Lavlagi biti Bu bit lavlagi bargining orqasiga yopishib olib, uning shirasini so‘rish bilan o‘simlikka zarar yetkazadi. Natijada lavlagi o‘simligi zaiflashib, ildizining vazni va shakari kamayadi. Lavlagi biti urug‘chilikka ham ancha ziyon yetkazadi. Bubit lavlagidan tashqari, burchoq, ko‘knori, loviya, tamaki, sabzi, pasternak, sparja, ismaloq, rovochga, ba’zan kartoshkaga ham tushadi. Palearktikaning hamma joyida va Shimoliy Amerikada uchraydi. Qanotsiz bitning bo‘yi 2,5 mm gacha, qanotli bitniki 2 mm gacha yetadi. Tanasi qo‘ng‘ir-qoramtir, zangoriroq-qora yoki qora rangda, qanotsizi xira oq. Qanotlisining boshi va ko‘kragi, ko‘pincha qorni ham yaltiroq, qanotli bitning boshi va ko‘kragi qorniga qaraganda qoramtir tusda. Qanotsiz bit mo‘ylovining 3–4 va 5-bo‘g‘imlari va oyoq boldiri oqish-sariq, qanotli bit oldingi oyog‘ining soni oq tusda bo‘ladi. Lavlagi biti yetarli darajada oziqlanmasa, maydalashib ketib, qora rang o‘rniga qo‘ng‘ir tusga kiradi. Bitning tuxumi oval shaklda, qora tusda bo‘lib, bo‘yi 0,4 mm atrofida.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling