Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Nok biti (Barg o‘rovchi bit) (Dysaphis persicae ) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)


Download 29.39 Kb.
bet14/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
insects

Nok biti (Barg o‘rovchi bit) (Dysaphis persicae ) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi). Bu bit bog‘larda uchraydigan boshqa bitlarga qaraganda nok uchun ancha xavfli zararkunanda hisoblanadi. U barglarning chetini himarib, naysimon qilib o‘raydi. Ancha zararlanganligi sababli o‘ralib qolgan barglar to‘kilib ketadi. Qanotsiz nok bitining kattaligi 3 mm gacha, to‘q qo‘ng‘ir tusda, biroq binafshadek tovlanib turadi, lichinkasi qizg‘ish-sariq. Qanotsiz nok biti yirik tuxumsimon shaklda. Boshqa jihatlariga ko‘ra, u boshqa barcha meva bitlariga o‘xshaydi. Nok bitigaham nok shira burgasiva olma bitiga (shirasi) qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Nokning barg burgasi (Psylla pyricola Forst.) (Chrysomelidae – bargxo‘rlar oilasi, Coleoptera – qattiqqanotlilar turkumi) Burga va uning lichinkalari kurtak, barg, novda va mevalar shirasini so‘radi hamda o‘zidan yopishqoq va shirin suyuqlik– shira ajratadi. Natijada daraxtning kurtak, barg va novdalaridagi hayotiy jarayonlar buziladi. Zararkunanda yoppasiga urchib ko‘paygan davrda daraxtlar yopishqoq nok burgasi (chiqindisi) bilan to‘liq qoplanadi, barglari qorayib to‘kilib ketadi. Mevalari qattiq bo‘lib qoladi, daraxtlar zaiflashadi, kelgusi yil hosili sezilarli darajada kamayadi. O‘sib yetilgan shira burgasi uzunligi 3 mm bo‘lgan qanotli hasharot. Ko‘rinishi sarg‘ish yoki och yashil-qo‘ng‘ir tusda. Daraxtdan daraxtga uchib o‘tish yo‘li bilan tez tarqaladi. Voyaga yetgan nok burgasi novdalarda, tana po‘stlog‘ining yoriq kovaklarida, xazon orasida qishlaydi. O‘zbekiston sharoitida 4–5 marta nasl beradi. Voyaga yetgan burga 3 oygacha yashaydi, shu davr ichida 500 tagacha tuxum qo‘yadi.

Olma qon biti (Eriosoma lanigerum Hausm) (Pemphigidae – pemfidae oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) Olma qon biti O‘rta Osiyo sharoitida har xil yoshdagi lichinka va voyaga yetgan hasharot bosqichida olma daraxtlarining ildizida, po‘stlog‘ining yoriqlarida va yo‘g‘on shoxlar asosida qishlaydi. Bitlar fevralda va mart boshlarida uyg‘onib, dastlab qishlagan joyida oziqlana boshlaydi, so‘ngra daraxtlarga o‘rmalab chiqib, po‘stloqning yupqa yoki zararlangan joylariga o‘rnashib oladi. Daraxtning qon bitidan zararlanganligi shishlar mavjudligiga, shuningdek, qon biti to‘plari borligiga qarab aniqlanadi. Odatda, qon bitining usti oq momiqsimon g‘ubor bilan qoplangan bo‘ladi. Voyaga yetgan qon biti va uning lichinkalari ildizda, ildiz bo‘g‘zida, qisman tana va novdalarning yoriqlarida qishlaydi. Fevral-mart oylaridan oziqlana boshlaydi, keyinchalik urchib ko‘paygandan so‘ng esa daraxtning tanasi bo‘ylab tarqaladi va po‘stloqning shikastlangan yoki nozikroq joyini tanlab, so‘ra boshlaydi. Bu zararkunanda suv va ko‘chat orqali ham tarqaladi.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling