Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Akatsiya biti- (Aphis craccivora Koch)


Download 29.39 Kb.
bet2/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
insects

Akatsiya biti- (Aphis craccivora Koch). Akatsiya biti oziqlanishiga ko’ra polifag bo‘lib, g‘o‘zadan tashqari, beda, oq akatsiya, yeryong‘oq, esparset, vika, burchoq, no‘xat, shuningdek, poliz ekinlariga (jami 52 tur) zarar yetkazadi. Bu hasharot g‘o‘zani may-iyun oylarida eng ko‘p zararlaydi. Akatsiya biti beda yoki akatsiyada tuxum fazasida qishlaydi. Akatsiya biti g‘o‘zada 30 kun yashaydi, ana shu vaqtda juda tez ko‘payib, unga jiddiy zarar yetkazadi.
Amerika qandalasi- Katta g‘alla biti. Arpa, bug‘doy, makkajo‘xori, oq jo‘xori va tariq kabi o’simliklarga zarar yetkazadi. Qanotlari, boshi va ko‘kragi qizg‘ish-qo‘ng‘ir, xartumi naychasining uzunligi boshining to‘rtdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.
Anjir parvonasi- Simaetis nemorana Hb. Anjir parvonasi keng tarqalgan kemiruvchi zararkunanda bo‘lib, anjir daraxtining bargi va mevasiga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada anjir kam meva hosil qiladi va hosilining sifati pasayadi. Mevaning 50% igacha zararlanishi mumkin.
Anor biti- Aphis punicae Theob. Anor biti ko‘p miqdorda rivojlanib, anor o’simligini zararlaydi. Bitlar barg va shoxlardagi shirani so‘rishi natijasida anorning o‘sishi sekinlashadi, hosili kamayadi. Anor biti erta bahorda rivojlanib, kech kuzgacha zarar yetkazadi.
Anor qurti- Euzophera pinicaeella Moore. Anor qurti anor mevasini zararlaydi. Ayrim hududlarda anorning qurtdan zararlanishi 92% ga yetadi. Ayniqsa keksa daraxtlar ko‘p zararlanadi. Kapalagining old qanotlari kambar, orqaqanotlari serbar, lab paypaslagichlari yuqoriga qayrilgan. Kapalaklar kulrangda bo‘ladi. Tuxumi oqimtir sariq, yuzasi g‘adir-budur, kattaligi 0,75–1,0 mm. Anor qurti to‘kilgan anorda va uning po‘stida anor po‘stining po‘stloq yoriqlarida va shoxlarida qurtlik davrida qishlaydi. 13°C sovuqda qurtlar nobud bo‘ladi. Qurtlar aprel oyining oxiri – mayning boshlarida, ipakday oq pillalarda g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklar 10–12 kunda yetiladi. Kapalaklar tunda hayot kechiradi, kunduz kunlari esa daraxt tanasiga, boshqa daraxt va butalarga yashirinib oladi. Urg‘ochisi mevaga bittadan tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi kapalak butun hayoti davomida 100 tagacha tuxum qo‘yadi.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling