Barg o‘rovchi bit(Dysaphis persicae) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)
Bu bit bog‘larda uchraydigan boshqa bitlarga qaraganda nok uchun ancha xavfli zararkunanda hisoblanadi. U barglarning chetini himarib, naysimon qilib o‘raydi. Ancha zararlanganligi sababli o‘ralib qolgan barglar to‘kilib ketadi. Qanotsiz nok bitining kattaligi 3 mm gacha, to‘q qo‘ng‘ir tusda, biroq binafshadek tovlanib turadi, lichinkasi qizg‘ish-sariq. Qanotsiz nok biti yirik tuxumsimon shaklda. Boshqa jihatlariga ko‘ra, u boshqa barcha meva bitlariga o‘xshaydi. Nok bitigaham nok shira burgasiva olma bitiga (shirasi) qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Barg usti havol yasovchi meva kuyasi (Lithocolletis corylifoliella Hw.) (Yithocolletidae – pestranka kuyalar oilasi, Lepidoptera – tangaqanotlilar turkumi)
Barg usti havol yasovchi meva kuyasi chang qanotli kuyalar oilasiga, kapalaklar turkumiga kiradi. Olma, nok, behi, gilos, olcha, do‘lana, olxo‘ri va boshqa meva daraxtlari bargiga zarar yetkazadi. Zararkunanda qurtlari yerga to‘kilgan barglarda havol (mina) ichida qishlaydi va erta bahorda g‘umbakka aylanadi. Olma gullashi oldidan kapalaklar yoppasiga uchib chiqadi. Kapalaklari 12 kun yashaydi va shu kunlarda burglar yuzasiga 14 tadan 63 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumdan 7–10 kun ichida chiqqan lichinkalar (qurtlar) bargning ustki qismi eti orasiga kirib ketadi.
Beda barg filchasi yoki fitonomus (Phytonomus variabilis Hbst.) (Curculionidae – filcha uzunburunlilar oilasi, Coleoptera – qattiqqanotlilar turkumi)
Fitonomus O‘rta Osiyoda bedaning jiddiy zararkunandalaridan biri bo‘lib, har yili eng qimmatli birinchi o‘rim bedani juda qattiq zararlaydi. Bedaning har bir poyasida o‘rta hisobda faqat bitta lichinka bo‘lganida gektardagi o‘t hosili 17,2 sentner (quruq beda hisobida 4,56 s) kamayadi. Shimoliyroq tumanlarda yoki bahordagi sovuq kunlar uzoq davom etsa, bedaning ikkinchi o‘rimi ham birmuncha zararlanadi. Fitonomus juda qattiq zararlagan beda gullamaydi, demak, fitonomus urug‘lik bedaga ham zarar yetkazadi. Qo‘ng‘izning uzunligi (xartumchasidan tashqari) 5–7 mm keladi, kallasi uzun naycha shaklida oldiga cho‘zilib turadi. Yosh qo‘ng‘izlar sarg‘ish-kulrang tusda, tanasidagi tuk va tanachalar yoyilgan, qari qo‘ng‘izlar esa qoramtir-kulrang tusda bo‘ladi. Orqasining old qismi o‘rtasi bo‘ylab och rangli kambar chiziqcha bilan ikkiga bo‘lingan, to‘q jigarrang yoki deyarli qora rangli bo‘ladi, serbar qo‘shaloq chiziq o‘tadi. Qanot ustligining o‘rtasida, ularning tubiga yaqin qismida to‘q jigarrang yoki deyarli qora rangli serbar dog‘ bor, uchi orqa tomonga yo‘nalgan; bu dog‘ noto‘g‘ri pona shaklida bo‘lib, qanot ustligidagi chokning taxminan uchdan ikki qismini qoplab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |