Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Bruchus dentipes Bandi- (Bruchidae – donxo‘rlar oilasi, Coleoptera – qattiqqanotlilar turkumi) Yovvoyi no‘xat qo‘ng‘izi


Download 29.39 Kb.
bet9/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
insects

Bruchus dentipes Bandi- (Bruchidae – donxo‘rlar oilasi, Coleoptera – qattiqqanotlilar turkumi) Yovvoyi no‘xat qo‘ng‘izi. Bu qo‘ng‘iz yovvoyi no‘xat donini kemiradi hamda urug‘ini zararlaydi. O‘rta Osiyoda yovvoyi no‘xat o‘simliklariga anchagina zarar yetkazadi. Masalan, Langarda bu qo‘ng‘iz yovvoyi no‘xat donining 10–15% igacha qismini zararlagan. Yovvoyi no‘xat qo‘ng‘izi O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Kavkazortida va Shimoliy Amerikada uchraydi. Bu qo‘ng‘izning bo‘yi 4–4,5 mm keladi, shakli no‘xat qo‘ng‘izinikiga o‘xshaydi. Qanot ustligida kulrang va zang rangidagi dog‘lar bor, orqasi, old qismining chetlari, bo‘ynidagi ikkita nuqtadan boshqa joylari zangrangli g‘ubor bilan qoplangan. Lichinkasi va g‘umbagi no‘xat qo‘ng‘izinikiga juda o‘xshaydi, lekin ular no‘xat qo‘ng‘izi tushgan joylarda uchramaydi

Bruchus pisorum - No’xatxo’r faqat no‘xatga tushib, 60– 70% gacha hosilini nobud qiladi, ya’ni bu zararkunanda monofag bo‘lib, faqat no‘xatni zararlaydi. Shuning uchun bir maydonga muttasil bir necha yil no‘xat ekilsa, uning zarari juda katta bo‘ladi. Lekin 2–3 yil boshqa ekin ekilgan taqdirda bu zararkunanda butunlay nobud bo‘lib ketadi.

Bruchus pisorum L. No‘xat qo‘ng‘izi (Bruchus pisorum L.) (Bruchidae – donho‘rlar oilasi, Coleoptera – qattiqqanotlilar turkumi) Bu qo‘ng‘iz no‘xat doni – urug‘i ichidagi moddani kemirib yeyish bilan zarar yetkazadi. Masalan, Qamashida no‘xat ekini urug‘ining 5% dan ziyodroq qismi nobud bo‘lganligi aniqlangan.Qo‘ng‘izning bo‘yi 4–5 mm, kallasi orqasining old qismi tagiga tomon bukilib turadi; tanasi deyarli to‘rtburchak shaklda. Qanot ustligining uchi yumaloq bo‘lib, qornining oxirigacha borib yetmaydi, rangi qora-qo‘ng‘ir, dog‘lar bilan qoplangan. Mo‘ylovlarining tagi, oldingi hamda o‘rta oyoqlarining panjasi va boldiri sariq. Ko‘kragining old qismi yonlarida bittadan tishcha bor, bu tishchalar ba’zan tuklar orasidan yaqqol ko‘rinib turmaydi.

Bug‘doy tripsi (Haplothrips tritici Kurd) Phloeothripidae – Fleotripidlar oilasi Thysanoptera – tripslar turkumi
Bu zararkunanda bug‘doyga katta zarar yetkazadi. Natijada bug‘doy boshoqlari qurib qoladi. Ayrim hollarda ularning uchki qismi quriydi, bargi yaxshi yozilmaydi. Barg qini yaxshi rivojlanmaydi. Tripsning bo‘yi 1,5–2,2 mm keladi. Tanasi ingichka, qornining oxirgi segmenti naysimon cho‘zilib, orqa uchi biroz toraygan. Old ko‘kragining o‘rta qismi boshqa tripslarnikiga o‘xshab biroz toraygan, qanotining chetlarida uzun qilchalar bor. Mo‘ylovi 8 bo‘g‘imli, uning tanasi qora, 3 ta bo‘g‘imi oqish, uchi sal qo‘ng‘ir bo‘ladi. Tripsning lichinkasi ingichka, bo‘yi 2 mm gacha, mo‘ylovi 7 bo‘g‘imli, qornining oxirgi bo‘g‘imidagi qilchasi kaltaroq, lichinkasi och qizil tusda bo‘ladi.


Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling