Mavzu: qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida
Download 209.85 Kb.
|
OOvOMB 9 Maruza 2023 qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish texnologiyasi
MAVZU: QANDLI MODDALAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASIDA BIOTEXNOLOGIK USULLAR Reja: Qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish texnologiyasi Sharbatni quyuqlashtirish va shakarni kristallash Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi Glyukoza-fruktoza siropini olish Qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish texnologiyasi Qand-shakar ishlab chikarish uchun asosiy xomashyo qand lavlagisi va shakarqamish xisoblanadi. Lavlagidan qand ishlab chikarish zavodi yirik, texnik uskunalar bilan jixozlangan bo‘lib, asosan uzluksiz sxema bo‘yicha ishlaydi. O‘rtacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan zavod bir kunda 3000 tonna, yirik zavodlar esa 6000 tonna lavlagidan qand ishlab chikaradi. Bunday korxonalar faslga qarab iishlaydi: 5- 20 sen- tyabrdan boshlab dekabrgacha. Lavlagidan qand ishlab chiqarish shartli 3 ta bo‘limga bo‘linadi: Lavlagini kayta ishlovchi. Bu bo‘limda lavlagiga dastlab ishlov beriladi va diffuzion usulda bo‘laklangan lavlagidan sharbat ajratib olinadi. Sharbat tozalash bo‘limi. Bunda diffuzion sharbat qandsiz moddalardan tozalanadi va quyuqlashtiriladi. Tayyor mahsulot olish bo‘limi. Bu bo‘limda sharbatdagi saxaroza krisallizatsiyalanadi va tayyor mahsulot olinadi. Bu asosiy bo‘limlardan tashqari ikkilamchi bo‘limlar ham bo‘ladi. Bu bo‘limlarga xom quritish, oxak eritmasi presslab shakl berish bo‘limlari kiradi. Quvvati 3000 tonnagacha bo‘lgan lavlagiga kayta ishlov berishchi korxonalarda texnologik jixozlar bir korpusda o‘rnatiladi, quvvati 6000 tonna bo‘lgan korxonalarda texnologik jixozlar 2 korpusda o‘rnatiladi. Korxonaga lavlagi 2 gidrotransporterda yuboriladi va 2 ta kombinirlangan yuvish jixozlarida yuviladi. Lavlagi bo‘laklaridan qandni ajratish 2ta diffuzion apparatda olib boriiladi.Xosil qilingan sharbat esa 5 korpusli bug‘latuvchi apparatda quyultiriladi. Shakarni quritish 2 ta qand qurituvchi qurilmada olib boriladi. Tarkibida quruq moddalari 18-22 % ni tashkil etgan siqib olingan jomning bir qismi quritiladi. Qolgan qismi tarkibida quruq moddalari 12-14 % bo‘lguncha siqib sharbatdan ajratib olinadi va jom saklash xonasiga yuboriladi. Download 209.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling