Mavzu: qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida


Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi


Download 209.85 Kb.
bet6/7
Sana08.11.2023
Hajmi209.85 Kb.
#1755220
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OOvOMB 9 Maruza 2023 qandli moddalar ishlab chiqarish texnologiy

Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi. Glyukoza-oddiy tabiiy qanddir. Tabiatda keng tarqalgan. Erkin glyukoza mevalarda,asal tarkibida uchraydi. Ayniqsa tabiatda glyukoza kraxmal, kletchatka kabi murakkab yuqorimolekulyar birikmalar ko‘rinishida ko‘p uchraydi. Ovqat bilan odam organizmiga tushadigan uglevodlar glyukozaga aylanadi. Glyukoza tirik organizmning uglevod almashinuvida muxim ahamiyatga ega va uning butun hujayralari uchun oziqlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Glyukoza kraxmaldan va kraxmalga boy bo‘lgan xom ashyodan olinadi. Tayyorlanashiga qarab glyukoza-ning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: kristallsimon tibbiy gidratli va angidratli, oziqaviy, texnikaviy va glyukoza-fruktoza qiyomlari.

Kristalsimon gidratli glyukoza (S6N12O6.N2O) asosan tibbiy maq-sadlarda qo‘llaniladi. Tibbiy angidridli glyukoza (S6N12O6) tabletkalar tayyorlash uchun, tibbiy gidratli shakldagisi esa tomir ichiga quyish uchun qo‘llaniladi. Oziqaviy glyukoza kristallsimon glyukozadan shu bilan farq qiladiki, uni ishlab chiqarishda kristallarni kristallararo eritmadan aj-ratish bosqichi qo‘llanilmaydi. Bunday glyukoza sanoatda yumshoq konfet, muz-qaymoq, sharq shirinliklari, ichimliklar, non- bulka mahsulotlari ishlab chiqarishda saxarozani o‘rnini almashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Tex-nikaviy glyukoza past sifatli xom ashyodan olinadi. U texnik maqsadlar uchun qo‘llaniladi.
Sanoat asosida glyukoza asosan kraxmal va kraxmal tutuvchi moddalardan olinadi. Glyukoza ishlab chiqarish xomashyoni qayta ishlash texnologiyasiga qarab quyidagi mahsulotlarni olishga bo‘linadi: kristall gidrat glyukozalar, tibbiy gidrat va angidrid glyukozalar,iste’mol chaqmoq, briketlangan, granula shaklidagi va kukunsimon glyukozalar,texnik glyukoza va glyukoza-fruktozali sirop. Glyukoza va glyukoza tutuvchi mahsulotlarni olish sxemasi ( sxema)ga binonglyukoza ishlab chiqarish ikkita bosqichda olib boriladi: yuqori sifatli glyukozali sirop olish va ulardan glyukoza va glyukoza tutuvchi mahsulotlar olish.
Birinchi bosqich quyidagi texnologik operatsiyalardan tashkil topgan: kraxmal suspenziyasini tayyorlash, gidroliz (kislotali yoki fermentativ)qilish, kislotani netrallash yoki fermentlarni aktivligini yo‘qotish, tozalash (diatom, aktivlangan ko‘mir yoki ionnalmashinuvchi yordamida), glyukoza siropini bug‘lantirish, sovutish.
Glyukoza siropiga ishlov berishning ikkinchi bosqichida quyidagi operatsiyalar bajariladi. Agrar kristallash kristallar aro suyuqlikni ajratish bilan amalga oshirilsa u holda keyingi amal syentrifugalash, quritish va elakdan o‘tkazish bo‘ladi. Agar kristallar aro suyuqlik ajratilmasa purkab quritish uskunasida quritiladi yoki utfellar shakllantiriladi, so‘ngra maydalanadi, elanadi va briketlanadi. hamda


    1. Download 209.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling