Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi


Download 14.22 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi14.22 Kb.
#1765869
Bog'liq
Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi-fayllar.org


Abduraxmonova mehrinisoning umumiy parazitologiya mustaqil ishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETIBIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
4-BOSQICH 15-19 GURUH TALABASI
ABDURAXMONOVA MEHRINISONING
UMUMIY PARAZITOLOGIYA

MUSTAQIL ISHI





FANIDAN TAYYORLAGAN
M
avzu: Yassi chuvalchanglarning parazitar kasalliklarni tashishdagi ahamiyati
Topshirdi: Abduraxmonova M.
Qabul qildi: Mamarajobova M.
TERMIZ – 2022
Reja:
1. Parazitizm haqida

2. Yassi chuvalchanglar


3. Vujutga keluvchi kasalliklar
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo‘lib, hayvon yoki o‘simliklaming turli vakillari orasidagi o‘zaro munosabatning o‘ziga xos ko'rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqlanishidan iborat. Xo‘jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti xo‘jayin organizmining hayoti bilan chambarchas bogiiq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan boiib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar va o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolaming tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal rivojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrospQridiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to‘garak chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo‘jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o‘simliklar va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o‘simliklar hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ulami nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og‘ir kasalliklami keltirib chiqaradi.
Parazitlar haqidagi maiumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida haqida qo‘lyozmalar saqlangan. Eramizdan awalgi 460-375-yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi boiib fanga “askaridoz” degan tushunchani kiritgan. U odamlarda uchraydigan askarida, ostritsa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlami invazion kasalliklaming qo‘zg‘atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan.
YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi. Yassi chuvalchanglar tipiga 15 mingga yaqin tur kiradi.
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o‘rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlaming har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko‘plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiyasida bu hayvonlaming yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko‘p o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ulaming ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi.
Yassi chuvalchanglar tipi o‘z navbatida 9 ta sinfga boiinadi, asosiylari quyidagilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi. 3. So‘rg‘ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi.
Bu yassi chuvalchanglardan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ulaming barchasi yirtqichlar boiib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Абуладзе К.И., Демидов H.B., Непоклонов А.А., Никольский C.H., Павлова H.B., Степанов А.В. “Паразитология и инвазионные болезни сельскохозяйственных животных”. Учебник для студентов ВУЗов по специальности “Ветеринария”. М., 1990.


2. Акбаев М.Ш. и др. “Паразитология и инвазионные болезни животных”. М. КОЛОС, 2000.
3. Биология. Большой энциклопедический словарь. Научное издательство “Большая Российская энциклопедия”. М., 1998.
4. Генис Д.Е. Медицинская паразитология. М., “Медицина”, 1991.
5. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Паразитические простейшие и плоские черви. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т. 1. М., 1978.
6. Гинецинская Т.А., Добровольский А.А. Частная паразитология. Круглые черви, моллюски и членистоногие. Учебное пособие для студентов биолог, спец. ВУЗов, т.2. М., 1978.
7. Dadayev S.D., Parazitologiya. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun ma’ruzalar matni. Т., 2002.
8. Dadayev S.D. Kanalar va ularga qarshi kurash choralari. 0 ‘quv metodik qoilanma. Т., 2004.
9. Dubovskiy G.K., Ummatov A.Sh. Zoologiyadan o‘quv qoMlanma, 2-qism. Umurtqasiz hayvonlar (hasharotlar). Т., 1996.
10. Кеннеди K.P. Экологическая паразитология, перевод с англ. М., 1978.
11. Крашкевич К.В., Тарасов В.В. Медицинская паразитология. М., 1969.
12. Мавлянов О.М. Клещи и насекомые - паразиты и переносчики возбудителей заболеваний. Учебное пособие для студентов биологического факультета университетов. Т., 1990.
13. Mavlonov О., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o‘quv yurtlari biologiya mutaxassisligi talabalari uchun darslik. Т., 2002.
14. Мустафин А.Г. и другие. Биология. М., “Высшая школа”, 2001.
15. Озерецковская Н.Н., Зальнова Н.С., Тумольская Н.И. Клиника и лечение гельминтозов. Л., 1985.
16. Поляков В.А., Узаков У.Я., Веселкин Г.А. Ветеринарная энтомология и арахнология. М., 1990.
17. Holiqov Р.Х., Sharofiddinxo‘jayev N.Sh., Olimxo'jayeva P.R., Rahimov J.R., Toshxo'jayev P.I. Biologiya. Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik. Т., 1996.
18. Шарова И.Х. “Зоология беспозвоночных”. Учебник для студентов высш.учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002.
19. Шевцов А.А., Смирнов В.И., Павлова Н.В. Паразитология. М., 1985..
20. Ergashev Е.Н., Shopo‘latov J.Sh. Parazitologiya. Qishloq xo'jalik texnikumlari uchun darslik. T„ 1981.
http://fayllar.org
Download 14.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling