Abduroziq rafiyev, nazira g‘ulomova ona tili va adabiyot


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana11.06.2020
Hajmi0.78 Mb.
#117618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
ona tili va adabiyot


yoqdor so‘zlar sanaladi.
50- mashq.
Gaplarni o‘qing, hissiy-ta’siriy jihatdan betaraf
va  bo‘yoqdor so‘zlarni topib, farqini ayting
.
1. So‘yla, gulim. Yashirmagil nedirsa  darding, Yara -
lanmish yurak, nechun qizarding? (Fitrat) 2. Uch qadam-
cha narida Umar aka jiyronni jilovidan tutib turardi.
(O‘.H.) 3. Bashirjonning xumkallasi, ko‘ksiga  solingan
kichik, ensiz bag‘baqasi ikki buklanib, osilib turardi.
(N. A.) 4.  E, akillayberasan-da, Safar! – dedi bo‘qoq. –
Biz nima deyapmiz-u, sen nima deyapsan! (A. Qod.)
5.  Rasadxona   zimiston bo‘lsa ham, Ali Qushchining
o‘tkir ko‘zlari darrov ko‘rdi: poygakda bir kimsa  gavda -
si bilan eshikni to‘sib, qaqqayib turardi. (O. Y.)
6. Qo‘shiqning oxiri olqishlarga ko‘milib ketdi. (N. A.)
7. Ustaning chehrasidagi mahzunlik, ovozidagi dard Qa-
landarning yuragiga  nashtardek  sanchildi.  (O. Y.) 
61- topshiriq.
Matnni o‘qing. Hissiy-ta’siriy jihatdan
bo‘yoqdor so‘zlarni topib, ijobiy va salbiy ma’no jilolarini
izohlang.
... Bolam... Muzaffarim yigit bo‘pqopti.  Mo‘ylovi
sab   za  uribdi. Ovozi do‘rillab qolibdi... Vijdonsiz cho‘loq!

82
Aqalli shu kuni yasantirib qo‘ysa o‘ladimi! Anavi shallaqi
Robiya jillaqursa tug‘ilgan kunida bolaga yirtiq shim kiy-
gizishga uyalmaydimi? Zolimmi, ablahmi, otasi Nasibaga
har yili tug‘ilgan kuni bosh-oyoq sarpo qiladi-ku! O‘g‘lim
bo‘lsa pochasi ilma-teshik shim kiyib yuribdi. Tug‘ilgan
kunni qayoqdan biladi qishloqi Robiya! Bolaning
ko‘nglini olish xayoliga keladimi to‘pori cho‘loqning!
Yaxshiyam cho‘ntagiga pul solib qo‘yganim. Bilib
qo‘yinglar! Bola ning ko‘nglini senlar ololmasang, xur-
sand qiladigan onasi bor!
Qayerga kelib qoldim? Ajab, o‘zimizning ko‘cha-ku!..
Qiziq, inson umri shunaqa tez o‘tarkanmi? Kechagina
emasmidi, shu ko‘chada qo‘shni qizaloqlar bilan sopolak
o‘ynaganimiz! (O‘tkir Hoshimov) 
62- topshiriq.
She’riy parchalarda so‘zlar vositasida
yaratilgan badiiy tasvir ifodalarini aniqlang va ularni sharhlang.
Tongotar chog‘ida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob...
(G‘afur G‘ulom)
Siz deysizkim men ko‘klarni o‘ylaymen,
Yer betiga sira nazar solmaymen.
Yanglishasiz: men ko‘klarga berkingan
Yer qizidan xayolimni olmaymen.
(Cho‘lpon) 

83
IFODA  ANIQLIGI – FIKR  RAVSHANLIGI
USHBU  BO‘LIM  SIZGA  FIKRINGIZNI  ANIQ
IFODALASHNING  QUYIDAGI  YO‘LLARINI
KO‘RSATADI:
œ
fikr ifodasida mantiqiy va grammatik talablarga amal
qilish usullari;
œ
matnni shakliy-mazmuniy tuzilishiga kora tasniflash;
œ
dialogik matn yaratishning lisoniy vositalari;
œ
tavsifiy matnda fikr rang-barangligini ta’minlash yol-
lari;
œ
kiritma gaplarning vazifasi;
œ
ot kesim va fe’l kesim;
œ
uyushgan va ajratilgan bo‘lakli gaplar;
œ
qo‘shma gap turlari, ularda tinish belgilarining qo‘lla-
nishi;
œ
nutq uslubi jihatidan matnlarni farqlash;
œ
matnni kengaytirish va qisqartirish yollari.
51-mashq.
Gaplarni o‘qing. Gap qismlarini bog‘lab turgan
grammatik vositalarni aniqlang.
1. Do‘stlar to‘planishdi va biz uzoq suhbatlashdik.
2. Odamga andisha kerak, lekin undan ilgariroq insof
kerak. (A. Q.) 3. Zangori osmon shunday tiniq, shunday
beg‘uborki, ko‘zni oladi. (O.) 4. Bir vaqtlar siz ham,
Temir Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, 
deb dadil gapirar edingiz. (P. Q.) 5. Yo uning tovushi chiq-
maydi, yo odam yo‘q. (As. M.) 6. Oltin-kumushning es-
kisi bo‘lmas, ota-onaning bahosi bo‘lmas. (Maqol.) 
7. Biz shunday bino quraylikki, butun shaharda eng 
baland va  ko‘rkam bo‘lsin.
GAP VA SINTAKTIK ALOQA
VOSITALARI
Gap obyektiv borliqni kishining unga mu-
nosabati orqali ifodalaydigan leksik-grammatik

84
va ohang butunligidan iborat nutq shaklidir.
Gap fikrni ifodalovchi birlik sifatida matnning
eng kichik ko‘rinishi hisoblanadi.
So‘z va so‘z birikmalari muayyan gramma-
tik shakllar, ohang va tartib bilan mantiqiy ji-
hatdan bog‘langan tarzda gapni shakllantiradi.
Gapda so‘zlar quyidagi vositalar orqali o‘za-
ro bog‘lanib, sintaktik aloqaga kirishadi:
1. Egalik, kelishik va shaxs-son qo‘shim-
chalari.
2.  Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama va
bog‘lamalar.
3. Ohang.
4. Tartib.
Qo‘shma gaplarning qismlari esa bog‘lov-
chilar, bog‘lamalar, sifatdosh va ravishdosh
qo‘shimchalari, ohang yordamida o‘zaro bog‘-
lanadi.
Gapda maqsadga mos tarzda so‘zni qo‘llash,
ifoda bayoniga muvofiq ketma-ketlikda so‘zlar -
ni joylashtirish fikrning mantiqiy izchilligini
ta’minlaydi. So‘z tartibi yoki ohangning o‘zga -
rishi gapning mazmuni va qurilishini o‘zgarti-
radi. Qiyoslang: Xona bo‘sh – Bo‘sh xona.
Ko‘p // bolali ayol – Ko‘p bolali //ayol.
63- topshiriq.
Gazeta yoki jurnaldan xat boshi bilan ajratil-
gan biror matnni ko‘chiring. Gaplardagi so‘zlarning qanday vosi-
talar bilan bog‘langanligini aniqlang
.
52- mashq.
Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimcha yoki yor-
damchi so‘zlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chi ring. Tan lagan gram-
matik vositalaringizning vazifasini izohlab bering
.
1. Xalq... qalbiga uzoqdan qo‘l solib bo‘lmaydi, qo‘l
solish ... uning oldi... borish kerak. (A. Q.) 2. Odobli ...
go‘zal  xulqli  odamlar  ko‘payaver..,  xalqning do‘stlig...  
bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan ... rivoj topadi.

(A. Navoiy) 3.  Tarbiya   bizlar ...   yo  hayot, yo  mamot, 
yo  najot  ... halokat,  ... saodat, yo   falokat  masalasi... .  
(A. Avloniy) 4.  Shu sabab yaxshilik qilmoq niyati...
dilim...  jo qilib, ilm ahli...  qayta  yukunib keldi..., ustod!
(O. Y.) 5.   Nazarimda, u...   bo‘g‘ziga   yig‘i  tiqilib  qol..., 
... ovozi bo‘g‘iq va   g‘amgin edi. (P. Q.) 6.  Siddiqjon
etagini qoqib o‘rni... turdi- ... , jadallaganicha  ko‘cha
eshi  gi...  qarab  ketdi.  (A. Q.) 7. Men bir kuy to‘qigan... ,
bilmadim, mehmonlar...  ma’qul bo‘ladi..., yo‘qmi? (O.)
53- mashq.
O‘qing. Gapda so‘z tartibi o‘zgargan holatlarni
aniqlang va uning sababini izohlang. So‘z tartibi va ohang yor-
damida bog‘langan so‘zlar mazmunidagi mantiqiy aloqadorlikni
tushuntiring
.
1.  Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni?
     Sababini aytgin desalar menga,
     Shoirona, go‘zal so‘zlardan oldin
     Men ta’zim qilaman ona xalqimga.
(A. Oripov)
2. Non shunday qizarib pishganki, ko‘rgandayoq
tamshanadi kishi. (O. Y.) 3. –  Ey, tegma, it yomon, – dedi
bobom  meni  chaqirib.  (O.) 4.  Bu qarorni  amalga oshi -
rishdagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda  ham a’lo
o‘qish edi. (O‘.U.) 5. Talant qanchalik katta, qanchalik
qudratli bo‘lmasin, har  nechuk yuzada bo‘lmaydi, konga
o‘xshash yerning qa’rida bo‘ladi. (A. Q.) 6. Taqdirin qo‘l
bilan  yaratur  inson, G‘oyibdan  kelajak  baxt – bir af-
sona. (G‘. G‘.) 7. Eng gullagan yoshlik chog‘imda, Sen
ochilding ko‘ngil bog‘imda. (H. O.)
64- topshiriq.
Matnni o‘qing, undagi savol-javob shak -
lidagi gaplarni ajratib ko‘rsating. Bu savol-javoblarda bildirilgan
fikr mazmunini izohlang.
Madumar aka yangi damlangan choynakdan choy
quyib, o‘rtog‘iga uzatdi, odam kam bo‘lgani uchun o‘zi
ham yoniga o‘tirdi.
85

– Hech gap eshitmadingmi? – so‘radi jiddiy ohangda
Sarsonboy ota.
– Eshitsam, senga shu zahotiyoq odam yuborardim,
eshitmadim...
Oraga jimlik cho‘kdi. Madumar aka o‘zini noqulay
sezib, ichgisi kelmasa ham xo‘rillatib bir-ikki choy
ho‘pladi.
– Zebi qalay? Yuribdimi?
– Tuzuk, – dedi Sarsonboy ota derazaga bir qarab
qo‘yib. – Bugun zo‘rg‘a yubordi. Bu yoqqa kelishimni
bilib, yarim kechada otni dalaga haydabdi.
– So‘kmadingmi? – xavotirlanib so‘radi Madumar
aka.
– Yo‘q, u sho‘rlikka ham qiyin. Endi so‘kmayman.
– So‘kma. Bechoraning sendan boshqa kimi bor?
– So‘kmayman... Lekin... – Sarsonboy ota birdan
qiqir-qiqir kulib yubordi.
– Ha? – hayron bo‘ldi Madumar aka.
– So‘kmayman-u, lekin otni haydab nima qiladi?  Pi -
yoda bo‘lsa ham kelishimni biladi-ku? Buning ustiga
to‘riq yo‘talimni eshitsa, oldimga yugurib keladi. Shuni
biladi, nima qiladi haydab?
– Ha, endi achinadi-da, – dedi Madumar aka ham kul-
ishga harakat qilib.
– Men achinmaymanmi? Men ham achinaman unga.
Yolg‘izlik yomon. Buni o‘zing ham bilasan. Lekin na-
chora? Qiyomat qarz bu. Qarz bilan go‘rga kirmoqchi-
masman. Tushunishi kerak-da. Innakeyin...
(O‘lmas Umarbekov)
KIRITMA  GAPLAR
Kiritma gaplar so‘zlovchining o‘zi bayon qi-
layotgan fikriga turlicha munosabatini ifodalash
uchun qo‘llanadi.  Ular so‘z, so‘z bi rik masi yoki
gap shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, gapdagi
86

87
biror bo‘lak bilan sintaktik aloqaga kirmaydi,
faqat gapning umumiy mazmuniga aloqador
bo‘ladi.
Kiritma gaplar so‘zlovchining o‘z fikrini
izohlash, qo‘shimcha ma’lumot berish ehtiyoji
bilan qo‘llanadi. Ular yozuvda qavs ichida,
ba’zan boshqa kiritmalar kabi vergul yoki tire
bilan ajratilgan holda beriladi. Kiritma gaplar,
asosan, dramatik nutqda ishlatiladi.
Masalan: Sizga to‘g‘risini aytsammen bu
vazifaga loyiq emasman.
54- mashq. Kiritmalar ishtirok etgan gaplarni ajratib
ko‘chiring. Kiritma yoki bo‘lagiga qanday qo‘shimcha ma’no
qo‘shayotganini tushuntiring.
1.  Mehmon (familiyasi Yovqochev ekan, so‘rab bi-
lib   oldi)  ertalab   turib  ovga  otlandi.   (S.  An.) 2.  Dar-
voqe, Anvarga ko‘p  mehnatim  singgan.  (A. Qod.) 3. Fa-
rida bu rangni Narimon yaxshi ko‘radi deb tanlagan emas
edi, albatta. (P. Q.) 4. Ikkinchidan, ertaga viloyat yosh
yozuvchilarining anjumani ochiladi. (O. Y.) 5. Xayri yatki,
men «
M
uboraknoma»ni o‘qitib ko‘rgan ekanman.
(S. Ahm.) 6. Aytganday, sizga rasm yuborganimni Tosh-
kentdagilar bila ko‘rmasinlar. (G‘. G‘.) 7. Yigirmanchi 
avgustda, albatta, Leningradda bo‘lishim kerak. (G‘. G‘.)
8. Chamamda, yetti-sakkiz yil bo‘ldi, shekilli. (M. Ism.)
9. Ochib ko‘rish kerak, aftidan, klapanlarini kir bosganga
o‘xshaydi. (F. N.) 10. Demak, u Hafizdan juda qattiq xafa
bo‘lgan. (Mirm.)
65- topshiriq. Hamid Olimjonning «Muqanna» dramasidan
parchani o‘qing.  Undagi kiritma gaplarning vazifasini izohlang.
X a l q d a n   b i r o v (tayoq ko‘tarib o‘rtaga chiqib,
Battolga hamla qiladi):

88
Bekor debsan, o‘ldiramiz shu zamon,
Ko‘z oldimda bo‘g‘zidan oqsin qon.
M u q a n n a (uning tayog‘ini qo‘lidan olib sindi-
radi):
Yovga qarshi shu ham qurol bo‘ldimi,
Shu cho‘p bilan yengib bo‘larmi yovni?!
X a l q d a n   b i r o v (qo‘lida tosh, o‘rtaga chiqadi):
Shu tosh bilan parchalayman boshini,
Ko‘zlaridan oqizaman yoshini.
M u q a n n a  (toshni uning qo‘lidan olib otib yubo-
radi):
Kesak otib yovni yengganmi hech xalq,
Qilich taqqil, bo‘lmay desang qonga  g‘arq.
(F e r o‘ z n i  G‘irdakka ko‘rsatib):
Bu ablahdan hech bir zotga foyda yo‘q,
Buni eldan sarson qilib haydab chiq.
Mol-mulkini butun elga bo‘lib ber.
FE’L  KESIM  VA  OT  KESIM
Gapning kesimi fe’l kesim yoki ot kesim
shaklida ifodalanadi.
Fe’l kesim turli shakldagi fe’l so‘zlardan
tashkil topadi. Fe’l kesimning shakllari:
1. Sof fe’l kesim: Shu kollejda o‘qiyman.
2.  Ravishdosh bilan ifodalangan kesim:
Shamol esib, qog‘ozlarni uchirib yubordi.
3. Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Shu
hunarni ustozidan o‘rgangan.
Ot kesim fe’ldan boshqa so‘zlar (ot, sifat,
son, olmosh, ravish) yoki fe’lning harakat nomi
shakli bilan ifodalanadi:
1.  Ot bilan: Poyingda bu jahon misli bir
oshyon,
Inson bamisoli sochilgan tariq. (A.O.)

89
2.  Sifat bilan: Bola edik, tanlar – olov,
qalb – qaynoq, ko‘zlar – o‘tkir, dillar – sof,
erkin-erkin o‘ynardik(H. O.)
3. Son bilan: Birniki – mingga, mingniki –
tumanga (Maqol.)
4. Ravish bilan: Gap kam joyda uning sal-
mog‘i ko‘p.
5. Modal so‘z bilan: O‘zi haqida ko‘p gapi-
rishdan xunukroq ish yo‘q.
6. Harakat nomi bilan: Indamaslik, demak,
rozi bo‘lmoq.
55- mashq. Gaplarning kesimlarini topib, qaysi so‘z turkumi
bilan ifodalanganini va kesimning qaysi turiga mansubligini
ayting.
1. Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi –
shu.  (R. F.) 2. Mo‘tabar eshikni sekin yopib chiqib 
ketdi.  (R. F.) 3. Sanasangiz-sanamasangiz ham ham-
masi qirqta. (O.)  4. Tez hal qilish kerak, talabgorlar 
ko‘p. (O‘. U.) 5. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi
qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish edi. (O‘. U.)
6. Mingbuloq o‘zi yaxshi, suv serob, lekin u qarov-
siz. Ko‘chalari tor, qing‘ir-qiyshiq. (O‘. U.) 7. Uning
Vohid Mirobidov haqidagi gaplari ham qiziq. (O. Y.)
8. Tabiatda hech qanday sirli kuch ta’sirida ro‘y bera-
digan narsa yo‘q. (J. Abd.)
ESDA  TUTING!
Ega bilan kesim orasiga quyidagi hollarda
tire qo‘yiladi:
1. Ega ot, sifat, son, sifatdosh bilan; kesim
ham ot, sifat, son, olmosh, modal so‘z bilan ifo-
dalanganda: Yaxshi ro‘zg‘or –  jannat. Yo‘mon
ro‘zg‘or – do‘zax. (Maqol) Yaxshi – xunuk  libos
bilan ham yaxshi. (Maqol)

90
2. Gapning egasi ham, kesimi ham harakat
nomi bilan ifodalanganda: O‘qish – ulg‘ayish.
(Maqol)
3. Ega yoki kesim ko‘rsatish olmoshi bilan
ifodalanganda:  Bu – siz uchun katta sinov.
Maqsadim – shu kabi.
56- mashq.  Maqollarni ko‘chiring, bosh bo‘laklarni topib,
qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting, tirening qo‘yi -
lish sabablarini bayon qiling.
1. Elga el qo‘shilsa – davlat, eldan el ketsa – mehnat.
2. Tuyaga yuk azob beradi, odamga – vijdon. 3. Kishi-
larga muhabbat – eng yaxshi odat. 4. Yer – xazina, suv –
oltin. 5. O‘qish – boshqa, uqish – boshqa. 6. Oz
yemak – tani sog‘liq, oz demak – hikmatga bog‘liq. 7. Oz
yemak – soz yemak. 8. Achchiq til – zahri ilon. 9. Tom-
chi – yel bo‘lmas, dushman – el bo‘lmas. 10. Davlating –
ota-onang. 11. Qo‘l yugurigi – oshga, til yugurigi –
boshga. (Maqollar)
UYUSHIQ  BO‘LAKLI  GAPLAR
Uyushiq bo‘laklar gapda bir xil so‘roqqa
javob beradi, bir xil sintaktik vazifani bajaradi,
o‘zaro teng aloqaga kirishadi. Bunday bo‘laklar
teng bog‘lovchilar yoki tenglashish ohangi
bilan birikadi.
1.  Uyushiq kesim: Nutq qudratli kuch: u
ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
2. Uyushiq ega: Yurtimizning farovonligi,
tinchligi va iqboli bizga bog‘liq.
3. Uyushiq hol: Ustozingdan yoki do‘sting-
dan ko‘rmagan yaxshilikni kitobdan ko‘rishing
mumkin.
4. Uyushiq to‘ldiruvchi: Kulgi tanni ham,
qalbni ham davolaydi.

5.  Uyushiq aniqlovchi: Mijg‘ov va  past,
g‘iybat gaplardan jajji she’rim qo‘yurman ba-
land. (A. Or.)
Uyushiq bo‘lakli gapda uyushib kelgan
bo‘laklarning ma’nosini umumlashtiruvchi
so‘z  qo‘llash orqali ham ifodalash mumkin.
Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umum-
lashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan
keyin kelsa, ular tire bilan ajratiladi.
Masalan:  Hamma narsa: uylar, do‘konlar
qiyofasi o‘zgardi. Bu bog‘da sava,  bulbul,
mayna – barcha qushlar bor.
57- mashq.  Ko‘chiring, ularning o‘zaro qanday bog‘lan-
ganini, qaysi gap bo‘lagi uyushayotganini tushuntiring.
1. Saida goh afsuslanib, goh kuyib va goh kulib
gapirib berdi. (A. Q.) 2. Har birimiz o‘z  institutimizni, ta-
labalik vaqtlarimizni esladik. (O. Y.) 3. Ertadan  kech-
gacha zavoddan chiqmaydi, yangi paxtalarni yoydiradi,
quritadi. (M. Ism.) 4. Hayotjon G‘ulomjonning mardli-
giga, chidam, qanoat va sadoqatiga, azamatligiga qoyil
qoldi. (M. Ism.) 5. Darrani qoziqdan oldi, siltab ko‘rdi:
vazmin, mayin, lekin zahardek achchiq, nishtardek o‘t-
kir, qilichdek keskir! (M. Ism.) 6. Bog‘ning turli joylarida
har xil mevali daraxtlar: nok, o‘rik, jiyda va hokazo an-
chagina
(O.)
7. Farzandlarini ham, nevaralarini 
ham, qo‘shni o‘g‘il-qizlarni ham – barchasini sizlab gapi-
radi.
AJRATILGAN  BO‘LAKLI  GAPLAR
Ajratilgan bo‘laklar qaysi gap bo‘lagiga
oidligiga  qarab  uning  ma’nosini izohlab,
bo‘rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi.
Gapning ajratilgan bo‘lagi o‘zi izohlayotgan
91

bo‘lakdan doim keyin keladi va yozuvda vergul
yoki tire, ba’zan qavs bilan ajratiladi.
1.  Ajratilgan hol: Pastlikka – Labzak
tomonga tusha boshladik.
2. Ajratilgan to‘ldiruvchi: Bu iltimosingni
tog‘amga, Muxtor akamga ayta olmayman.
3. Ajratilgan aniqlovchi: Axir, uning, Vo-
hidning ham o‘ziga yarasha obro‘si, yigitlik
g‘ururi, izzat-nafsi bor-ku! (O. Y.)
4. Ajratilgan izohlovchi: Ustozim – Xoliq
aka Forishda tug‘ilgan.
58- mashq.  Ko‘chiring. Gapning qanday bo‘laklari ajratil-
ganligini aniqlang.
1. Tok ostida o‘tirgan ikki do‘st – Davron bilan
Sergey issiqqa dosh berib qizg‘in suhbatlashmoqda...
(Y. Shukurov) 2. Sen, tug‘ishgan ukam, oxiri meni yiqitib,
yuzimga oyoq qo‘yding-a! (P. Q.) 3. Ana, u kichkina, qora
munchoqday ko‘zlarini ochdi. (G‘.G‘.)  4. Ma shinadan
xo‘jalik raisi Matqovul aka – pakanagina, semiz odam
tarvuzday yumalab chiqdi (O. Yo.) 5. Boyagi yigitning,
Avazning, qo‘li gul ekan. (P. Q.) 6. U vaqtda endigina
o‘ttiz beshga to‘lgan barvasta yigit, Dadavoy, Lobarga bir
ko‘rishdayoq yoqdi. (H.G‘.)  7. Siz o‘zingiz-chi, Musa
Nazarovich, fakultetga borib ko‘pchilikdan so‘rab ko‘r -
dingizmi? (P. Q) 8. Uning Xolbek degan tengdoshi – o‘ng
ko‘zi bilan qulog‘ining orasida danakday qora xoli bor
bola – bir kun Avazning butun oshiqlarini qoqlab yutib
oldi. (P. Q.) 9. Bir vaqtlar siz ham, Temir Akbarovich,
xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, deb dadil gapirar edi -
ngiz. (P. Q.)
66- topshiriq. Matnni o‘qing. Gaplardagi uyushiq va ajratil-
gan bo‘laklarni aniqlab, vazifasini izohlang.
92

93
Ma’lumki, san’at, shu jumladan, so‘z san’ati – ada -
biyot ham kishilarning ongiga his orqali – yurak orqali
ta’sir qiladi. Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi
yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib,
xulosa chiqarmaydi; uning yaxshi yoki yomon ekanligini
ko‘rsatib  kishilarda  shu hodisaga nisbatan muhabbat
yoki nafrat hissi tug‘diradi. Biron  hodisaning yaxshi yoki
yomon  ekanligini bildirish bilan unga nisbatan nafrat
yoki  muhabbat  hissi tug‘dirish orasida juda katta farq
bor. Bilgan kishi bilib qo‘ya berishi mumkin, lekin his qil-
gan kishi his qilib qo‘ya bermaydi. Adabiyotning zo‘r
tashviqiy  kuchi ham mana shundan iborat.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, yozuvchi biron hodisaga
o‘quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo‘zg‘atishi uchun
avval o‘sha his o‘zida bo‘lishi kerak. (Abdulla Qahhor)
MATN  TURLARI
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot)
beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklar-
dan tashkil topgan nutqiy butunlik matn
hisoblanadi.
Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘li-
shidan qat’i nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
dialogik va monologikDialogik matn ikki va
undan ortiq suhbatdoshning turlicha maz-
mundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-
javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi maz-
munlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki
inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi.
Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-
javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan
savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan
xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari,
muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yukla-

94
malar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi.
Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplar-
dan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli
turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlati-
ladi.
Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy
uslubga xosdir.
Monologik matn so‘zlovchining o‘z-o‘ziga
yoki boshqalarga qaratilgan nutqi bo‘lib, o‘z
ruhiy kechinmalari, voqelikka munosabatini
o‘ziga xos ohang bilan ifodalashga xizmat qi-
ladi. Bunday matn tavsifiy matn tarkibiga kirsa-
da, badiiy uslub xususiyatlarini o‘zida namoyon
etishi, hissiy ifoda tarzi va, muhimi, ijtimoiy-
estetik maqsadi bilan ajralib turadi.
Monologik matnda tilning barcha tasviriy
vositalari, so‘z-gaplar, kiritma, undov va undal-
malar, sodda uyushiq bo‘lakli va ritorik so‘roq
gaplar faol ishlatiladi.So‘zlovchining fikr-mu-
lohaza va shaxsiy kechinmalari I shaxs nomidan
bayon qilinadi. Og‘zaki nutqda monologik matn
ohang, urg‘u, to‘xtam, ritm, tovush sur’ati kabi
fonetik hodisalarni kuchli ifodalovchi nutq
ko‘rinishi sanaladi.
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling