Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida
Download 451.93 Kb.
|
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosalar
2-bob bo`yicha xulosalar
1. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o`stirishda ertaklar alohida o`rin tutadi. Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar yoki o`zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo`lishni orzu qiladilar. 2. Ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. 3. Bolalar folklori janrlari orasida topishmoqlar bolalar xotirasini rivojlantirish, eslash, xotirlash orqali nutqini o‘stirish va ijodiy fikrlashga o'rgatadi. 4. Bolalarda zexn va idroklilik, kuzatuvchanlik va hozirjavoblikni o‘stirish, mantikiy fikrlashga o'rgatish bilan birga kasb – hunarga, mehnatga, tabiatni sevishga qiziqish uyg‘otadi, maktabgacha yoshdagi bolaning o‘zi ham topishmoq to'qishni mashq qilish orqali ijodiy fikrlaydi. Buning uchun tarbiyachi nutq o‘stirish badiiy adabiyot mashgulotlarida topishmoq aytishga ahamiyat berishi lozim. Umumiy xulosalar 1. Bolalar folklori namunalari o`zbekning o`z farzandi tarbiyasiga, binobarin, xalqining, yurtining kelajagiga o`ta mas`uliyat bilan yondoshganini va qanchalar e`tibor bilan qaraganini ko`rsatadi. Bu e`tibor o`z navbatida umuman xalqimiz ongida ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg`usining kuchli bo`lishiga olib kelgan. Qadriyatlarimizni e`zozlash, tariximizga hurmat bilan qarash allalar ohangi bilan jismimizga singib ketgan. 2. Ertaklar orqali o`tmishdagi yurtdoshlarimizning hayot tarzi bilan tanishganmiz. Tez aytish, topishmoq, sanamalar, qo`shiqlar bilan ovunganmiz. Oxir oqibatda bu asarlar bizning ruhan, tabiatan o`zbek bo`lib voyaga yetishimizga xizmat qilgan. Bu an`ana, ayniqsa, mustaqillik yillarida yana keng ommalashdi. Binobarin, asrlar oldin yaratilgan bolalar folklori namunalari bugungi kunda ham o`z vazifasini bajarmoqda. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda folklorning kichik shakllaridan foydalanish, bolaga uning barcha qobiliyatlarini namoyon etish, talaffuzini mustahkamlash va о‘rgangan materiallarini nutqida ishlatishga о‘rgatish imkoniyatini beradi. 4. Qisqa vaqt ichida bolalar yanada erkinlashadi, ular gapirishdan qо‘rqmaydi, vazifalarni intensiv ravishda bajaradi, nutq materialini yodlashga va uni tengdoshlari bilan muloqotga о‘tkazishga harakat qiladi. 5. Umuman olganda, xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari ma`naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi. Download 451.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling