Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida
Ertak va topishmoq janrining bolalar nutqining shakllanishida tutgan o`rnini aniqlash bo`yicha tajriba-sinov ishlari haqida
Download 451.93 Kb.
|
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEN VA MENING TANAM Mashg‘ulotning maqsadlari: ta’limiy
2.3. Ertak va topishmoq janrining bolalar nutqining shakllanishida tutgan o`rnini aniqlash bo`yicha tajriba-sinov ishlari haqida
Men Samarqand shahridagi 98-MTTda malakaviy amaliyot o'tashim vaqtida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga tajriba-sinov o'tkazdim, mashg'ulot o'tdim. Tarbiyachiga mashg'ulotlarni o'tishga ko'maklashdim. Guruhdagi bolalar ikki guruhga bo'lindi. Bitta guruh bolalariga ertak va topishmoqlarsiz, boshqasiga esa, ertak va topishmoqlar vositasida mashg'ulot jarayoni tashkil etildi. Shu davrda men guruh bilan ertaklar va topishmoqlar vositasida mashg'ulot ishlanmalari o'tdim, uyga vazifa sifatida ularga topishmoqlar yozib berdim. Ertaklarni so'zlab berdim hamda bolalardan ijodiy qayta hikoya qilishlarini so'radim. Mashg'ulot jarayonida ertaklarni sahnalashtirdik. Men shug'ullangan guruh tarbiyalanuvchilarining nutqi ravon bo'ldi, talaffuzlari tiniqlashdi, lug'at boyliklari oshdi, yangi so'zlarning ma'nosini bilib olishdi. Asosiysi, ularga biror boshlanma berilsa, ertakni davom ettira olishadi, rasmga qarab topishmoq tuzib javobini ayta olishadi. Bolalar chaqqonlik, topqirlik, zukkolik kabi sifatlarga ega bo'lishdi. Quyida tajriba-sinov ishidagi mashg'ulot ishlanmasi keltirilgan: MEN VA MENING TANAM Mashg‘ulotning maqsadlari: ta’limiy: Bolalarga organizmini tanishtirish orqali ularga o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lish, tana a’zolarining qanday vazifa bajarishini tushuntirish, ertak va topishmoqlar vositasida bolalar nutqini o'stirish. rivojlantiruvchi: bolalarni o‘z tana a’zolari haqida qayg‘urishga o‘rgatish; tarbiyaviy: tarbiyalanuvchilarga tana a’zolarini ehtiyot qilish va ularni toza saqlash, gigiyena qoidalari haqida ma’lumot berish. Kerakli jihozlar: yuz ifodalangan suratlar. Mashg`ulotning borishi: Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, bolajonlar, bugun biz tana a’zolari haqida gaplashamiz. Bilasizlarmi, har bir a’zo bir-biri bilan bog'liq. Endi yonimga bir qiz va bir o‘gil bola keling. Qani, bir-biringizga qarang va farqingizni ayting. 1- bola: - Men o‘g‘il bolaman, sochlarim kalta, qora rangda, qoshlarim qalin, bo‘yim baland. 2- bola: - Men qiz bolaman, sochlarim uzun, ko‘zlarim katta-katta. Tarbiyachi: - Endi stolda o‘tirgan bolalar ham turib bir-biridagi farqni aytib bersinlar. (Bolalar o‘zlaridagi farqni bir-birlariga aytadilar). Tarbiyachi: - Tabiatan bo‘yimiz har xil, soch va ko‘zlarimiz rangi turlicha bo‘lgani bilan hammamizning tana a’zolarimiz bir xil, shundaymi? Bola: - Shunday. Tarbiyachi: - Hozir men sizlarga tana a’zolarining nomini aytaman, sizlar esa men aytgan a’zolarni ko‘rsatasizlar. Qo‘l, oyoq, ko‘z, burun, quloq, lab, qosh, tish, kiprik, soch. (Bolalar tarbiyachi aytgan a’zolarni ko‘rsatadilar, kim tez harakat qilsa, o‘sha bola rag'batlantiriladi). Tarbiyachi: - Barakalla, bolajonlar, siz o‘z a’zolaringiz yaxshi bilarkansizlar. Endi mana bu suratga yaxshilab qaranglar-chi, rassom akangiz shoshilib nimani unutib qoldirdi ekan? (Suratda yuz chizilgan, unda lab, quloq burun, qosh qoldirib ketilgan. Bolalar qaysi a’zo qoldirib ketilganini aytib, unutilgan a’zolarni chizadilar). Tarbiyachi: - Endi sizlar bilan jismoniy daqiqa o‘tkazamiz. Tarbiyachi - Qani, bo‘ynimizni o‘rdakka o‘xshab cho‘zamiz, qo‘llar orqada. Og‘zimizni xuddi baliqdek ochamiz, yopamiz. Qo‘l-oyoqlarimizni quyonga o‘xshatib sakraymiz. Tarbiyachi: - Mana, mushaklarimizni chiniqtirib oldik. Endi joyimizga o‘tirib mashg‘ulotni davom ettiramiz. Men hozir sizlarga topishmoq aytaman, kim birinchi bo‘lib javob berarkan? Ikki onada beshtadan bola, u nima? 1- bola: - Ikki qo‘l va barmoqlar. Tarbiyachi: - Barakalla, qani, endi aytinglar-chi, qo‘llar bizga nima uchun kerak? 2- bola: - Qo‘llar yordamida ovqat yeymiz, o‘yinchoq o‘ynaymiz, rasm chizamiz. Tarbiyachi: - Ko‘z eng qimmatli boyligimizdir. U bilan atrofning go‘zalligini ko‘ramiz. Aytinglar-chi, ko‘zlarimizning eng sodiq do‘stlari nima? Bolalar: - Kipriklar, qoshlar. Tarbiyachi: - To‘g‘ri, qosh va kipriklar ko‘zimizga chang kirishidan himoya qiladi. Ammo ko‘zni kir qo‘llar bilan ushlab bo‘lmaydi.Tarbiyachi: - Bitta o‘ziga 32 qorovul, qani, nima haqida ketyapti, kim aytadi? 3- bola: - Opajon, og‘zimizdagi tilga 32 tish qorovul, to‘g‘ri topdimmi? Tarbiyachi: - Ziyrak ekansan, savolga bir zumda javob topding. Bilasizlarmi, tish bizga ovqatlarni chaynashimiz uchun, til esa taomlarning ta’mini bilishimiz uchun kerak bo‘ladi. Faqat ularni har kuni chayqab, tishlarimiz ozodaligiga e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Bola: - Bog‘cha opa, men tishlarimni har kuni ikki marta tozalayman. Tarbiyachi: - Sen juda to‘g‘ri qilarkansan, hammangiz ham undan o‘rnak olinglar. Bolajonlar, bugun qaysi a’zo haqida gaplashmadik? Bola: - Burun qolib ketdi. Tarbiyachi: - Juda to‘g‘ri. Burun bizga nafas olishimiz uchun xizmat qiladi. Burun orqali nafas olganimizda organizmga havo tozalanib kiradi. Bu esa sog‘lig‘imiz uchun foyda. Yana oyijonimiz pishirgan shirin taomlar, issiqqina non, turli gullar hidini ham burun yordamida sezamiz. Biz yana bir muhim a’zo - quloq haqida ham gaplashamiz. Tarbiyachi: - Nima deb o‘ylaysiz, quloq bizga nima uchun kerak? Bola: - Bir-birimizni eshitish uchun. Tarbiyachi: - Juda to‘g‘ri. Quloqni ham vaqtida tozalash kerak. Tarbiyachi: - Men sizlarga yana topishmoqlar aytaman, bolajonlar topib ko'ringlar-chi: Bir tubada yetti teshik. (Bosh,og'iz,burun, ko'z va quloq) Dumaloq cho'lga mayda tol ekdim. Tog' ustida o'rmon bor. (Soch) Bukdim, bukdim Ariqdan u yoqqa tashladim. Yechdim, o'radim, Tog' orqasiga tashladim. (soch o‘rimi) Bir quduqning boshida qirq qiz Ham qopishar, ham tepishar. (Ko'z bilan kiprik) Ustida ikki darcha, O'rtasida bir kunda. (Ko'z, burun) U yoqqa qarasangiz ko'rmaysiz, Bu yoqqa qarasangiz ko'rmaysiz, Boshingizga qarasangiz ko'rmaysiz. Soyangizga qarasangiz ko'rinadi. (Quloq) G'aznadir to'lmas, Bir kun bo'sh qolmas, Bo'sh qolsa turmas, Usiz jon bo'lmas, Tirikka kerak. (O'giz) Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. Kel-kel desam, kelmaydi, Kelma desam, keladi. (Lab) Temir qo'rg'on ichida, Qizil Toychoq o'ynaydi. Hamma vatq og'zimda, Hech yuta olmayman. Uy ichida qizil go'sht. Qizil buzog'imni og'ildan haydasam, chiqmaydi. (Til) Biz-biz edik, biz edik, O'ttiz ikki qiz edik, Ikki safga tizildik, Birin-ketin uzildik. (Tishlar) Besh og'ayni yosh edi, Ichida biri bosh edi. (Barmoqlar) Beshta botir, Orqasi yaltir. Ikki otim bor, Bir-biridan chopog'on. Tursang turar, Yetsang yotar. (Oyoq) Bir supada besh bola. Kasov,kasov boshi egov. (Qo'l va barmoqlar) Mashg‘ulotimizni tana a’zolari haqidagi ertak bilan yakunlaymiz. Tana a’zolari bir kuni bir-biri bilan urishib qolibdi. Oyoqlar nima uchun biz butun jismni ko‘tarishimiz kerak, qani endi bizsiz o‘zlarini o‘zlari ko‘tarib yurishsin, deyishibdi. Qo‘llar ham nimaga biz butun tanaga xizmat qilarkanmiz, deb isyon qilishibdi. Til ham nega men ular uchun taomning mazalimi yoki yo‘qligini aniqlab berishim kerak ekan, debdi. Ko‘z esa nimaga men ularni xavfdan ogoh qilishim kerak, deb bosh ko‘taribdi. Afsuski, bu ishdan tana xursand bo‘lmabdi. Harakatsizlikdan organizm kasallana boshlabdi. Ana shunda qo‘l, oyoq va ko‘zlar xato qilishganini anglashibdi. Ko‘rdingizmi, bolajonlar, ahillikda gap ko‘p. Agar bir-birimiz bilan inoq, do‘st bo‘lsak barcha ishlarimiz a’lo bo‘ladi. Bolalar: - Xo‘p (bir ovozda). Tarbiyachi: Bolajonlar, bugungi mashg‘ulotimizni yakunlaymiz. Siz o‘z tana a’zolaringiz vazifalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Ularni asrab-avaylang. Download 451.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling