Muammoning o’rganilganganlik darajasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o`stirish masalalarini tadqiq etish O`zbekistonda XX asrning 50-yillarida boshlangan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o`qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo`yicha tadqiqot o`tkazildi. S.O.G`oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o`zbek xalq og`zaki ijodidan (xalq ertaklari, o`yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo`lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o`zga tilni (rus, o`zbek) o`qitish muammosi O`zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova va boshq.)2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya va boshqalar bolalarning og`zaki nutqi va hikoya qilishni o`zlashtirishining o`ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o`zaro bog`liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o`qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo’lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Ishning obyekti maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar, nashr etigan ilmiy metodologik asarlar, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo`ljallangan xalq og`zaki ijodidan badiiy namunalar, darsliklar va maqolalardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o`stirish mashg`ulotlarini o`tish asosida bolalar bolalar folklori namunalari bilan tanishtirish hamda nutq o`stirish mashg`ulotlarida eng afzal tomonlarini ta’minlovchi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |