Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 451.93 Kb.
bet3/17
Sana19.06.2023
Hajmi451.93 Kb.
#1609447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ertak va topishmoqlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`stirish nazariyalarini o`rganish, ularni hayotda tadbiq etish bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblanib, bolalar nutqini o`stirish bilan birga ularni bolalar folklori bilan tanishtirishning yangidan yangi usullarini ishlab chiqish ham asosiy maqsad qilib qo’yilgan.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi. Yuqorida oldimizga qo`ygan maqsadimizdan kelib chiqib:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini o`stirishda bolalar folklori bilan tanishtirish, bolalar folklori haqida tasavvurga ega bo`lishlari uchun yangi usullar, turli xil ko`rsatmalar va qo`llanmalarni ishlatish zarurligini yoritish.

  2. Ertak hamda topishmoqlar o`rgatish orqali ta’lim va tarbiyaning eng muhim o`rinlarini singdirish usullarini ishlab chiqish.

  3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o`rganish va ularni tahlil qilish asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini ertak va topishmoq vositasida o`stirishda yangi pedagogik texnologiyalar ustida ishlash va uni tahlil qila olish dolzarb muammo ekanligini aniqlash.



Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari. O`zbekiston Respublikasining yangi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to`g`risida”gi Qonuni, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, bolalar nutqini o`stirish bo`yicha maktabgacha ta’lim sohasida olib borilgan ishlar, "Ilk qadam" davlat dasturi, "Ilm yo`li" variativ dasturi, mashg`ulot ishlanmalar.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi nutq o`stirish mashg`ulotlarida xalq og`zaki ijodi namunalari orqali nazariy ma’lumotlar keng va atroflicha bolalarga o`rgatildi. Ishni amaliy jihatdan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va pedagogika institutlari, universitetlar tegishli bo`limlari talabalari bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi loyihalari uchun material sifatida hamda malakaviy amaliyoti davomida amaliy foydalanishlari mumkin.

Download 451.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling