Linguapragmatic features of deixis in English and Uzbek microtexts


Download 6.11 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.11 Kb.
#1620450
Bog'liq
тақриз


Samarqand davlat chet tillar instituti magistratura bo’limi II bosqich talabasi Raxmatova Gulnozaning “Linguapragmatic features of deixis in English and Uzbek microtexts” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Mazkur ilmiy ish O’zbek va Ingliz tillaridagi kichik matnlarda uchraydigan deiksislarning lingvapragmatik xususiyatlarini tasniflashga bag’ishlanadi. Bugungi kunda bu borada bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan. Deiksislar nafaqat tilshunoslik sohasida, balki ta’limning boshqa ko’plab jabhalarida ham keng qo’llaniladi. Tadqiqot davomida deiksislarning xususiyatlari, ularning aynan kichik matnlarda qay yo’sinda qo'llanilishi haqida ma’lumotlar o’rganib chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-3775-sonli Qarori shu sohada ish olib borayotgan talabalarni faoliyat-jarayonini yanada jadal sur’atlarda o’sishiga zamin yaratdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi PF-5847 08.10.2019 qabul qilindi. Konsepsiya ijrosini ta’minlash va amaliyotga tatbiq etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar Konsepsiya maqsadiga muvofiq mustaqil faoliyatlarini yo’lga qo’yib, ilmiy-tadqiqot ishlari borasida izlanishlar olib borishmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash, Raxmatova Gulnozaning olib brogan ilmiy ishi qaror va konsepsiyaning ijrosi borasidagi yaqqol namunadir. Ushbu magistrlik ishi bugungi kunda tilshunoslik sohasiga yangiliklar kiritish va uni ilgʻor tatbiq qilish uchun munosib qo’llanma bo’la oladi.
Mazkur ilmiy ishning izchilligi hamda metodologik tahlili yaxshi izohlangan, magistrlik dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etilsin.

Taqrizchi: Sh. Rashidov nomidagi SamDU
Ingliz tili kafedrasi dotsenti
Isakova Nodira Azzamovna
Download 6.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling