Abdusalomova oynuraxonning fizikaviy kimyo fanida


Download 1.38 Mb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1490498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalomova Oynuraxon fizximiya

Kurs ishining maqsadi: Fizik kimyoviy analizdan keng foydalanish, ikki komponentli sistemalar, suyuqlik bilan bug’ faza muvozanati, bir- birida cheksiz erivchu suyuq moddalar aralashmasi, ikki komponentli sistemalarda suyuqlik va bug’ fazalar tarkibini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi. Kurs ishi mavzusini o’rganilayotgan mavzu doirasidagi zaruriy bilimlarni to’la yoritish, keltirilgan maqvzu haqida kerakli bilimlarni aks ettirish. Fizik kimyoviy analiz, ikki komponentli sistemalar, qoishmalar, suyuq aralashmalar va eritmalarni inson hayotida ahamiyati va qo’llanilishi.

I Bob. Elektrolid eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi.


1.1 Elektr toki haqida umumiy tushunchalar
Bugun biz fizik kimyoning muxim bo’limlaridan biri elektrokimyoni boshlaymiz. Elektrokimyo quyidagi uchta qismdan tashkil topgan. Elektr o’tkazuvchanlik, elektr yurituvchi kuch va elektrodializ. Bugungi lektsiyada biz asosan elektr o’tkazuvchanlik xaqida gap yuritamiz. Elektr o’tkazuvchanlik elektr tokini o’tkazish qobiliyatidir. Elektrolit eritmasidagi ionlar tartibsiz harakatda bo‘ladi. Eritma orqali elektr toki o‘tkazilganda ionlarning harakati tartiblashib, ular katod va anod tomon yo‘naladi va elektr zaryadini tashib, eritmaning elektr o‘tkazishiga sabab bo‘ladi.
Elektrolit eritmasidan o‘zgarmas tok o‘tkazilgan taqdirda elektroliz hodisasi sodirbo‘ladi.
Elektr tokini o’tkazuvchilar ikki turga bo’linadi. 1 va 2 turdagi o’tkazgichlar.
1 turdagi o’tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, grafit, ba’zi qiyin eruvchi oksidlar va boshqa materiallar kirib, ular elektr tokini elektronlarning tartibli harakati tufayli o’tkazadilar. Bu vaqtda elektrodlarga modda o’tishi sodir bo’lmaydi.
II turdagi o’tkazgichlarga kislotalar, ishqorlar, tuzlar eritmasi, turli suyuqliklar, ba’zi qattiq tuzlarning suyultirilgan (erigan) holati va kristall holatdagi elektr o’tkazuvchanlik misol bo’lib (masalan NaCl, KCl va boshqalar), ulardagi elektr o’tkazuvchanlik ionlarning tartibli harakati tufayli sodir bo’ladi (elektr maydonida). Bu turdagi elektr o’tkazgichlarda elektrodlarda modda almashinuvi sodir bo’ladi. Ionlarning harakatchanligi qancha katta bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik xam shuncha katta bo’ladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling