Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana22.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1715079
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
6-adab savol javob

SAID AHMAD (1920 2008) 
1. Said Ahmadning familiyasini toping. 
J: Husanxo‘jayev 
2. Said Ahmad qachon va qayerda tug‘ilgan? 
J: 1920yilda Toshkentning Samarqand darvoza 
mahallasida 
3. Ushbu parcha kimning avtobiografiyasidan 
olingan? «Bir marta dor o‘ynab yiqilganman. 
Bir martasida qaynab turgan sam^varning 
yoniga tushganman. Yetti marta qo‘lim 
chiqqan. «Shum bola»ning o‘zi bo‘lganman». 
J: Said Ahmadning 
4. Said Ahmadning otasi kim bo‘lgan? 
J: Otasi Husanxo‘ja Dadaxo‘ja o‘g‘li 
ma’rifatparvar 
odam 
bo‘lib, 
Ismoilbek 
G‘aspirali bilan yaqinligi bor edi 
5. Said 
Ahmadning 
bobosini 
qanday 
atashardi? 
J: Dadaxo‘ja do‘ma deb atashardi, u shahar 
do‘ma sining deputati bo‘lgan 
6. Said Ahmad onasining otasi kim bolgan? 
J: G‘ulomxon toshbosma matbaa egasi bolgan 
7. Said Ahmadning akalari kim bo‘lgan? 
J: 
Katta 
akasi 
Imonxon 
o‘zbek 
stenografiyasining 
asoschisi 
hisoblanadi, 
keyingi akasi Zuhurxon irrigat siya bo‘yicha 
0‘zbekistonning ilk professori bo‘lgan 
8. Yoshligida nimalarga qiziqqan? 
J: Yoshligida qishloqlarga chiqib, shiorlar 
yozadi, 
artistlikka 
qiziqadi, 
doktorlik 
maktabida 56 oy o‘qib chiqadi, 12 yil 
rassomlik 
maktabiga 
qatnaydi, 
qurilish 
texnikumida 34 kun o‘qiydi, Penson degan 
mashhur fotochiga shogird tushadi 
9. Ilk mashqi qanday nom bilan necha yoshida 
qaysi jurnalda chop etilgan? J: «lshqiboz» 
nomli hajviy hikoya si 16 yoshida «Mushtum» 
jurnalida 
10. Qachon xalq dushmani degan tuhmat bilan 
qama ladi? J: 50yillarning boshlarida 
11. Birinchi kitobi qaysi va u qachon nashr 
qilingan? 
J: «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami 1940yilda 
12. Said Ahmadning to‘plamlarini toping. 


J: «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» 
(1948), «Muhabbat» (1949), «Xandon pista», 
«Bir o‘pichning bahosi» to‘plamlari 
13. Qissalari. J: «Qadrdon dalalar» (1949), 
«Hukm» (1958) qissalari 
14. «Ufq» trilogiyasi qachon nashr qilindi? J: 
60yillar da «Ufq» trilogiyasining 2 ta kitobi 
bosildi 
15. «Jimjitlik» 
romani qachon nashrdan 
chiqqan? 
J: 1988yilda 
16. Said Ahmadning 70 80yillarda o‘z 
hikoyalari asosida yozgan pyesalarini toping. 
J: «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» 
17. «Qoplon» hikoyasi qanday asar? 
J: Satirik asarning eng yaxshi namunasidir 
18. «Qoplon» hikoyasi nimaga bag‘ishlangan? 
J: 
Kishilardagi 
laganbardorlik, 
xushomadgo‘ylik, 
o‘z 
manfaati 
yolida 
andishamulohazaga bormay surbetlar cha ish 
tutish, 
odamlarni 
amal 
kursisiga 
qarab 
munosabat 
ko‘rsatish 
kabi 
yaramas 
illatlartanqidiga bag‘ishlangan 
19. «Qoplon» hikoyasida xo’jayinning uyida 
polini yu vib, gilamini ham qoqib bergan 
qahramon kim? 
J: Qurbonboy 
20. «Qoplon» 
hikoyasidagi 
direktorning 
familiyasi kim? 
J: Tillayev 
21. Qurbonboy garajda kim bo‘lib ishlardi, 
Tillayevning unga ixlosi ortib, uni qanflay 
darajagacha ko‘taradi? 
J: Mashina yuvuvchidan garaj muovinligiga 
ko‘taradi 
22. Qurbonboy Tillayevga nima sovg‘a qiladi? 
J: Qoplon laqabli itni 
23. Tillayev nima sababdan ishdan ketadi? 
J: Bod kasali qo‘zg‘agani uchun 
24. Tillayev ishdan ketgandan so‘ng Qoplonni 
qayerda ko radi? J: Yangi direktorning uyida 
25. Kim «Bu itni taniyman» degan fikrni 
Qurbonboyga achchiq istehzo bilan aytadi? J: 
Tillayev 
26. «Sobiq» hikoyasi qanday yo‘nalishda? 
J: Achchiq, alamli kulgidan yiroq, hajviy, sof 
yumoristik yo‘nalishda 
27. Qaysi hikoya qahramoni paxta terishda 
jonbozlik 
ko‘rsatib, 
hech 
kutilmaganda 
dabdababozlikning nishoniga aylanadi? J: Said 
Ahmadning «Sobiq» hikoyasi 
28. «Sobiq» hikoyasi qahramoni bir kunda 
necha tonna paxta teradi? J: 1kuni 9 tonna, 
keyingi kuni 9,5 tonna 
29. «Sobiq» hikoyasi qahramonining vaqtini 
kimlar behuda o tkazadi? J: Endi dalaga 
chiqaman deganda bir kinochilar, bir rassomlar 
kelib, vaqtni behuda o‘tkazadi 
30. «Sobiq» hikoyasidagi raisning ismini 
toping. 
J: Berdiali aka 
31. Qaysi hikoya qahramoni oktabr oyida paxta 
te rishga chiqsa, «Kolxozimizning sobiq 
mexanizatori falonchi mavsumda bir hafta 
dalaga chiqib, shu mashinada paxta tergan», 
degan yozuvga ko‘zi tushadi? J: Said Ahmad 
ning «Sobiq» nomli hikoyasi qahramoni 
32. Said 
Ahmadning 
«Sobiq» 
hikoyasi 
qahramoni trak toriga sobiq mexanizator deb 
yozgan kishini jazolamoqchi bo‘ladi, lekin uni 
surishtirishga vaqti yo‘q edi. U qayoqqa 
shoshayotgan edi? 
J: Bolalar bog‘chasida ovqatning kaloriyasi 
yetarli ekanligini tekshirishga borishi kerak edi 
33. Said Ahmadning qaysi hikoyasi mubolag‘a 
priyomi orqali yoritilgan? J: «Sobiq» hikoyasi 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling