Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana22.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1715079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-adab savol javob

HAJVIY ASARLAR HAQIDA 
1. Tanqidiy va kulgi uyg‘otadigan badiiy 
asarlar qanday nomlanadi? J: Hajviy asar 
2. Hajviy asarlar mazmuni va shakliga ko‘ra 
qanday ruhda bo ladi? J: Satirik va yumoristik 
ruhda 
3. Hajviy asarlarda qanday badiiy tasvir 
vositalaridan foydalaniladi? 
J: Mubolag‘a, fantaziya, sifatlash, o‘xshatish, 
qar shilantirish 
4. «Qiyshiq oyna», «Yovuz niyatli kishi», 
«Chiqdi» nomli hajviy hikoyalar muallifini 
toping. J: A.P.Chexov 
5. «Yelvizak» romanining muallifini toping. J: 
N.Aminov 
6. «0‘n 
ikki stul», «Oltin buzoqcha» 
romanlarining mu allifini toping. J: llf va 
Petrov 
7. Hajviy hikoyalarni toping. 
J: «Qiyshiq oyna» (Chexov), «Yovuz niyatli 
kishi» 
(Chexov), 
«Adabiyot 
muallimi» 
(A.Qahhor)
8. She’riy yo‘ida yozilgan hajviy asarlarni 
toping. 
J: «Saylov», «Dodhohim», «Tanobchilar», 
«Maskov chi boy ta’rifida» 
9. Dramatik turga kiruvchi hajviy asarlar 
qaysi? 
J: «Maysaraning ishi», «Tuhmatchilar jazosi» 
(Ham za), «Revizor» (Gogol), «Og‘riq tishlar» 
(A.Qahhor) 
10. «Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha 
tagda hamavaqt uch qavat» misralarida qaysi 
badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Sifatlash 
11. «ug‘izlari maqtanib o‘n besh qarish, Mayda 
suxan, ezmachuruk, zanchalish» misralaridagi 
badiiy san’at? 
J: Mubolag‘a 
12. «Sulton Alixoja, Hakimjon ikav, biri xotun, 
birisi bo‘ldi kuyav» misralarida qaysi badiiy 
san’atdan foydalanil gan? J: 0‘xshatish 
13. «Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridir 
kunda pixu, gavda xar» misralarida qaysi 
badiiy san’atdan foyda lanilgan? J: Sifatlash 
ABDULLA QAHHOR (1907 1968) 
1. Abdulla Qahhor qachon qayerda tug‘ilgan? 
J: 1907yil 17sentabrda Qo‘qon shahridan uncha 
uzoq boMmagan Asht qishlog‘ida tug‘ilgan 
2. Abdulla Qahhorning otasi kim bo’lgan? 
J: Abduqahhor temirchi bo‘lgan 
3. Abdulla Qahhor o‘z bolaligini qaysi 
asarlarida aks ettirgan? J: «Sarob» romanining 
1937yildagi 
1nashri 
dan 
o‘rir 
olgan 
temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi va 
avtobiografik asari «0(tmishdan ertaklar» 
hamda ayrim hikoyalarida 
4. Qachon 0‘rta Osiyo davlat universitetlda 
o‘qidi? 
J: 1926 1930yillarda 
5. Hajviy 
asarlariga 
qanday 
taxalluslar 
qo’ygan? 
J: Norin shilpiq, Sarimsoq 
6. Dastlabki qissasi qaysi? J: «Qishloq hukm 
ostida» nomi bilan 1932yilda bosilgan 
7. 1romani qachon nashr qilindi? 
J: 1937yilning oxirida 1934yilda yozib 
tugallangan yirik romani «Sarob» nashr etildi 
8. 1949yilda 
qishloq 
xo’jaligini 
jamoalashtirish mavzusida yozilgan roman 
Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda 
bildirilgan noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli qayta 
ishlanib, ... nomi bilan 1951yilda boshqatdan 
chop qilindi. Ushbu fikrlar qaysi roman haqida 
va u dastlab qan day nomlangan? 
J: 
Abdulla 
Qahhorning 
«Qo‘shchinor 
chiroqlari» romani, dastlab «Qo‘shchinor» 
nomi bilan atalgan 
9. Komediyalarini ko‘rsating. 
J: «Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar» 
(1954), 
«Tobutdan 
tovush» 
(1962), 
«Ayajonlarim» (1967) 
10. Qissalarini 
sanang. 
J: 
«Sinchalak», 
«0‘tmishdan ertaklar», «Muhabbat», «ZiIziIa» 
11. Qaysi qissasi tugallanmagan? J: «ZiIziIa» 
12. Qaysi asarlari asosida telespektakllar, video 
va ba diiy filmlar suratga olingan? 
J: 
«Sinchalak» 
qissasi, 
«Qo‘shchinor 
chiroqlari» romani asosida 
13. Abdulla Qahhor mustaqillik davrida qaysi 
orden bi lan taqdirlangan? 
J: «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan 
14. «Bemor» hikoyasiga qaysi maqol epigraf 
qilib olin gan? J: «Osmon yiroq, yer qattiq» 
15. Sotiboldi qaysi hikoya qahramoni? 
J: «Bemor» hikoyasi qahramoni 
16. Sotiboldi kimning qo’lida xizmat qilgan? 
J: Chigit p0‘choq va kunjara bilan savdo 
qiladigan Abdug‘aniboyning 
17. Sotiboldining yagona orzusi nima edi? 
J: Xotinini kasalxonada davolatish 
18. Kasalxona deganda Sotiboldining ko‘z 
oldiga nima keladi? J: Izvosh va oq podshoning 
surati tushirilgan 25 so‘mlik pul keladi 
19. Sotiboldining orttirgan boyligi bemor 
xotinini davolash yo’lidagi qaysi xarajatlarga 
etadi? 
J: Bir marta tabib chaqirishga, bitta tovuq 
so‘yish ga, kasalni baxshiga o‘qitishga etadi 
20. Sotiboldi bemor xotinining oldida bo‘lish 
uchun qay si kasb bilan shug‘ullana boshlaydi? 
J: Savat to‘qish bilan 
21. Sotiboldi 
«Chilyosin» o‘qitish uchun 
to’qigan sa vatchalarini ulgurji oladigan 
baqqoldan qancha qarz ko‘ta rishga majbur 
bo‘ladi? J: 20 tanga 
22. Ushbu maslahatni kim kimga beradi: 
«Devonayi 
Bahovuddinga 
hech 
narsa 
ko’tardingmi? G‘avsula’azam gachi»? J: 
Abdug‘aniboy 
yordam 
so‘rab 
kelgan 
Sotiboldiga 
23. Sotiboldining xotini nima uchun og‘irlashib 
qoladi? 
J: Chaqirilgan tabib kasallikning sabablarini 
bilmasdan turib bemordan qon oladi, natijada 
kasallik og‘irlashadi 
24. Sotiboldining bemor xotinini kim tol 
xivchin bilan savalab ketadi? J: Baxshi 
25. Sotiboldining qizi necha yosh edi? J: To‘rt 
yosh 
26. «Bemor» hikoyasidan chiqadigan xulosa 
nima? 
J: Bunday jamiyatda faqat Sotiboldining o‘zi 
bemor emas, butun jamiyat bemordir 
27. Qaysi adib o‘z asarlariga Norin shilpi.q, 
Sarimsoq singari taxalluslarni qo‘ygan? J: 
Abdulla Qahhor 
28. «Tobutdan tovush», «Og‘riq tishlar» nomli 
komedi yalar muallifini toping. J: A.Qahhor 
29. «Hey do’st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa 
raddi balo, baqavli rasuli xudo...» Ushbu 
parcha qaysi asardan olingan? J: «Bemor»dan 
30. Qaysi ijodkor millat «tanasidan qon 
oldirgan bemor» holiga tushganini aytib 
achinadi? J: Hamza Hakimzoda 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling