Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
6-adab savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABDULLA QAHHOR (1907 1968)
HAJVIY ASARLAR HAQIDA
1. Tanqidiy va kulgi uyg‘otadigan badiiy asarlar qanday nomlanadi? J: Hajviy asar 2. Hajviy asarlar mazmuni va shakliga ko‘ra qanday ruhda bo ladi? J: Satirik va yumoristik ruhda 3. Hajviy asarlarda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi? J: Mubolag‘a, fantaziya, sifatlash, o‘xshatish, qar shilantirish 4. «Qiyshiq oyna», «Yovuz niyatli kishi», «Chiqdi» nomli hajviy hikoyalar muallifini toping. J: A.P.Chexov 5. «Yelvizak» romanining muallifini toping. J: N.Aminov 6. «0‘n ikki stul», «Oltin buzoqcha» romanlarining mu allifini toping. J: llf va Petrov 7. Hajviy hikoyalarni toping. J: «Qiyshiq oyna» (Chexov), «Yovuz niyatli kishi» (Chexov), «Adabiyot muallimi» (A.Qahhor) 8. She’riy yo‘ida yozilgan hajviy asarlarni toping. J: «Saylov», «Dodhohim», «Tanobchilar», «Maskov chi boy ta’rifida» 9. Dramatik turga kiruvchi hajviy asarlar qaysi? J: «Maysaraning ishi», «Tuhmatchilar jazosi» (Ham za), «Revizor» (Gogol), «Og‘riq tishlar» (A.Qahhor) 10. «Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat» misralarida qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Sifatlash 11. «ug‘izlari maqtanib o‘n besh qarish, Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish» misralaridagi badiiy san’at? J: Mubolag‘a 12. «Sulton Alixoja, Hakimjon ikav, biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav» misralarida qaysi badiiy san’atdan foydalanil gan? J: 0‘xshatish 13. «Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridir kunda pixu, gavda xar» misralarida qaysi badiiy san’atdan foyda lanilgan? J: Sifatlash ABDULLA QAHHOR (1907 1968) 1. Abdulla Qahhor qachon qayerda tug‘ilgan? J: 1907yil 17sentabrda Qo‘qon shahridan uncha uzoq boMmagan Asht qishlog‘ida tug‘ilgan 2. Abdulla Qahhorning otasi kim bo’lgan? J: Abduqahhor temirchi bo‘lgan 3. Abdulla Qahhor o‘z bolaligini qaysi asarlarida aks ettirgan? J: «Sarob» romanining 1937yildagi 1nashri dan o‘rir olgan temirchining o‘g‘li Sarimsoq tarixi va avtobiografik asari «0(tmishdan ertaklar» hamda ayrim hikoyalarida 4. Qachon 0‘rta Osiyo davlat universitetlda o‘qidi? J: 1926 1930yillarda 5. Hajviy asarlariga qanday taxalluslar qo’ygan? J: Norin shilpiq, Sarimsoq 6. Dastlabki qissasi qaysi? J: «Qishloq hukm ostida» nomi bilan 1932yilda bosilgan 7. 1romani qachon nashr qilindi? J: 1937yilning oxirida 1934yilda yozib tugallangan yirik romani «Sarob» nashr etildi 8. 1949yilda qishloq xo’jaligini jamoalashtirish mavzusida yozilgan roman Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda bildirilgan noo‘rin tanqidiy gaplar tufayli qayta ishlanib, ... nomi bilan 1951yilda boshqatdan chop qilindi. Ushbu fikrlar qaysi roman haqida va u dastlab qan day nomlangan? J: Abdulla Qahhorning «Qo‘shchinor chiroqlari» romani, dastlab «Qo‘shchinor» nomi bilan atalgan 9. Komediyalarini ko‘rsating. J: «Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) 10. Qissalarini sanang. J: «Sinchalak», «0‘tmishdan ertaklar», «Muhabbat», «ZiIziIa» 11. Qaysi qissasi tugallanmagan? J: «ZiIziIa» 12. Qaysi asarlari asosida telespektakllar, video va ba diiy filmlar suratga olingan? J: «Sinchalak» qissasi, «Qo‘shchinor chiroqlari» romani asosida 13. Abdulla Qahhor mustaqillik davrida qaysi orden bi lan taqdirlangan? J: «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan 14. «Bemor» hikoyasiga qaysi maqol epigraf qilib olin gan? J: «Osmon yiroq, yer qattiq» 15. Sotiboldi qaysi hikoya qahramoni? J: «Bemor» hikoyasi qahramoni 16. Sotiboldi kimning qo’lida xizmat qilgan? J: Chigit p0‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan Abdug‘aniboyning 17. Sotiboldining yagona orzusi nima edi? J: Xotinini kasalxonada davolatish 18. Kasalxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga nima keladi? J: Izvosh va oq podshoning surati tushirilgan 25 so‘mlik pul keladi 19. Sotiboldining orttirgan boyligi bemor xotinini davolash yo’lidagi qaysi xarajatlarga etadi? J: Bir marta tabib chaqirishga, bitta tovuq so‘yish ga, kasalni baxshiga o‘qitishga etadi 20. Sotiboldi bemor xotinining oldida bo‘lish uchun qay si kasb bilan shug‘ullana boshlaydi? J: Savat to‘qish bilan 21. Sotiboldi «Chilyosin» o‘qitish uchun to’qigan sa vatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan qancha qarz ko‘ta rishga majbur bo‘ladi? J: 20 tanga 22. Ushbu maslahatni kim kimga beradi: «Devonayi Bahovuddinga hech narsa ko’tardingmi? G‘avsula’azam gachi»? J: Abdug‘aniboy yordam so‘rab kelgan Sotiboldiga 23. Sotiboldining xotini nima uchun og‘irlashib qoladi? J: Chaqirilgan tabib kasallikning sabablarini bilmasdan turib bemordan qon oladi, natijada kasallik og‘irlashadi 24. Sotiboldining bemor xotinini kim tol xivchin bilan savalab ketadi? J: Baxshi 25. Sotiboldining qizi necha yosh edi? J: To‘rt yosh 26. «Bemor» hikoyasidan chiqadigan xulosa nima? J: Bunday jamiyatda faqat Sotiboldining o‘zi bemor emas, butun jamiyat bemordir 27. Qaysi adib o‘z asarlariga Norin shilpi.q, Sarimsoq singari taxalluslarni qo‘ygan? J: Abdulla Qahhor 28. «Tobutdan tovush», «Og‘riq tishlar» nomli komedi yalar muallifini toping. J: A.Qahhor 29. «Hey do’st, shaydullo, ba nomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Bemor»dan 30. Qaysi ijodkor millat «tanasidan qon oldirgan bemor» holiga tushganini aytib achinadi? J: Hamza Hakimzoda Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling