Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
6-adab savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOG‘AY MUROD (1948 2003)
ROMAN HAQIDA TUSHUNCHA
1. Inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng ko’lamda tasvirlovchi yirik epik janr nomi? J: Roman 2. Tarixiy romanlar qaysilar? J: «0‘tkan kunlar», «Yulduzli tunlar» 3. Harbiy romanni toping J: Oybek «Quyosh qoraymas» 4. Zamonaviy romanlarni sanang. J: P.Qodirov «Olmos kamar», S.Ahmad «Jimjitlik» 5. Roman janrining dastlabki namunalari Yevropa dav latlarida qachondan yaratila boshladi? J: Uyg‘onish davri oxirlarida (XVI XVII asrlarda) 6. Hamzaning romanlarini toping. J: «Yangi saodat», «Uchrashuv» 7. Sadriddin Ayniy romanlari qaysilar? J: «Doxunda», «Qullar» TOG‘AY MUROD (1948 2003) 1. Tog‘ay Murod qayerda tug‘ildi? J: Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida 2. Tog‘ay Murod qaysi o‘quv yurtlarida tahsil olgan? J: 1966 1972yillarda ToshDUning jurnalistika fakultetida, 1985 1987yillarda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida 3. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday yozadi: «Men o‘rta maktabni bitirib, shunday niyat qildim: 30 35 yoshlargacha uylanmayman, oila qurmayman, biror idorada faqat tirikchilik uchun ishlayman. Men faqat bir maqsadni ko‘zladim: 30 35 yoshimgacha jahon adabi yotini o‘qish. Faqat o‘qish, o‘qish, o’qish, qo‘l qotib qol masin uchun maydamayda hikoyalar mashq etib turish. Men shu niyatyoTida imorat solmadim, mashina olmadim, mansab egallamadim, shonshuhrat izlamadim. Men dun yo talashmadim! Faqat izlandim, faqat o‘qidim». J: Tog‘ay Murod 4. Qaysi shoir o‘z tarjimayi holida shunday yozadi: «G‘animlar meni ishdan haydadilar. Kurashda bir qonun bor: polvon davrada mag‘lub bo‘lsa, taqdirga tan berib ket maydi. Yo’q, polvon o‘zini boqadi. Polvon o‘zini parvarish laydi. Polvon tinimsiz mashq oladi. Raqibidan mag‘lubiyat alamini olish uchun ishlaydi. Raqibidan alamini olmas danda qo’ymaydi. Men davralarda olishib katta bo’ldim. Polvonlik ajdodimda bor, polvonlik qonimda bor. Menda ana shu polvonlik qoni qo’zg‘adi». J: Tog‘ay Murod 5. Dastlabki yirik asari qaysi va u qachon yaratilgan? J: 1976yilda yaratilgan «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi 6. Qaysi asarida yozuvchining qonqoniga singib ket gan, ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy qadriyat kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomalamunosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olinadi? J: «Yulduzlar mangu yonadi» 7. Qaysi qissasi 1979yilda «Yoshlik» jurnalida chop qilindi? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 8. Qaysi asarida o‘sha davr adabiyotida kamdankam tilga olinadigan ijtimoiyiqtisodiy muammolar, butun dun yoga ibrat qilib ko’rsatilgan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo‘lgan turli illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli ochib berilgan? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 9. Qaysi asardagi qishloq mehnatkashlarining og‘ir mehnati, kattakichik rahbarlarning ularga bepisand muno sabati, odamlardagi pokiza histuyg‘ularning toptalishi, kuppakunduz bo‘layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini o’quvchilarning tahsiniga sazovor bo’ldi? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 10. Qaysi asar qahramoni umrbod ixlos qo’yib yur gani odam bolalaridan cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko’rgan Ziyodulla chavandoz o‘zining sevimli, vafodor, sadoqatli otidan panoh so‘raydi? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 11. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishi haqida shunday deydi: «Sattor chavandoz degan bilan til topish dim. U menga bir ot topib berdi. Men otlandim! Sattor chavandoz bilan qishloqmaqishloq, to‘ymato‘y, ko‘pkari mako‘pkari yurdim. Uzun qish ko’pkarixona ish joyim bo’ldi, chavandozlar hamxonam bo‘ldi, otlar birodarim bo‘ldi. Nihoyat, ko‘klamda ... nomli ikkinchi qissamni ko’ta rib keldim»'? J: «0t kishnagan oqshom» 12. Tog‘ay Murodning qaysi qissasi qahramonlari Qoplonbek va Oymomo atrofidagilarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan, umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob odamlar? J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 13. Qaysi qissada buyuk muhabbat rishtasi bilan birbi riga mangu boglangan go‘zal insonlarning hayot yo‘li oy dinda aytilgan qo’shiqday tarannum etiladi? J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 14. Qaysi qissada befarzandlikda g‘am chekkan eru xotin taqdiri qalamga olinadi? J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasida 15. Qaysi qissa qahramoni yoshi o‘tib keksayib qolgan Oymomo farzand sog‘inchi shu qadar kuchliligidan qo’shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda qupquruq ko‘ksiga birdan sut keladi. U so’nggi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadiyu, dunyodan ko‘z yumadi? J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 16. Tog‘ay Murod qaysi qissaning yaratilishini shunday izohlaydi: «Yurtimizda tog‘ etagida So‘fi Olloyor qabri bor. Shu qabr qabatida tog‘chorbog‘ bor. Men bu qishni shu chorbog‘da o‘tkazdim.... nomli qissa bitib keldim»? J: «Oydinda yurgan odamlar» qissasi 17. Qaysi qissasi muxlislar orasida «Muhabbat qo‘shig‘i» deb atalib, u 1980yilda yaratilgan? J: «Oydinda yurgan odan\lar» qissasi 18. Qaysi qissasi unchalik shuhrat qozonmadi? J: 1985yilda yaratilgan «Qo‘shiq» qissasi 19. «Otamdan qolgan dalalar» romani qachon yaratil . di? J: 1993yilda 20. Tog‘ay Murodning qaysi asariga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berilgan? J: «Otamdan qolgan dalalar» romaniga 21. Qaysi asari e’lon qilingach, yozuvchiga 0‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 22. Tog‘ay Murodning qaysi asari asosida kinorejissor Shuhrat Abbosov 2 qismli badiiy film ishlagan? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani asosida 23. Tog‘ay Murod qaysi asarning yaratilishi haqida shunday yozadi: «Ana shu vaqt qatag‘on avj oldi. Ishdan haydahayda avj oldi. Firqadan o‘chiro‘chir avj oldi. Sursur avj oldi. Nihoyat... qamaqama avj oldi. So‘roq Moskvada bo‘ldi. Sud Moskvada bo’ldi. Hukm Moskvada o‘qildi. Ana shunda polvonlik qonim qaynadi! Endi qoni muz g‘animla rim uchun qaynamadi. Endi qonim... olamjahon g‘animla rim uchun qaynadi. Endi qonim qudratli g‘animlarim uchun qaynadi. Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!». J: «Otamdan qolgan dalalar» romani haqida 24. Qaysi roman o’zbek xalqining chor Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o‘tgan hayotini 100 yildan ortiqroq tarixni o‘zida mujassam etgan? J: «Otamdan qotgan dalalar» romani 25. Oqposhshoning asl niyatini anglamay, bosqinchi ning uyatli qiliqlaridan orlanib, tug‘ilib o‘sgan yurtini tashlab ketgan Jamoliddin ketmon qaysi asar qahramoni? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 26. Nima qilib bo‘lsa ham yurt tuprog‘ini bosqinchilar dan tozalash niyatida qo‘liga qilich tutgan Aqrab (Chayon) qaysi asar qahramoni? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 27. Qaysi asar qahramonlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi xalq vakili, XX asrning 20yillarida milliy istiqlol yo‘lida shahid bo’lgan bobolarimiz timsoli, sho‘ro hukumati Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qur bonlari? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 28. Sho‘ro hukumati Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati qurboni bo‘lgan Dehqonqul qaysi asar qahramoni? J: «Otamdan qolgan dalalar» romani 29. Tog‘ay Murod kimning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan? J: E.SetonTompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini 30. Tog‘ay Murod «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida kimning timsoli orqali unutilayotgan an’analarimiz haqida fikr yuritadi? J: Bo‘ri polvonning 31. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qaysi qah ramon shunday o’ylaydi: «Xa!q nimasi bilan xalq? o’zi ning urfodatlari bilan xalq! Ko‘p urfodatlarimizni birovlar... birovlar o’ziniki qilib oldi. Biz qolimizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday keta bersak, hademay... o‘zimiznida boy berib qo’yamiz! Bu yog‘i kamday, nene nimalarimizni eski lik sarqiti deb o’yladik. Xiyol bolmasa, xalqimiz o‘zinida... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin dedik! Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi.?» J: Bo‘ri polvon 32. Bo‘ri polvon sevgilisining ismi? J: Momoqiz 33. Bo‘ri polvonning do‘sti bo‘lsada, uning suygan qi zini ilib ketgan qahramon kim? J: Nasim polvon 34. Bo’ri polvon hammadan zo‘ri o’zimman, deb o‘ylab, o’zidan ancha yosh bo‘lgan qaysi polvondan yengilib qola di? J: Ismoil polvondan 35. Bo’ri polvon o’g‘lining ismi? J: Tiloverdi 36. Nasim polvon o’glining ismi? J: Abray polvon 37. Azaliy raqiblar Bo‘ri polvonning o’g‘li Tiloverdi hamda Nasim polvonning o’g‘li Abray polvonlar olishuvida kim g alaba qozonadi? J: Kurashning boshida Tiloverdi, keyin esa Abray polvon 38. Tog‘ay Murodning qaysi asari sho’ro davri ada biyotidagi ko‘plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ajralib turadi? J: «Ot kishnagan oqshom» qissasi 39. Xo’jasoatlik polvonning ismi? J: Sadir polvon 40. Sho‘rchilik polvon kim? J: Ro‘zi polvon 41. Qaysi polvon o‘z qishlog‘idan davraga boshqa polvon chiqmaganligi uchun oppoq soqoli bilan sport mas teri Maksim polvonga qarshi davraga chiqadi? J: Normurod polvon 42. Ushbu fikrlar muallifini toping: «Avlodlar almashgan sayin yurak yo’qolib boryapti. Jasad bor! Aql bor! Yurak yo‘q! To‘rt mucha bor! Kuchquvvat bor! Yurak yo‘q!» J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri polvon '43. Ismoil polvon Bo‘ri polvonni yenggandan so‘ng, u bilan qayta kurashga tushmaslik uchun o’zini doim chet ga olib yuradi. Bo’ri polvon ayyorlik bilan unga bir to’yga kechikib borib davrada ro’para keladi. Bu to‘y qayerda bo’lgan edi? J: Termizda 44. Qaysi polvonlar o’rtasidagi kurashda tajriba yosh lik ustidan g‘alaba qozonadi? J: Bo‘ri polvon va Ismoil polvon o‘rtasidagi kurashda 45. «Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan» maqoli qaysi asarda keltirilgan? J: «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida 46. Tiloverdi Bo’ri polvonning nechanchi farzandi edi? J: 5farzandi 47. Bo’ri polvonnfng nechta farzandi bor edi? J: 5 ta: 4 tasi qiz, 1 tasi o‘g‘il 48. Bo‘ri polvon kimga uylanadi? J: Brigadasidagi Suluv ismli qizga Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling