Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
6-adab savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHAMMADSHARIF GULXANIY (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari)
HIKMATU SO‘Z HAQIDA TUSHUNCHA
1. Hikmatli so‘zlar qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi? J: Chuqur va o‘tkir mazmunli, qisqa, aniq va lo‘nda ibora, bayt, jumla hikmatli so‘z bo‘ladi 2. Hikmatli so‘zning maqoldan farqi? J: Hikmatli so‘zlarning muallifi aniq, uning qaysi manbadan kelib chiqqani, kim tomonidan aytilgani aniq bo‘ladi 3. Hikmatli so’zlar va ibratli hikoyatlar asosiga qurilgan asarlarni toping. J: Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston», Nosir Xisravning «Sadoqatnoma», Navoiy ning «Nazm uljavohir», «Mahbub ulqulub», Avloniy ning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarlari 4. Navoiyning hikmatli so‘zlarini toping. J: «Saxovatsiz kishi yog‘insiz abru bahor», «Ko‘p degan ko‘p yen gilur, ko‘p yegan ko‘p yiqilur», «Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q», «Tilga ixtiyorsiz elga e’tibor siz», «Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘on», «Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar», «Oshning ta’mi tuz bilan», «Ozoz o‘rganib dono bo‘lur», «Bilma ganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘zi ga zolim» MUHAMMADSHARIF GULXANIY (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari) 1. Shoir nima uchun Gulxaniy taxallusini tanlagan? J: Jo‘shqin feMligi va olovqalbligi uchun 2. Gulxaniyning qaysi she’rida navkarlik davrining og‘ir hayoti aks etgan? J: «Bideh» Bergil g‘azalida 3. Gulxaniy g‘azallarining nomi to‘g‘ri sanalgan qator ni toping. J: «Barmog‘im», «Ey to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim» 4. Gulxaniy qaysi taxallus bilan sheYlar yozgan? J: Jur’at taxallusi bilan 5. Bizgacha qaysi asarlari yetib kelgan? J: 0‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga atalgan 1 qasidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan 6. Zarbulmasal so’zi qanday ma’noni bildiradi? J: Zarbulmasal arabcha zarb va masal so‘zlari ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Zarbulmasal so‘zga maqol qo‘shib gapirish, o‘xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini bildiradi. Zarbulmasal boMish el og‘ziga tushish, afsona boMish, mashhur boMish ma’nolarida ham keladi 7. Gulxaniy kimlarni zarbulmasal qilgan? J: 0‘z davri va zamondoshlarini 8. Qaysi asar qahramonlari o‘z nutqlarida vaziyatga mos maqollarni keltiradilar, masal va hikoyatlarni so‘zlab beradilar? J: «Zarbulmasal»da 9. «Zarbulmasal»da qancha maqol, masal, hikoyatlar mavjud? J: 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq masal va hikoyat mavjud 10. Gulxaniy «Zarbulmasal» yozishda qaysi asarlardan foydalangan? J: Hind eposi «Kalila va Dimna», Jomiy ning «Silsilat uzzahab» asarlaridan 11. «Zarbulmasal» xalq orasida qanday nom bilan mashhur? J: «Yapaloqqush hikoyasi» nomi bilan 12. «Zarbulmasal»da Farg'ona iqlimida qaysi shohdan qolgan bir vayrona bor edi? J: Kayqubod degan podshohdan 13. Boyo‘g‘lining qizi kim edi? J: Gunashbonu ismli qiz 14. Kim Gunashbonuni o‘g‘liga olib bermoqchi bo’ladi? J: Yapaloqqush 15. Yapaloqqush o‘g‘lining ismi? J: Kulonkir sulton 16. Yapaloqqush kimni sovchilikka yuboradi? J: Ko‘rqushni 17. «Holo, bu turg‘onlaring navola do’stlari, piyola harif lari, taom yemakka hozir, maslahatga aqli qosir». Bu fikr kimlar haqida? J: Shoh atrofidagi Boyo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi amaldorlar haqida 18. «Zarbulmasal»da Gulxaniy qanday qushlarni qah ramon qilib oladi? J: Yirtqich, tunda ov qiladigan qushlarni 19. KoYqush xon saroyida aqlli, donishmand bo‘lgan uch toifa kishiga xalos bo‘lishlik yo‘qligini aytadi. Bu uch toifa kishilar kimlar edi? J: Olimi boamal ilmiga amal qiladigan olim, vaziri sohibi ra’y aqlu tadbir egasi bo‘lgan vazir, munshiyi rostnavis haqiqatni yozadi gan kotib 20. Sovchilikka ketayotgan Ko’rqush yo’lda kimga duch kelib, o’zaro munozara qiladi? J: Hudhudga 21. Sovchi Ko‘rqushga Boyo‘g‘li qanday javob bera di? J: Boyo‘g‘linikiga kelsa, u qarindoshlari bilan ken gashib, keyin javob bermoqchi bo‘ladi 22. Yapaloqqush kim orqali qushlar shohi Malikshohin dan suyunchi oladi? J: Do‘sti Sho‘ranul degan qarg‘a orqali 23. Kulonkir sulton kim edi? J: Malikshohinning pahlavoni 24. Kordon kim? J: Malikshohinning xazinachisi 25. Pahlavoni Kulonkir sultonning to’yini podshohlik hisobidan o’tkazib bermoqchi bo’lgan Malikshohin kimni to’y xarajatlarini aniqlash uchun Boyo’g‘linikiga jo‘natadi? J: Xazinachisi Kordonni 26. #Boyo’g‘li qizining qaliniga nechta vayrona so‘raydi? J: Mingta 27. Kordon Umarxon davrida mamlakat obod bo‘lib, vayronalar kamayganligi uchun uning sonini nechtaga tushirishni so’raydi? J: 600 taga 28. Kordon so’zining ma’nosi nima? J: Ishbilarmon 29. Boyo‘g‘li 600 vayronaga ko’nmagach, kim Boyo’glining yoniga kelib, Qo’qondan topilmasa ham, mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga va’da qiladi? Ko‘rqush 30. «Eshak o‘yini qirq yilda va yana it o‘yini bor anda». Ushbu parcha qaysi masaldan olingan? J: «Toshbaqa bilan chayon»dan 27. «Kabutar bilan zog‘«hikoyasida nima haqida hiko ya qilinadi? J: ehtiyot boMmagan zog‘ ovchining o‘qiga uchragani haqida 28. «Maymun bilan naj]or» hikoyasi nima haqida? J: Qolidan kelmagan ishni qilishga uringan may munning sharmanda bo‘lgani haqida 29. Najjor qaysi yurtdan edi? J: Kashmir elidan 30. Maymunning nima sababdan dumi uzilib qoladi? J: Najjorning ishini kuzatib turgan maymun ham uning unutib qoldirgan teshasini olib, o‘zicha ustachilik qilmoqchi bo‘ladi. Shu vaqt najjor kelib qola di. Maymunning dumi daraxt yorig‘iga qisilib qoladi va natijada dumini uzib qochishga majbur bo‘ladi 31. Najjor so‘zining ma’nosi nima? J: Duradgor 32. Ushbu satrlar qaysi hikoyatdan olingan? Aydi: Ulus ichra bu bir kasb erur, Kasbni kessang boshini, sab erur. J: «Maymun bilan najjor» hikoyasidan 33. «Tuya bilan bo‘taloq» masalida nima haqida? J: Erki o‘z qo‘lida bo‘lmagan kishining fojeasi haqi da 34. Sorbon qayerlik edi? J: Farg‘onadan 35. Nima uchun tuya bo’taloqni emizmaydi? J: Tuya ning bo‘talog‘i emgisi kelib onasidan sekinroq yurishni so‘raydi, lekin onasi bolasiga jilov boshqaning qo‘lida ekanligi, uning xayoli esa o‘z yo‘lida ekanini ta’kidlaydi 36. «Toshbaqa va chayon» masali nima haqida? J: Do‘st tanlashda adashmaslik kerakligi haqida 37. Sangpusht nima? J: Toshbaqa 38. Chayon qanday nomlanadi? J: Kajdum 39. «Toshbaqa va chayon» masalida chayon qanday nomlar bilan ataladi? J: Chayon, kajdum, aqrab 40. «Har kimi odati zamima bo’lur, Beirodat zuhur etar andin. Toshdin nish ayari yo‘q aqrab, garchi mundoq de mak ajab sandin» qit’asi qaysi asardan olingan? J: «Toshbaqa bilan chayon» masalidan 41. Toshbaqa tomonidan chayonga qarata aytilgan maqollar qaysilar? J: Ishonmagil do‘stingg‘a, somon tiqar po‘stingg‘a; Oshnongdan top 42. Toshbaqa qaysi yurtdan qayerga tomon yolga tushgan edi? J: Iroqdan Hijozga 43. «Dumsiz eshak» masalida eshak nima uchun yo lga chiqadi? J: 0‘ziga dum axtarib 40. Dumsiz eshak nima uchun qulog‘idan ayriladi? J: Bir ekinzorning o‘rtasidan o‘tayotganida bir deh qon uning ikki qulog‘ini ham kesib tashlaydi. Shunday qilib, dumsiz eshak dum axtarib, qulog‘idan ham ajraldi Yolg‘onchi tuya Tuyateva loyga yiqilib, ikki yoniga ag‘nab, dumigacha loyga botadi. Yolda unga tulki uchraydi. Undan qayerdan kelayotganini so’raydi. Tuya hammomdan kelayapman deb javob beradi. Tulki unga ha, hammasi ko’rinib turibdi, magar hammomchi o‘lgan bolsa kerak deydi. Naql. Ibrohimbek bog‘ida bir bog‘bon bor edi. U o‘zini zo‘r bog‘bon sanab, olti tup daraxtning ho‘l shoxini qurigan daraxtga payvand qiladi. Naql. Bir odamning do’ppisi suvda oqib ketadi. Harch and urinsa ham ololmaydi va yo‘qolgani yaxshi bo’ldi, o‘zi boshimga tor edi deydi. Naql. Bir zangi (qora tanli) yo‘lda oyna topib oladi. Qarasa o’z aksini ko‘radi va yaxshi oyna bo’lsa, ko‘chada yotarmidi deb uni otib yuboradi. Yodgor po‘stindo‘z. U juda maqtanchoq edi. 10 yoshimda Nuh payg‘ambar kemasini itarib yuborganman, 15 yoshimda Ibrohim (a.s.)ni o‘tga otayotganida men ham bor edim, 25 yoshimda Xoja Ahmad Yassaviy xonaqolariga loy tepib pishitganman der edi. Yodgorning Po’stin tikkanini ko‘rsangiz, chokidan barmoq o‘tar edi. Xaridorlar bu qan day tikish deb so’rasalar, musht o^tmasa, xo’b tikish deb javob beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling