Abituriyent tayyorlov markazi


ursang qo‘l, Borgan sari ochiladir ishtahang saning.”


Download 479.93 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi479.93 Kb.
#1467219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
16.12.2022 SAVOLLAR KITOBI

ursang qo‘l, Borgan sari ochiladir ishtahang saning.”, “O‘g‘lonlaring kelar ana ochishib quchoq, O‘g‘lonlaring meva
qadar bir shirinlikdir” singari dilbar baytlar yaratgan ijodkor nomi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) Shavkat Rahmon B) Oydin Hojiyeva
C) Halima Xudayberdiyeva D) Omon Matjon

  1. Men hazrat emas,

Men ham Temur deb atalmish oddiy bir banda. Mumkin edi allaqachon o‘lib ketishim
Ilon chaqib yo bo‘lmasa otdan yiqilib. Men o‘lmadim!
Meni mana ko‘rib turibsiz.
Boz ustiga fotix deya nom olgan zotman. Odam qovmi o‘z qismatin sahrolarida Tashnalikdan labi qaqrab tentiragan chog‘, Qultum suvdek kerak bo‘ldim, shekilli, unga. Cheksiz cho‘lda insoniyat karvoni tarqab
Bir-birlarini tepib,
Surib g‘ujgon bo‘lgan payt,
Men ularni ipga tizdim bir sarbon bo‘lib, Ko‘hna tarix oldidagi xizmatim shuldir. Sen kabilar bu karvonda adashgan tuya.
A.Oripov qalamiga mansub “Sohibqiron” dramasidan olingan ushbu parcha qaysi persanajga qarata aytilgan?
A) Ibrohim sultonga B) Muhammad Qovchinga
C) Amir Husayinga D) Ahmad Jaloyirga

  1. Temur va temuriylardan chiqqan barloslar Shayboniyxonning eng yomon ko‘rgan urug‘i edi. U Xusayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan, Sulton Ali mirzoga ham mulozim bo‘lgan, axiri mirzolardan aynib, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tgan edi. U Sulton Ali mirzoning harbiy sirlarini Shayboniyxonga aytib berib, Buxoro va Dabusiya qal’asining olinishiga ko‘maklashgani uchun xon uni yoqtirib qolgan edi. Ammo Nayman urug‘ining boshlig‘i Qambarbiy ichida uni: «Xiyonat yo‘li bilan obro‘ orttirgan beqaror turk!» deb yomon ko‘rar edi.

Ushbu parchada “Yulduzli tunlar” romanidagi qaysi qahramon haqida fikr yuritilgan?
A) Xo‘ja Yaxyo B) Yusuf Arg‘un
C) Ko‘pakbiy D) Muhammad Solih



  1. Sergey Yeseninning “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…” she’ri tahliliga oid ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?

  1. she’r yetti banddan tashkil topgan.She’rda rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi kuylanadi.Buni ochiq bildirish uchun “Tehron”, “She’roziy gilam”, “Rossiya”, “rus” so‘zlari maxsus qo‘llanadi.Bundan tashqari, she’r mazmunida Eron bilan Rossiyada ayollarga munosabat masalasidagi farqlar aytib o‘tiladi ham. Satrlardagi “choyxona”, “choy”, “tong yuzli dildor”, “shohi ro‘mol”, “ohu ko‘z”, “lolagun” so‘z-timsollari ham Sharqni eslatib turadi.

  2. she’rda hayotda chin do‘st topish mushkulligi, bu uning ko‘nglida dog‘lar qoldirgani, agar singlisining nozik qalbi ham toliqqan bo‘lsa, davosi –tinmoq, unutmoq ekani aytiladi.

  3. she’rda shoir Pushkinni, Lermantovni tilga oladi.Mantiqan o‘zini ularga qiyoslaydi. Pushkindan bir satr ham keltiradi:

Baxtlidir jomini ichib bo‘lmagan.

  1. Bog‘ asarning 1-2-3-4-bandlarida tilga olingan edi. Yana gap aylanib, shu boqqa bog‘lanadi. Shoir bir kun kelib singlisining erka bolalari ko‘klamlar shu bog‘da xuddi ular kabi o‘ynab yurganida bu dunyodan dalli devonalar o‘tganini xotirga olishar, deb umid qiladi.

  1. A. Navoiy ijodiga oid noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?

  1. Navoiyning o‘zbekcha ruboiylari “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni – “G‘ariyib us – sig‘ar”ga kiritilgan. Ularning umumiy miqdori – 133 ta.

  2. “Xazoyin ul-maoniy”ga yozilgan nasriy “Debocha” tarkibida naqd 30 ta ruboiy keltirilgan.

  3. A.Navoiy lirikasining 75 foizini g‘azal janri namunalari tashkil etadi.

  1. Navoiy Muhammad payg‘ambar alayhissalomning kuyovlari – hazrati Alining hikmatli so‘zlari jamlangan “Nasr ul -laoliy” (“Marvarid hikmatlar”) asarini she’rga solib tarjima qiladi.

  1. Berilgan qaysi baytda “chiroyli dalillash, sharhlash” ma’nosini anglatuvchi she’riy san’at qo‘llangan?

  1. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina.

  2. Qachon ul Yusuf Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik.

  3. Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.

  4. Za’faroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy kamzihur, Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang.

Matnni o‘qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.
Chumchuq o‘z meros uyini tashlab, laylak uyasining bir chekkasiga kirib oldi. uning bu ishidan hayron bo‘lganlar:

    • Sening laylak bilan nima munosabating borki, kichik tanang bilan bunday katta qushga qanday hamsoyalik qilasan va bir uyda turishga intilasan? – deb so‘radilar.

    • Men ham buni tushunaman, –dedi chumchuq, – ammo bilganimga rioya qilolmayman. Chunki men ilon bilan yonma-yon yashayman, ya’ni ilonga qo‘shniman. Har yili bola ochaman, jigar qonim bilan ularni parvarish qila boshlayman. Ammo ilon birdan hujum qilib, bolalarimni yeb ketadi. Men onaman, bolalarimning bunday yosh holida nobud bo‘lishiga chidab turolmayman, bu juda ayanchli azob, bunga chidashim qiyindir.

Bu yil uning g‘azabidan uzoqqa qochdim, ya’ni bu ulug‘ qush huzurida panoh topdim. Umidim shuki, u dodimga yetar. Har yili bolalarim ilonga yemish bo‘lar edi. Men laylakdan yordam istab keldim, zora mening bolalarimning kuni ilonning ham boshiga tushsa edi, .

  1. Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni toping.

  1. istiqomat qilmoq

  2. boshpana topmoq, himoyalanmoq

  3. qo‘shnichilik qilmoq

  4. zulm qilmoq

  1. Ajratib ko‘rsatilgan gap qaysi javobda matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom ettirilgan?

  1. ya’ni laylak ham ilonga yemish bo‘lsa edi

  2. ya’ni endi ilonning o‘zi laylakka yemish bo‘lsa edi

  3. ya’ni ilon yemishsiz qolsa edi

  4. ya’ni ilon insofga kelib, laylak bilan do‘stlashsa edi

  1. Berilgan qaysi xulosa ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi?

  1. Ojiz kishilar har doim ham himoyasiz qolib ketmaydilar, ularga yordam beruvchilar topiladi.

  2. Sendan ojiz kishilar har doim ham sening zulmingga chidab yashayvermaydilar.

  3. O‘zidan ojizlarga zulm qilgan kishilarga ham bas keluvchilar, kuchi yetadiganlar topiladi.

  4. Ikki ojiz kishi bitta kuchliga qarshi birlashib, uni mag‘lub etishi mumkin.


Download 479.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling