Abituriyent:
Download 198.5 Kb.
|
blok 2
BIologiya
31. Qaysi javobda bakra baliq haqida to'g'ri ma'lumot keltirilgan? A) Urg'ochilarda bitta urug'don, erkaklarida bir juft turumdon bo'ladi. B) Shartli reflekslari, instinkt deyiladi C) Jabra arteriyalaridan venoz qon qorin aortasi tomon oqadi. D) O'q skeleti tog'aydan iborat, Jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo'ladi. 32. Qaysi javobda sershox qirqbo'g'imning sporofitiga xos xususiyatlar ko'rsatilgan? 1) zigota hosil qiladi; 2) ildizpoyali o'simlik; 3) ko'p hujayrali jinsiy a'zoga ega; 4) gametofit nasl hisobiga oziqlanadi; 5) oziq modda to'playdi; 6) jinssiz bo'g'in hisoblanadi; 7) rizoidli o'simlik. A) 3, 5 B) 2, 6 C) 4, 7 D) 1, 3 33. Qaysi javobda organizmlarning ko'payish va rivojlanish jarayoni bilan bog'liq faqat to'g'ri mallumotlar ko' rsatilgan? 1) oq laylak va qaldirg'ochlarning tuxumidan ko'zi va quloq teshigi yumuq jish bola chiqadi; 2) sariq chayon tirik tug'ishi bilan butli o'rgimchakka o'xshaydi; 3) meduza va chuchuk suv gidrasi tanasining ikkiga bo'linish yo'li bilan ko'payadi; 4) kolorado qo'ng'izi va yashil bronza qo'ng'iz tuxumlarini kartoshka bargining ostiga qo'yadi; 5) oq planariya va ignatanlilar tanasining ko'p bo'laklarga bo'linish yo'li bilan ko'payadi; 6) oq planariya va yomg'ir chuvalchangining tuxumlari pilla ichida rivojlanadi. A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 1,5,6 D) 1,3,6 34. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A) molluskalar, lolasimonlar B) yassi chuvalchanglar, burchoqdoshlar C) olcha, g'ozsimonlar D) halqali chuvalchanglar, karamdoshlar 35. Kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug'lar berilgan javobni aniqlang. 1) zang kasalligi qo'zgatuvchisi; 2) vertisill; 3) leyshmaniya; 4) kuydirgi. A) 2,3 B) 3,4 C) 1,4 D) 1,2 36. Quyida nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) mansub hayvonlar keltirilgan? 1) jigar qurti; 2) qutb meduzasi; 3) qoramol tasmasimon chuvalchangi; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) zuluk; 6) omar; 7) kana; 8) iskabtopar; 9) qandala; 10) chivin A) a-9; b-10 B) a-5;b-9 C) a-5; b-10 D) a-4; b-8 37. Unayotganda nishi ikkita urug'palla bargi bilan yer yuzasiga chiqmaydigan o'simliklar ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) boychechak; 2) xolmon; 3) maxsar; 4) beda; 5) qo'ng'irbosh; 6) kanop. A) 2,5 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 2,6 38. Qaysi belgilari bilan boychechak qo'ng'irboshdan farq qiladi? 1) gulqo'rg'oni oddiy; 2) mevasi quruq; 3) urug'chisi 3ta urug'chibargning qo'shilishidan hosil bo'lgan; 4) ko’p urug,li quruq mevaga ega; 5) mevasi ko’sakcha; 6) qo'shimcha ildizga ega A) 2, 3,6 B) 3,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,6 39. Quyidagilardan lansetnik (a) va gorbusha (b) ga xos bo'lgan xususiyatlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) ayrish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat: 2) orqa suzgichi ortida yana bitta suzgichi bor: 3) nerv sistemasi tana bo’ylab ketgan nerv nayidan iborat; 1) yuragi ikki kamerali: 5) muskullari ikki yon tomonida tana bo’ylab uzun tasma shaklda joylashgan 6) ko’krak umurtqalari, qovurg’alar va to’sh suyagi ko’krak qafasini hosil qiladi. A) a-3,5 b-1,4 B) a-4,5 b-2,6 C) a-1,3 b-4,5 D) a-1,2 b-3,4 40. Jigar qurti (a) va askaridaga (b) xos xususiyatlarni aniqiang. 1) ichaklarining uchi berk; 2) qizilo'ngach va anal teshigiga ega; 3) oraliq xo'jayinga ega; 4) lichinkalari suvda rivojlanadi; 5) lichinkasi umurtqalilar organizmida parazitlik qiladi; 6) hayot siklida sista hosil qiladi; 7) lichinkasi va voyaga yetgani bitta organizmda parazitlik qiladi. A) a- 1, 2; b - 3, 7 B) a- 3, 6; b - 2, 7 C) a- 4,5; b-1,2 D) a-1,4; b- 3,6 41. Churrak (a), ilvirs (b), bo'g'ma ilon (c) mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyasida burmalar yo'q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko'p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi. A) a-1,4; b-3,5; c-2,6 B) a-1,5; b-3,6; c-2,4 C) a-2,6; b-3,5; c-1,4 D) a-3,5; b-1,6; c-2,4 42. Qaysi organizmlar rivojlanish davrida lichinkalik bosqichini o'taydi (a), qaysilari o'tamaydi (b)? 1) assidiya; 2) urchuqsimon kaltakesak; 3) kaklik; 4) korall polip; 5) sariq ilon; 6) ko'rgalak; 7) bolalar gijjasi; 8) dreysena. A) a-2,5; b-3,6 B) a-1,8; b-5,7 C) a-1,8; b-3,6 D) a-3,7; b-2,4 43. Timsohning qaysi belgilari faqatgina sudralib yuruvchilar sinfida bo'lmay, qushlarda ham uchraydi? 1) oyoqlari tanaga ikki yon tomondan birikkan; 2) nasliga g'amxo'riik qiladi; 3) o'pka bilan nafas oladi; 4) ichki urug'lanish kuzatiladi; 5) birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar; 6) kloakaga ega. A) 1,3,5 B) 2,5,6 C) 3, 4, 6 D) 1, 4 ,6 44. Quvida berilganlardan faqat zuhrasochga (a). faqat oksitropsga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo'lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi; 2) o'tkazuvchi sistemaga ega; 3) spermatozoidlar anteridiyda hosil bo'ladi; 4) tuxum hujavra murtak xaltada yetiladi; 5) urug'langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; 6) urug'lanish suvda amalga oshadi; 7) urug'i meva ichida yetiladi. A) a-5; b-3: c-1 B) a- 7; b -5; c- 2 C) a-3; b-4; c-2 D) a-1; b-6; c-7 45. Daryo qisqichbaqasi (a) va kulrang satir (b) ga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) nafas olish organi - traxeyalar; 2) uch juft yurish oyoqlari: 3) ikki juft mo'ylovlar; 4) nafas olish organi - jabralar; 5) uch juft jag'oyoqlar; 6) bir juft mo'ylovlar. A) a-3,4; b-2,5 B) a-4,5; b-3,6 C) a-3,4; b-2,6 D) a-2,4; b-1,5 46. Ko'p yillik o't o'simliklarni aniqlang. A) zig'ir, bug'doy B) qamish, andiz C) andiz, sholi D) zubturum, shirinmiya 47. Umurtqasiz (a) va umurtqali (b) hayvonlarda parazitlik qiladigan organizmlar ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) exinokokk; 2) leyshmaniya; 3) tripanosoma; 4) bezgak paraziti;5) jigar qurti lichinkasi; 6) baqachanoq lichinkasi; 7) asalari nozemasi. A) a- 6; b- 1, 4 B) a - 1; b- 3,6 C) a- 3; b- 5,6 D) a- 7; b- 2,3 48. Qaysi belgilariga ko'ra gulxayridoshlar oilasi ikki urug'pallalilar sinfiga kiradi? 1) gulqo'rg'oni oddiy; 2) gulqo'rg'oni murakkab; 3) poyasi kambiysiz: 4) poyasi kambiyga ega; 5) murtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz tezda nobud bo'ladi; 6) murtak ildizchasidan hosil bo'lgan asosiy ildiz uzoq saqlanib qoladi. A) 1, 4 B) 2,5 C) 3,6 D) 4,6 49. Suqsun qon aylanish sistemasining qaysi qismlari arterial qon harakatida ishtirok etadi? 1) o'ng bo'lmacha; 2) o'pka arteriyasi; 3) chap qorincha; 4) o'pka venasi; 5) aorta; 6) chap bo'lmacha; 7) o'ng qorincha. A) 3,4, 6 B) 2,6,7 C) 2, 4,7 D) 1,3,5 50. Quyidagi ma'lumotlardan xlamidomonadaga xos bo'lganlarini aniqlang. 1) qisqaruvchi vakuolaga ega; 2) xlorelladoshlar oilasiga mansub suvo't; 3) yorug'da suvni, mineral va organic moddalarni po'sti, orqali shimib oladigan yuksak o'simlik; 4) yadro, ko'zcha va xivchinlarga ega. A) 2,3 B) 3,4 C)1,4 D)1,2 51. Bargi murakkab tuzilgan, qiyshiq guili (a) va bargi murakkab tuzilgan, to'g'ri gulli (b) o'simliklarni ko'rsating. 1) yeryong'oq; 2) olma; 3) yantoq; 4) shirinmiya; 5) na'matak; 6) tamaki; 7) tuxumak; 8) beshyaproqli partenotsissus. A) a-6 b-8 B) a-3, b-2 C) a-1,b-5 D) a-1, b-7 52. Yuragi uch kamerali. ko'krak qafasi rivojlanmagan organizmlarni aniqlang. 1) salamandra; 2) gekkon; 3) kaltakesak; 4) qurbaqa; 5) forel. A) 1,3 B) 2,5 C) 4,5 D) 1,4 53. Hayvonot dunyosi vakillarida bitta hayvonga tegishli organlar to’g’ri juftlangan javobni aniqlang. 1) mantiya teri va bitta tasmasimon buyrak; 2) uchta lab va bachadon; 3) uch juft so’gal bezlari va bitta haltasimon o’pka; 4) yirik yadroli oraliq hujayralar va kiprikli epiteliy; 5) malpigi naychalari va teri sezgi organi; 6) bir juft urug’don, bitta tuxumdon va suzgich pufagi A) 1, 2, 6 B) 3, 5, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 4 54. Murakkab bargli, to'g'ri gulli, ho'l mevali (a) va oddiy bargli, qiyshiq gulli, quruq mevali (b) o'simliklarni aniqlang. A) a-na'matak; b-karam B) a- qora ituzum: b - beda C) a - olma; b - yeryong'oq D) a- beshyaproqli, partenotsissus; b – yantoq 55. Urug’lanish jarayonida generativ hujayraning ¼ qismi, spermiylarning 80% i qatnashib 60 ta urug’ hosil bo’ldi jami qancha vegetativ hujayra hosil bo’lgan. A) 200 B) 100 C) 300 D) 400 56. Oddiy bargli, to'g'ri gulli, quruq mevali (a) va murakkab bargli, qiyshiq gulli, quruq mevali (b) o'simliklarni aniqlang. A) a- olma; b - yeryong'oq B) a - lola; b - shirinmiya C) a-karam; b-yantoq D) a - madaniy tok; b – beshyaproqli partenots'issus 57. To’g’ri fikrni to’ping. A) jigar qurti oraaliq ho’jayini tanasiga sista holatida kiradi B) qoramol tasmasimon chuvalchangi qoramol ingichka ichagiga qo’yadi C) jigar qurti tuxumidan suvda kiprikli lichinka rivojlanadi D) odam askaridasi lichinkasi tuxum nam tuproqqa tushgandan so’ng tuxumdan chiqadi 58. Hakka haqidagi tog’ri ma’lumotlarni aniqlang. A) katta ko’krak muskullari qisqarganda qanotlar ko’tariladi, ilik suyagi bir nechta suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’lgan B) zog’cha bilan bir sinfga, qaldirg’och bilan bir turkumga mansub C) miyachasi burmalarni hosil qiladi, havo pufaklariga kirgan havo tanani isitib turadi D) bel, dumg’aza, dum umurtqalari qo’shilib yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi, orqa oyoq kamari ko’krak tirgak, kurak va o’mrov suyaklaridan iborat 59. Afsonak va astragal o'simliklari qaysi xususiyatlariga ko'ra bir bo'limga (a), bir sinfga (b) va bir oilaga (c) birlashtiriladi? 1) gutlari qiyshiq, ikki jinsli; 2) meva hosil qiladi; 3) changchilari 10 ta; 4) murtagi ikki urug'pallali; 5) ildiz tizimi asosiy va yon ildizlardan iborat; 6) barglari novdada ketmaket o'rnashgan; 7) barg yaprog'i patsimon yoki panjasimon tomirlangan; 8) o'tkazuvchi naylarga ega; 9) gulli o'simlik. A) a-2,8; b-4,9; c-5,6 B) a-5,8; b-1,7; c-2,6 C) a-2,9; b-4,7; c-1,3 D) a-8,9; b-4,6; c-3,7 60. Bitta turkumga mansub bo’lgan issiqqonli hayvonlarni to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1) faeton chumolisi va sariq ari; 2) hakka va chittak; 3) qoraqurt va eshakqurt; 4) triton va salamandra; 5) jayra va norka; 6) bo’rsiq va suvsar; 7) ilvirs va oq ayiq A) 1, 5, 6 B) 2, 4, 5 C) 2, 6, 7 D) 1, 2, 4 Kimyo 61. Tarkibida 48 g kislorod bo’lgan havo n.sh da tarkibida 56 g azot bo’lgan havo hajmidan necha marta katta? A) 1,5 B) 2 C) 3 D) 4 62. Qaysi javobda berilgan elementlar EO tarkibli oksid, E(OH)2 tarkibli gidroksid hosil qila oladi? A) temir, magniy, kaliy B) bariy, uglerod, mis C) kalsiy, bariy, mis D) rux, temir, alyuminiy 63. Tarkibida 50% kislorod bo’lgan oksid tarkibidagi metallning ekvivalent molyar massasini aniqlang. A) 16 B) 8 C) 32 D) 9 64. Teng massada olingan sulfit angidirid va kislorod reaksiyasida 6 g modda ortib qolgan bo‘lsa,reaksiyadan hosil bo‘lgan sulfat angidrid massasini (g) aniqlang. A) 10 B) 15 C) 5 D) 20 65. N2 + xO2 aralashmasining qaldiroq gazga nisbatan zichligi 2,5 ga teng bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang. A) 3 B) 4 С) 1 D) 2 66. Ekvimolar nisbatda olingan X2 va Y2 reaksiyasidan X2Y3 hosil bo‘lib, 2 mol modda ortib qoldi. Bunga ko‘ra necha mol X2Y3 olingan? A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 67. Qaysi moddalarning suvda erishi kimyoviy hodisa hisoblanadi. 1) osh tuzi 2) natriy oksid 3) stronsiy 4) kumush xlorid 5) shakar 6) qo’rg’oshin sulfid A) 1,2 B) 3,5 C) 2,3 D) 4,6 68. 0,2 mol B2O3 va 0,4 mol KClO3 dagi atomlar sonning nisbatini aniqlang. A) 1:3 B) 1:2 C) 2:3 D) 1:1,3 69. Quydagi berilganlarning atomlari sonlari nisbati qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1) 1 mol kaliy 2) 1 g vodorod 3) 3.01*1023 ta azot molekulasi A) 3>1=2 B) 2>1=3 C) 1=2=3 D) 1=2>3 70. Geliy bilan qaysi gaz teng massada aralashtirilsa, molyar massa 7,0 g/mol bo‘ladi? A) metan B) kislorod C) fosfin D) azot 71. II valentli metall ortofosfatning molar massasi uning oksidining molar massasidan 5 g/mol ga kam. Metall oksidi formulasini ko‘rsating. A) Mn2O3 В) Сr2О3 C) Al2O3 D) Fe2O3 72. Kalsiy karbonatning necha grammida 12 g kislorod mavjud? A) 30 B) 20 C) 25 D) 40 73. Suv moddasi 270 K da qanday xossalarga ega? (P = 1 atm). 1) hajmi o‘zgarmas; 2) shakli o‘zgaruvchan; 3) hajmi o‘zgaruvchan; 4) shakli o‘zgarmas. A) 3, 4 B) 2, 3 С) 1, 4 D) 1, 2 74. x mol CaCO3 parchalanganda hosil bo’lgan oksid massasi parchalanmay qolagan ohaktosh massasidan 22 g ga kam reaksiya unumi 50% bo’lsa qancha x ni aniqlang. A) 2 B) 1 C) 3 D) 1,5 75. Noma’lum gazning zichligi is gazining zichligiga teng. Noma’lum gaz quyidagilardan qaysi bir (lar) i bo‘lishi mumkin? 1) NO 2) С2H4 3) N2 4) С2H6. A) faqat 4 В) 1, 4 C) 2, 3 D) faqat 1 76. Agar noma’lum metall kislorod bilan faqat Me2O3 tarkibli oksid hosil qilsa, quyidagi qaysi formula to‘g‘ri yozilgan? 1) Me(HSO4)2 2) MePO4; 3) MeSO4 4) Ме(H2РO4)3 A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4 77. Ikki elementning protonlari soni x-1 ga, neytronlar soni esa x+1 ga farq qilsa, atom massasali farqi qanday ifodaga to’gri keladi. A) x2+1 B) 2x+1 C) 1 D) 2x 78. Kislotali oksidlarni toping. 1) CO2 2) Na2O 3) NO 4) SO2 5) FeO 6) ZnO 7) CO 8) Al2O3 A) 1,4 B) 2,5 C) 3,7 D) 6,8 79. Teng miqdorda olingan malaxit va qizilqon tuzi tarkibidagi atomlar soni nisbatini ko’rsating. A) 2,5:4 B) 3:5 C) 2:5 D) 1,5:3 80. Havo (φ(O2) = 0,2) va kislorod 1:3 hajmiy nisbatda aralashtirildi. Olingan aralashmada 0,8 NA azot molekulalari mavjud bo‘lsa, kislorod miqdorini (g) hisoblang. A) 102,4 B) 128 C) 96 D) 12 81. 0,025 mol Na2CO3 ⦁ nH2O kristallogidrati tarkibida 0,6 ⦁ Na dona atom mavjud bo‘lsa, n ning qiymatini toping. A) 8 B) 7 C) 5 D) 6 82. 32 g silanni yondirish uchun qancha (g) havo sarflanadi? A) 29 B) 64 C) 290 D) 128 83. Teng massada olingan geliy va metandan iborat aralashmadagi metanning hajmiy ulushini aniqlang. A) 1/3 В) 1/4 C) ½ D) 1/5 84. А12(ХО3)3 tarkibidagi noma’lum elementning ekvivalent massasi 32 ga teng bo‘lsa, birikmaning molar massasini (g/mol) aniqlang. A) 582 B) 640 C) 630 D) 570 85. O‘zgaruvchan valentlikka ega metallar keltirilgan javobni belgilang. А) С, Сu, Cr B) S, P, N C) Ag, Se, Fe D) Сu, Fe, Co 86. Kislotali oksid, nordon tuz, ishqor berilgan javobni belgilang. A) MnO2; NaHS; KOH B) P2O5; NaHSO4; Be(OH)2 C) SO3; CaOHCl; Mg(OH)2 D) СrО3; KHCO3; Sr(OH)2 87. Quyidagi elementlardan nechtasi bir nechta oddiy modda tarkibida bo‘ladi? kislorod, uglerod, yod, ftor, oltingugurt, brom, fosfor. A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 88. Bir xil massada olingan qaysi gazlarning hajmi (n.sh.) o‘zaro teng bo‘ladi? 1) CO2 2) SO2 3) N2 4) N2O 5) Ar 6) Ne. A) 2, 5 B) 3, 6 С) 1, 2 D) 1, 4 89. Gazlar aralashmasida neonning bitta molekulasiga kislorodning ikkita molekulasi to‘g‘ri keladi. Aralashmaning butenga (C4H8) nisbatan zichligini toping. A) 2 В) 3 C) 1/3 D) 1/2 90. Ichimlik sodasini formulasi qanday? A) AgNO3 B) K2CO3 C) Na2CO3 D) NaHCO3 Download 198.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling