Abituriyentlar uchun
-6 -sinf botanika: “BERUNIY” ATM
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Botanika5-6
5-6
-sinf botanika: “BERUNIY” ATM D. Sultonov tayyorlov kursi 22
7. Oddiy qarag’ay (a) va archa (b) uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) tez o’sadi; 2) sekin o’sadi; 3) tanasi, bargining tuzilishi bilan sharq sauriga o’xshaydi; 4) 1 uyli; 5) ikki uyli; 6) O’zbekistonda tabiiy holda o’sadi; 7) O’zbekistonda tabiiy holda o’smaydi; 8) toshloq yerda o’sadi; 9) urug’idan yaxshi o’sadi; 10) tangachalari qubbada halqa hosil qilib o’rnashgan. A) a-2,3,5; b-2,5,7 B) a-1,7,9; b-3,5,6,8 C) a-1,3,5,9; b-2,3,5,6 D) a-3,4,10; b-5,6,8
8. Yopiq urug’lilarga xos xususiyatlarni belgilang. 1) chang hujayrasi mavjud; 2) tuxum hujayra arxegoniyda yetiladi; 3) tuxum hujayra murtak haltada yetiladi; 4) urug’i qubbada yetiladi; 5) urug’i meva ichida yetiladi; 6) qo’sh urug’lanish kuzatiladi; 7) gul hosil qiladi; 8) bennetit turkumini o’z ichiga oladi. A) 2,5,7,8 B) 1,2,4,8 C) 1,3,5,6,7 D) 1,3,4,6
9. Ikki urug’pallali o’simliklar gulqo’rg’oni bir urug’ pallali o’simliklar gulqo’rgonidan qaysi jihatlardan farq qiladi? A) ko’pincha gulqo’rg’oni murakkab, gulqo’rg’on bo’laklari halqada 4-5 tadan o’rnashgan bo’ladi B) gulqo’rg’oni murakkab va gul bo’lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo’ladi C) gulqo’rg’oni oddiy va gul bo’lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo’ladi D) ko’pincha gulqo’rg’oni oddiy va gul bo’lakchalari bir halqada o’rnashgan bo’ladi
10. Suv qirqqulog’ining ikki tomonida o’rnashgan barglari …, suv ichidagi barglari ….tuzilgan. A) yassi, lentasimon B) yaxlit, yassi C) patsimon, ipsimon D) yassi, ipsimon
11. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining hayotiy shakli? A) daraxt va buta B) daraxt C) yarim buta D) barchasi
12. Yopiq urug’li o’simliklarning boshqa o’simlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo’lishi sabablarni ko’rsating. 1) urug’idan ko’payishi; 2) turli yo’llar bilan changlanishi; 3) qo’sh urug’lanishi; 4) urug’ining meva ichida yopiq bo’lishi; 5) ko’pchili-gida urug’ining meva orqali tarqalishi; 6) urug’lanishning suvga bog’liqligi; A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 1,3,5,6 D) 1,4,5,6
13. Qarag’ay murtagidan nima hosil bo’ladi? A) endosperm B) urug’ C) meva D) nish
14. Qarag’aylar qaysi mintaqalarda tarqalgan? A) tropik mintaqada B) subtropik yarimsharda C) shimoliy yarimsharda D) shimoliy qutbda
15. Manzarali “sharq sauri” qaysi jihatdan archaga o’xshaydi? A) qubbalari va shoxlanishi bilan B) poyasi va pishgan qubbarini notekis choklar orqali ochilishi C) tana va boshoq tuzilishi bilan D) t.j.y
16. Qarag’ayning changchili qubbalari qanday shakldagi to’pgul hosil qiladi? A) boshoqsimon B) spiralsimon C) tangachasimon D) qalqonsimon
17. Qarag’ayning urug’chi tangachalari qayerga birlashadi? A) qubba bandiga B) tangachalar uchi o’zaro birlashadi C) qubbaning o’rtasidagi o’qqa D) t.j.y.
18. Qarag’ayning urug’chi tangachalarida nima joylashadi? A) 2 ta urug’kurtak B) murtak C) urug’hujayra D) spiralsimon hujayra
19. Qarag’ayning qubbalar o’rtasidan o’tadigan o’qda tangachalar qanday shaklda joylashgan? A) spiral B) aylana C) halqa D) parallel
20. Sharq saurini oddiy archadan farqi nima? A) yosh novdalarning o’ziga xos shoxlanganligi B) pishgan qubbalarning notekis choklar orqali ochilishi C) manzarali o’simlik sifatida ekilishi D) barchasi
21. Qiqquloqlarning sporasi o’sib.,. hosil qiladi. A) sporafit B) gametofit C) sporangiya D) qisqabandli sporangiyband
22. Qirqquloqning gametofitiga xos xususiyatni aniqlang. 1) bir jinsli; 2) ikki jinsli; 3) rizoidli; 4) yuraksimon; 5) yashil plastinkaga o’xshaydi; 6) ildiz, poya va bargi bor. A) 1,3,4 B) 3,4,5 C) 3,4,6 D) 2,5,6
23. Archaning urug’chi qubbasi pishib yetilganda qanday mevaga o’xshab qoladi? A) rezavor B) qo’zoq C) dukkak D) soxta meva
24. Qiqquloqlarning ko’payish va rivojlanish tartibini ko’rsating; 1) qirqquloq o’simligi; 2) yuraksimon yashil plastinka; 3) soruslar; 4) spora; 5) jinsiy hujayralar; 6) murtak; 7) zigota A) 1,3,4,2,5,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,3,4,2,5,6 D) 3,4,5,6,7,1,2
25. Qaysi o’simlikning bargi keng nashtarsimon, ikki-uch karra patsimon bo’ladi? A) zuxrasoch B) suv qirqqulog’i C) beshyaproqli partenotsissus D) shoyi akatsiya
26. Suv qirqqulog’ining sporalari qaysi oyda yetiladi? A) iyun-iyul B) avgust sentabr C) sentabr-oktabr D) iyul-avgust 27. Urug’lanishdan keyin archaning urug’chi qubbalarida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? a) qubba, tangachalari tez o’sadi, yo’g’onlashadi, smola ajratadi; b) tangachalar bir-biri bilan qo’shilib, qubbani o’rab turuvchi etdor po’stga aylanadi; c) qubbalarning bir nechtasi qo’shilib, yiriklashadi; d) qubbalar smola ajratib, choklar orqali ochiladi va chang qubba ichiga kiradi. A) a,c B) a, b C) c, d D) a, d
28. Qirqquloqlarning gametalari, ya’ni jinsiy hujayralari nima yordamida tuproqqa yopishib turadi? A) rizoid bilan B) tuproqqa yopishmaydi C) qo’shimcha ildiz bilan D) asosiy ildiz bilan
29. Yopiq urug’lilarning hukmron bo’lishiga sabab? 1) urug’ining yaxshi, sog’lom, rivojlanishi; 2) urug’ini tez va oson tarqalishi; 3) mevasi ochiq holda tarqalishi; 4) o’sishi xususiyatini tez yo’qotmasligi tufayli; 5) o’sish xususiyatini tez yo’qotishi A) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4
30. Yopiq urug’li o’simliklarning gulkosachabarg va gultojbarglari halqada nechtadan joylashgan? |
ma'muriyatiga murojaat qiling