Mavzu: dunyo tillari guruh: m 101 Bajardi: Sultanov D. Tekshirdi: Mirzakarimova Z


Download 0.82 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1277757
Bog'liq
DUNYO TILLARI


Mavzu: DUNYO TILLARI
Guruh: M - 101
Bajardi: Sultanov D.
Tekshirdi: Mirzakarimova Z.
DUNYO TILLARI VA O'ZBEK TILI
Dunyoda so‘z jihatidan eng badavlat til arab va ingliz tillari hisoblanadi. Ingliz tili hisobida ikki yarim milliondan ortiq, arab tili hisobida esa uch yarim milliondan ortiq lug‘at boyligi bor. O‘zbek tili zaxirasi taxminan 1 400 000 – 1 600 000 atrofida so‘zga ega ekan. Bu ma’lumotlar, albatta, ijtimoiy sohalarga nisbatan olingan, xolos. Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til; shuningdek, qaysi tilda shakldoshlar – omonim so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til kambag‘al tillar sirasiga kiradi, deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida „qor“ so‘zining 20 xil sinonimi mavjud. Arab tilida esa „cho‘l“ so‘zining 100 dan ortiq varianti bor.

Dunyo tillari va tillar tasnifi Reja:

  • Dunyo tillarining qiyoslanishi.
  • Qarindosh tillarning munosabati.
  • Til oilalari
  • Turkiy tillarni o’rganishda rus olimlarining xizmati.
  • Turkiy tillarning qiyosiy-tipologik xususiyatlari.

Tayanch tushunchalar:

Qardosh va qardosh bo’lmagan tillar

  • So’z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha yaqin bo’lgan tillar bo’lsa, bir umumiy o’zakli tildan kelib chiqqan bo’lsa bunday tillar qardosh tillar deyiladi.
  • Grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo’lgan tillar guruhi til oilasi deyiladi.

Umumiy ma’lumotlar:

Qardosh bo’lmagan tillar ba’zi tillarning so’z boyligida alohida so’zlarning ma’no jihatidan o’xshashlik hodisalari uchrashi mumkin.Bunday hodisa bir tilga qarindosh bo’lmagan boshqa tildan kirgan so’zlar uchraydi.Masalan,o’zbek tiliga arab tilidan: oila, maktab, lug’at, kitob singari; rus tilidan samovar, mashina, stol, stul, choynak kabi anchagina so’zlar o’zlashgan.

Turkiy tillar oilasi.


O’zbek
Uyg’ur
qozoq
Qirg’iz
Tatar
Boshqird
Ozarbayjon
turkman

Hozirgi vaqtda til tarixi o’rganilib bir-biri bilan qardosh ekanligi aniqlangan tillar oilasi quyidagilardan iborat:

I. Hind-Yevropa,

II. Ugor-fin,

III. Turkiy,

IV. Xom-som

Hind-Yevropa tillari oilasi


Hind guruhi
Slavyan guruhi
Boltiq guruhi
German guruhi
Roman guruhi
Dog’iston guruhi
Eron guruhi

Ugor-fin tillar oilasi

  • UGOR TILLARI
  • A)venger(mojor)tili.
  • B)mansi tili.
  • V)xanti tili.
  • FIN TILLARI
  • A)fin tili.
  • B)eston tili.
  • V)komppermyak tili.
  • G)komi-ziryan tili.
  • D)Udmurd tili.
  • E)mari tili

Turkiy tillar oilasi


a)Ozarbayjon tili
b)Turk (usmonli turk) tili
v)Turkman tili
g)o’zbek tili
d)Qozoq tili

Flektiv tillar haqida

Hind –yevropa tillari flektiv tillaridir. So’zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so’zning dastlabki shakli ham negiz va qo’shimchalarga bo’linadi, natijada o’zak-negiz mustaqil hisoblanadi.

Flektiv tillarga so’z yasovchi va so’z o’zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos.Bunda o’zak-negizda tovush almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi.

Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o’zgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko’proq unli tovush o’zgarsa, rus tilida ko’proq undosh tovushlarning o’zgarishi kuzatiladi.


-chi
    • ishchi
    • gulchi

-don
    • guldon
    • bilimdon

-m
    • To’plam
    • chidam

Savollar:

1.Til oilasi deb nimaga aytiladi?

2. Qarindosh tillar deb nimaga aytiladi?

3.fin-ugor tillari qanday guruhlarga bo’linadi?

4.Turkiy tillar oilasiga qaysi tillar kiradi?

FSMU texnologiyasi


Dunyo tillarining amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
F-fikringizni bayon eting
S-sabab keltiring
M-misol asosida fikringizni izohlang
U-fikrlarni umumlashlashtiring

Asosiy adabiyotlar:

  • 1. M.Qoshg’ariy. «Devonu lug’otit turk».tom. 1,11,111, va Indeks lug’at. T,1960-63-67.
  • 2. Qo’chqortoev I. Isabekov B. «Turkiy filologiyaga kirish». T, 1984.
  • 3. Ne‘matov H. Ahmatov N. «O’zbek tilining tarixiy leksikologiyasi». Buxoro. 1987.
  • 4. Tursunov U. va boshqalar. «O’zbek adabiy tili tarixi». T. 1995.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling