Abralov, N. S. Dunyashin
Download 4.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorod bilan kesish sxemasi
- Kislorod-flyus bilan kesish sxemasi
K islorod bilan kesish.
P oiatn i kislorod bilan kesish temirning sof kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan, bunda temir poiatning erish haroratiga yaqin, ya’ni 1 2 0 0 - 1400°C ga qadar qizdiriladi (8.5- rasm). Kesayotganda metall gaz-kislorod alangasida qizdiriladi. Yonilg'i sifatida atsetilen, propan-butan, piroliz, tabiiy, koks va shahar gazlari hamda kerosin bug1 lari ishlatiladi. 8.5-rasm. Kislorod bilan kesish sxemasi: 1 - mundshtuk; 2 - kesuvchi kislorod; 3 - kesilayotgan metall; 4 - qizdiruvchi alanga; 5 - shlak. Metall kesishdan oldin qizdiriladi. So'ngra qizdirilgan joyga kesuv chi kislorod oqimi yo‘naltiriladi hamda kesgich rejalangan kesish chizig‘i bo‘yicha surib boriladi. Metall butun tunuka qalinligi baravarida yonib, orada tor tirqish hosil qiladi. Temir kislorodda kislorodning kesuvchi oqimi yuzasiga chegaradosh b oigan qatlamlaridagina jadal yonadi. Kislorod oqimi metall orasiga juda kam chuqurlikda kiradi. 1 kg temimi yonishi uchun yonganda qanday oksid (FeO yoki Fej 0 4 ) hosil bo'lishiga qarab nazariy jihatdan 0,29 m3 dan 0,38 m3 gacha kislorod talab qilinadi. Amalda kislorod nazariy hisobga nisbatan ancha ko‘p yoki oz sarf bo‘lishi mumkin. 114 Chunki shlaklarda ikkala oksid turli nisbatlarda bo‘ladi, metalning bir qismi kesimdan erigan holatda chiqarib yuboriladi. Kislorodning bir qismi suyuq metall va shlakni puflab chiqarishga sarflanadi, shuningdek atrof-muhitga sachrab yo‘qoladi. Kesish uchun tozaligi 98,5 - 99,5 % kislorod ishlatiladi. Kislorod tozaligi past b o isa, kesish tezligi kamayadi, va kislorod ancha ko‘p sarflanadi. Masalan, kislorod tozaligi 99,5 dan 97,5 foizgacha boiganda tozaligining bir foiz kamayishi bilan 1 m ga sarflanadigan kislorod miqdori 2 5 - 3 5 %, kesish vaqti esa 10 - 15 % ortadi. Bu hoi ayniqsa, qalin po‘latni kesishda yaqqol seziladi. Tozaligi 98 % dan kam b o ig an kislorod ishlatilmagani ma’qul, chunki kesish yuzasi ko‘ngildagidek toza chiqmaydi, unda chuqur o ‘yiqlar va juda qiyin ajraladigan shlaklar hosil boiadi. Kislorod-flyus bilan kesish. Ko‘p legirlangan xromli va xrom- nikelli poiatlar kislorod bilan odatdagidek kesilganda qiyin eriydigan xrom oksidlarini hosil qiladi. Bu oksidlaming pardalari metall zarrachalarini qoplab olib, metalining kislorod oqimida yonishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham bunday poiatlar kislorod-flyus bilan kesiladi. 8.6-rasm. Kislorod-flyus bilan kesish sxemasi Flyus o'm iga donalari 0,1 - 0,2 mm b o ig an temir kukun ishlatiladi. Kesishda temir kukunning kislorodda yonishi natijasida qo‘shimcha issiqlik ajralib chiqadi va kesiladigan joy harorati oshadi. Natijada hosil b o igan qiyin eruvchan oksidlar suyuq holatda qoladi va temiming yonish mahsulotlariga qo‘shilib, osongina chiqarib tashlanadigan oquvchan suyuq shlaklar hosil qiladi. Kesish jarayoni normal tezlikda o'tadi, kesilgan joy yuzasi toza chiqadi. Cho‘yanni kislorod bilan flyussiz kesish ham ancha qiyin, chunki cho‘yanning erish harorati temiming kislorodda yonish haroratidan past va 115 cho‘yan kislorodda yonmasdan oldin eriy boshlaydi. Cho‘yan tarkibidagi kremniy qiyin eriydigan oksid parda hosil qiladi. Bu parda kesish jarayonining normal o‘tishiga to'sqinlik qiladi. Uglerod yonganida uglerodning gazsimon oksidi hosil bo'ladi. Bu oksid kesuvchi kislorodni ifloslantiradi va kesish joyida temiming yonishiga to‘sqinlik qiladi. Rangli metallar (mis, latun, bronza) ning issiqlik o'tkazuvchanligi nihoyatda yuqori bo‘lib, kislorod bilan oksidlanganida kesilayotgan joyda metalning yonishini davom ettirish uchun yetarli bo‘lmagan issiqlik ajralib chiqadi. Bunday metallami kislorod yordamida kesganda ham kesish jarayoniga to'sqinlik qiluvchi qiyin eriydigan oksidlar hosil bo‘ladi. Shu sababli cho‘yan, bronza va latunni flyuslar yordamidagina kesish mumkin. Cho‘yanni kesishda kukunga ferrofosfor qo‘shiladi. Cho‘yanni kesish tezligi zanglamaydigan po‘latni kesish tezligidan 5 0 - 5 5 % kam bo‘ladi. Mis va bronzani kesishda flyusga ferrofosfor va aluminiy qo‘shiladi, metall esa 200 - 400°C ga qadar qizdirib kesiladi. Nayzali kesish. Nayzali kesish 8 0 0 -1 2 0 0 mm qalinlikdagi po'lat detallarni hamda temir betonlami kesishda qo'llaniladi. Kislorodli nayza - p o ‘lat quvurcha orqali kislorod o'tadi. Nayzaning ishchi qismi 1350 - 1400°C haroratgacha oldindan qizdirilgandan so‘ng kislorod uzatilsa asta-sekin oksidlanishni (yonishni) boshlaydi, shu tariqa yonish harorati 2000°C gacha oshirib boriladi. Nayzani yoqishdan oldin kislorod bosimi uncha katta olinmaydi. Nayzaning ishchi qismi alangalanishidan so‘ng uni kesiladigan metall yuzasiga yaqinlashtiriladi va alangani metalga to‘liq botirgandan so‘ng kislorod bosimini talab etilgan ishchi qiymatigacha ko‘tariladi. Shu tariqa davriy ravishda qaytma-ilgarilanma (100 —200mm amplituda bilan) va aylanma (ikki tomonga 1 0 -1 5 ° burchakka) harakat bajariladi. Metalda teshik ochish jarayonida nayzaning yon tomonini doimo ishlov berilayotgan metallga bosib turish kerak, faqat qaytma-ilgarilanma harakatda qisqa vaqtga ajratib turiladi. Yonish jarayonida nayza borgan sari kaltalashib boradi. Teshik ochish jarayonida hosil bo‘lgan shiaklar kislorod va gaz bosimi bilan nayza quvurchasi va ochilayotgan teshik devori orasidan tirqishga chiqariladi (8.7-rasm). Hosil bo‘lgan teshik taxminan dumaloq shaklga ega bo‘ladi. Gaz bilan changlatish. Gaz bilan changlatish jarayoni quyidagicha kechadi. Metallashgan apparatning changlatitsh kallagiga changlatuvchi metallning metall simi to‘xtovsiz uzatilib turiladi, ular atsetilen-kislorod yoki propan-kislorod alangasi yordamida eritiladi. Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling