Abralov, N. S. Dunyashin
i l l 8.3-rasm. Gaz-press bilan payvandlash
Download 4.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz bilan eritib qoplash
i l l
8.3-rasm. Gaz-press bilan payvandlash Gaz bilan eritib qoplash. Eritib qoplash deb, payvandlash yorda mida buyum sirtiga metall qatlamini qoplashga aytiladi. Odatda, eritib qoplangan qatlam karbidlar qattiq doiraning mayda zarrachalaridan iborat nomuvozanat strukturaga ega. Karbidlaming tarkibiga qarab alohida xossali (yeyilishga chidamli, kislotabardosh, olovbardosh, anti- friksion va boshqalar) suyuqlantirilgan qoplam hosil qilish mumkin. Bunday eritib qoplashdan buyumlami ta’mirlash va tayyorlashda foydalaniladi. Eritib qoplashda payvandlashdan farqli ravishda asosiy metall uncha chuqur suyuqlanmasligi tufayli uning ozgina miqdori jarayonda qatna- shadi, shu sababli buyumning ichki kuchlanishlari va deforma- tsiyalanishi, darzlar hosil qilishga moyilligi nisbatan kichik bo'ladi. Eritib qoplangan qatlam tarkibiga legirlovchi elementlar kiritib, uning berilgan alohida xossalarini hosil qilishga erishiladi. Eritib qoplashda suyuqlantirib qoplangan metallning kimyoviy jihatdan bir jinsli tarkibini, binobarin, eritib qoplanadigan detaining butun yuzasida uning xossalarini hosil qilish ayniqsa muhimdir. 8.4-rasm. Gaz bilan eritib qoplash 112 Eritib qoplashda talab etilgan erish chuquriligiga erishish uchun asosiy va qo‘shimcha metalni qizish darajasini rostlab olish lozimdir. Bunga erishish uchun gaz alangasini q o ilash maqsadga muvofiq boiadi va ushbu gaz alangasi yordamida eritib qoplash usulining afzallik tomoni ham shundadir (8.4-rasm). Gaz kislorodli alanga ham erigan metalni atrof-muhitdan, kisloroddan oksidlanishining oldini oladi va erigan metall tarkibiga kiruvchi (talab etilayotgan xususiyatni ta’min- lovchi) elementlami uchib ketishining oldini oladi. Gaz bilan eritib qoplash kamchiliklari - elektr yordamida qizdirish usullariga nisbatan ish unumdorligi ancha past va asosiy metallga termik ta’siri katta. Gaz bilan kavsharlash. Kavsharlash - bu metallami ajralmas birikma hosil qilish uchun qo‘shimcha oson eruvchi metalini (kavshami) eritib (asosiy metall erimasdan) birikma hosil qilishdagi texnologik jarayonga aytiladi. Kavsharlashni uchta bir vaqtda bajariladigan jarayonlar to‘plami deb ko'rish mumkin: 1) kavsharlanayotgan metalni kavshar erish haroratiga- cha qizdirish; 2) kavshami erishi, kavshar va kavsharlanayotgan metal- ning o‘zaro diffuziyalanishi, chok metalini kristallanishi; 3) kavshami kavsharlanayotgan metall bilan o'zaro ta’siri va kristalitlararo shakllar hosil bo‘lishi. Kavsharlash nafaqat bir xil materiallami, balki turli metall va qotishmalami yuqori sifatli birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Issiqlik manbai sifatida gaz bilan kavsharlashda gaz kislorodli va gaz havoli alanga ishlatiladi. Kavsharlashning ikki asosiy usuli ajratiladi: yuqori haroratli va past haroratli (ГОСТ 17327-71). Yuqori haroratli kavsharlashda kavshami erish harorati 550°C dan yuqorini tashkil etadi, past haroratli uchun - 550°C dan past b o ig an haroratda eritiladi. Yuqori haroratli kavsharlash da birikmaning mustahkamlik chegarasi 500 MPa ni tashkil etadi; past haroratlida bu miqdor 50 — 70 MPa dan oshmaydi. Yuqori haroratda eruvchi kavshar asosiga mis, rux, kadmiy va kumush kiradi. Past haroratda eruvchi kavshar asosiga qo‘rg‘oshin, qalay, surma kiradi. Cho‘yan, uglerodli va legirlangan p o iat, mis va uning qotishmalari, nikel va uning qotishmalari, aluminiylar yaxshi kavsharlanadi. Kavsharlash — yetarli darajada unumli jarayon, hajmli ishlab chiqarishda mexanizatsiyalash oson kechadi, bmkmalarga talab etilgan mustah- kamlikni va germetikligini ta’minlaydi, asosiy metalning struktura o ‘zgarishini vujudga keltirmaydi, Kavsharlash kamchiliklariga quyidagi- lar kiradi: faqatgina ustma-ust birikmalar bajariladi; asosiy metall 113 tavsifiga nisbatan birikmaning mustahkamligi va plastikligi past; asosan noyob metallar sarf bo‘ladi (qalay, kumush va boshqalar); detallarni kavsharlashga tayyorlashda yuqori talablar qo‘yilishi. Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling