Abralov, N. S. Dunyashin


payvandlash jarayonining chizmasi


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

payvandlash jarayonining chizmasi:
1 -elektrod; 2 -soplo; 3 - yoy; 4 — chok metali; 5 - buyum.
Volfram katod b o ig an holda yoy zaryadsizlatiishi asosan, suyuq- 
lanish haroratining yuqoriligi va volframning nisbatan kam issiq o ‘tkaz- 
uvchanligi tufayli sodir boiadigan termoelektron emissiya hisobiga yuz 
beradi, bu esa to‘g i i va teskari qutblilikda yoyning bir xilda yonmas- 
ligiga sabab boiadi. Teskari qutblikda (buyum katod rolini o ‘ynaydi -
minus) yoyni yondirishdagi kuchlanish to‘g‘ri qutblilikdagiga qaraganda 
katta bo‘lishi kerak. Shuning uchun volfram elektrodi bilan payvand­
lanadigan metall xossalari bir-biridan ancha farq qilganligidan yoy 
kuchlanishining egri chizig‘i simmetrik shaklga ega boim aydi, balki 
unda doimiy tashkil etuvchi paydo b o iib , u payvandlash zanjirida
71


tokning doimiy tashkil etuvchisining hosil bo‘lishini yuzaga keltiradi. 
Toknlng doimiy tashkil etuvchisi o ‘z navbatida transformator o ‘zagi va 
drosselda o ‘zgarmas magnit maydonni hosil qiladi, bu hoi esa payvand­
lash yoyi quvvatining kamayishiga va yoyning barqaror boim asligiga 
olib keladi. Zanjirda tokning doimiy tashkil etuvchisining yuzaga kelishi 
payvandlash jarayonining, ayniqsa, aluminiy qotishmalarini payvand­
lashning normal olib borilishini ta ’minlamaydi, chunki payvandlash 
vannasi, hatto kislorod hamda azot miqdori kam boiganida ham, oksid 
va nitridlaming qiyin eriydigan pardasi bilan qoplanadi, ular esa qirra- 
laming suyuqlanishiga va chok hosil boiishiga to ‘sqinlik qiladi.
0 ‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda yoyining tozalash ta’siri 
katodning yonishi tufayli buyum katod rolini o ‘ynagan hollardagi yarim 
davrlarda namoyon boiadi, chunki bunda oksid va nitrid pardalarining 
yemirilishi sodir b oiadi.
Teskari qutblikda zichligi kam tokdan foydalaniladi, lekin amalda 
bunday yoy ishlatilmaydi. To‘g‘ri qutblikda issiqlik elektrodda kam 
ajraladi, chunki uning ancha qismi payvandlanadigan metalni suyuq- 
lantirishga sarflanadi.
4.3. Eriydigan 
elektrod bilan payvandlash
Eriydigan elektrod bilan yoy vositasida himoya gazlari muhitida 
payvandlashda payvand chokning geometrik shakli va uning oicham lari 
payvandlash yoyining quwatiga, metalni yoy oraliqlaridan olib o ‘tish 
xarakteriga, shuningdek, yoy oraligini kesib o ‘tuvchi gaz oqimi va 
metall zarrachalarining suyuqlangan metall vannasi bilan ta’sirlanishiga 
bogiiq.
Payvandlash jarayonida payvandlash vannasining sirtiga gaz, bug‘ va 
metall zarrachalari oqimining hisobiga yoy ustuni bosimi ta’sir qiladi, 
buning natijasida yoy ustuni asosiy metalga botib kirib, suyuqlantirish 
chuqurligini oshiradi. Elektroddan payvandlash vannasiga qarab 
yo‘nalgan metall gazi va bugiarining oqimi elektrmagnit kuchlaming 
siquvchi ta’siri tufayli hosil boiadi. Payvandlash yoyining suyuq- 
lantirilgan metall vannasiga ta’sir kuchi uning bosimi bilan tavsiflanadi
gaz va metall oqimi qancha konsentratsiyalashgan bo isa, bu bosim 
shuncha yuqori boiadi. Metall oqimining konsentratsiyasi tomchilar- 
ning oicham i kamayishi bilan ortadi, tomchilaming oicham i esa metal- 
ning, himoya gazining tarkibiga, shuningdek, payvandlash tokining 
yo'nalishi va kattaligiga bogiiq.
72


4.4-rasm. Eriydigan elektrod bilan himoya gazlar muhitida payvandlash 

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling