Abralov, N. S. Dunyashin


Download 4.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/74
Sana28.10.2023
Hajmi4.45 Mb.
#1730828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
Абралов.Payvandlash itexnologiyasi va jihozlari

2.2-rasm. Yoy bilan dastakipayvandlash postining sxemasi: 
a, b —
o‘zgaruvchan tok bilan; 
d, e —
o‘zgarmas tok bilan.
13


220 yoki 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoq (1) dan 
biriktirgich-ajratgich (2) va saqlagich (3) orqali tok manbai - payvand­
lash transformatori (4) ga beriladi, bu yerda tok yoy hosil bo‘lishi uchun 
zarur bo'lgan 60 - 75 V kuchlanishgacha transformatsiyalanadi va pay­
vandlash simian (5) orqali qisqich (6) va elektrod tutqich (7) orqali 
buyum (5) ga beriladi.
2.2- 
d rasmda o'zgarmas tok bilan elektr yoyi vositasida dastakli 
payvandlash postining prinsipial elektr sxemasi 1.2.2- e rasmda esa 
bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Bu holda tok 220 yoki 
380 V kuchlanishli tarmoqdan o ‘zgartirgichga keladi.
Kabinada chilangarlik asboblari (bolg‘acha, zubilo, qisqich va shu 
kabilar) qo'yilgan tokchali dastgoh, elektrodlar uchun zich yopiladigan 
quti o'matiladi, chunki ba’zan elektrodlar o ‘rovi olinganidan keyin ikki 
soatdan ko‘proq saqlanadi. Elektrodlami qizdirish uchun quritish shkafi 
yoki o'choq zarur, o ‘choqni payvandchilarning ish hajmiga va 
payvandlash sharoitiga qarab bir necha post uchun bitta o'matish 
mumkin. Agar payvandchi yig'ish-payvandlash moslamasidan yoki 
pnevmoyuritmali asbobdan foydalanadigan bo isa, kabinaga siqilgan 
havo o‘tkaziladi. Kabinada payvandchi uchun metall stol va balandligi 
bo‘yicha rostlanadigan o‘rindiqli stul turishi kerak.
Payvandchining stollari muqim mahalliy tutun so‘rg‘ichli qilinadi, 
bu ichkarisiga filtrsiz shamollatish qurilmasi o'matilgan CCH-1 stoli, 
shuningdek, sexlaming shamollatilishini ajratishni va havo tozalashning 
umumiy tizimini talab etuvchi CCH-2 va CCH-3 stollaridir. Ulardan 
tutunni yuqoriga qaratib so‘rib olinadi. Bu stollar tutunni payvand­
chining nafas olish zonasidan butunlay so‘rib olmaydi. Kombinatsiya- 
lashgan shamollatish qurilmalari bor stollar samaraliroqdir, ularda 
stolning usti panjara ko‘rinishida bajarilgan, tutun esa pastga qaratib 
ichkariga o‘rnatilgan ventilyator bilan va yuqoriga qaratib mustaqil tutun 
so'rgich bilan chetga tomon so‘rib olinadi. Ichkariga o‘matilgan filtr 
havoning tutundan va aerozollardan tozalanish darajasining 99,96% 
gacha bo'lishini ta’minlaydi.
Katta gabaritli buyumlami payvandlashda buyumning tashqi 
tomonidan sexda payvandchining ish o‘mini boshqa ish o‘rinlari, o ‘tish 
joylari va dam olish joylari va hokazolar tomonidan ko‘chma shitlar 
bilan ihotalab qo‘yilishi kerak. Kabina devorlariga qanday talab 
qo'yilsa, shitlarga ham shunday talablar qo‘yiladi. Ihota ichkarisida 
ta’minlash manbai, asboblar va elektrodlar uchun ko‘chma tokcha yoki 
shkaf bo'lishj kerak. Bunday payvandlash postlarida ham so‘ruvchi
14


mahalliy shamollatishdan foydalanish majburiy. Uzunligi 5 m gacha 
b o ig an egiluvchan plastik quvur bo'lishi mumkin, uning ichkarisida 
markazdan qochma ventillyator bilan birlashtirilgan, filtr bilan jihoz- 
langan vintsimon sim halqa bo‘ladi (2.3-rasm). Tok qisqichlari ko'rini- 
shidagi datchikli elektr tejash avtomatidan foydalanish qulaydir, u 
ventillyatomi faqat yoy yonib turganida ulaydi va yoy o'chganidan 
keyin belgilangan vaqt o‘tgach o'chiradi.

Download 4.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling